- tibbiy aptechka bilan ta‘minlanishi;
- soliq tayanch punktiga biriktirilgan hudud (uchastka) xaritasi
bilan jihozlanishi;
- xona peshtoqiga soliq tayanch punkti rekvizitlari ko‗rsatilgan
yozuv taxtasi ilingan bo‗lishi lozim.
Soliq tayanch punkti quyidagi tartibda: - belgilangan me‘yorlarda aloqa vositalari, transport, kompьyuter
texnikasi, printer, qat‘iy hisobda turuvchi blankalar va boshqa zaruriy
ish jihozlari bilan markazlashgan tartibda Davlat soliq qo‗mitasi
tomonidan;
- temir shkaf (seyf), ish stoli, stullar, hujjatlar uchun shkaf, soliq
to‗lovlarini undirish ishlarini olib borishda foydalanish uchun maxsus
sumka va ish qog‗ozlari bilan davlat soliq boshqarmasi tomonidan;
- telefon apparati, o‗t o‗chiruvchi moslama, kanselyariya mollari
va boshqa jihozlar bilan davlat soliq inspektsiyasi tomonidan
ta‘minlanadi.
Soliq tayanch punktlari ish jarayonida talab etiladigan boshqa
inventar va qo‗shimcha jihozlar, ratsiya, transport vositalari bilan ham
zaruriyatdan kelib chiqib, belgilangan tartibda ta‘minlanishi mumkin.
Hududiy davlat soliq inspektsiyalaridagi Axborot tizimlari
sho‗‘basi (administrator) tomonidan har bir soliq tayanch punktidagi
kompьyuter «USB-modem» orqali Internetga va qo‗mita ma‘lumotlar
bazasiga bog‗lab beriladi hamda ushbu jihozlar doimiy texnik
ko‗rikdan o‗tkazib boriladi.
Ma‘lumotlar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida, barcha uchastka
soliq inspektorlari elektron raqamli kalitlar bilan bepul ta‘minlanadi.
Soliq tayanch punkti xonalari va jihozlar saqlanishi uchun javobgarlik. Soliq tayanch punkti xonalari va ulardagi jihozlarning
saqlanishi uchun javobgarlik biriktirilgan xodimlarga moddiy
javobgarlik shartnomasi asosida yuklatiladi. Xona va jihozlarga
yetkazilgan zarar belgilangan tartibda moddiy javobgar xodim
tomonidan qoplanadi.
Biriktirilgan xodim ishdan bo‗shagan yoki boshqa ishga
o‗tkazilganda unga tegishli bo‗lgan jihozlar qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi asosida qabul qilib olinadi.
Soliq tayanch punkti hududiy davlat soliq boshqarmasining
buyrug‗i bilan tugatiladi.