Jismoniy shaxslar


Uchastka soliq inspektorini rag„batlantirish



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Uchastka soliq inspektorini rag„batlantirish 
Uchastka soliq inspektorlarini rag‗batlantirish Davlat soliq 
qo‗mitasining 2004 yil 12 maydagi «O‗zbekiston Respublikasi Soliq 


297 
xizmati tizimi xodimlarining kasbiy mehnatini mukofotlash va ijtimoiy 
qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida»gi 140-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan 
Nizom asosida amalga oshiriladi. 
O‗ziga 
biriktirilgan 
uchastkasida 
hisoblangan 
soliqlarni 
muddatidan oldin byudjetga to‗lanishini ta‘minlagan, qo‗shimcha 
manbalarni aniqlashda boshqa uchastka soliq inspektorlariga o‗rnak 
ko‗rsatgan, aholi o‗rtasida soliq to‗g‗risidagi qonunlarni targ‗ibot va 
tashviqot qilish ishlarini namunali tashkil etib, soliq to‗lovchilarning 
hurmat va ishonchiga sazovor bo‗lgan, baholash mezonlari bo‗yicha 
yuqori ko‗rsatkichlarga erishgan uchastka soliq inspektorlarining oylik 
ish haqiga «Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy 
rag‗batlantirish maxsus jamg‗armasi to‗g‗risida»gi Nizomning (ro‗yxat 
raqami 177, 1995 yil 20 sentyabr) 3.2-bandiga muvofiq byudjet 
mablag‗larining moddiy rag‗batlantirish jamg‗armasi hisobidan 
lavozim maoshining 50 foizdan ko‗p bo‗lmagan miqdorda, lozim 
bo‗lgan hollarda soliq organlarini rivojlantirish jamg‗armasi hisobidan 
ustama to‗lanadi. Davlat soliq qo‗mitasining 2011 yil 23 yanvardagi 
«O‗zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari uchastka 
soliq inspektorlarining faoliyatini baholash tartibini tasdiqlash 
to‗g‗risida»gi 14-sonli buyrug‗iga asosan, uchastka soliq inspektorlari 
har oy yakuni bilan davlat soliq inspektsiyasi va har chorak yakuni 
bilan hududiy davlat soliq boshqarmasi tomonidan rag‗batlantirib 
boriladi, shuningdek eng yuqori ko‗rsatkichga erishgan namunali 
uchastka soliq inspektorlari Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan yiliga bir 
marotaba alohida rag‗batlantiriladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin