Amaliyot mashg‘ulot materiallari. Bajarish uchun topshiriqlar
16-MAVZU. NOBANK KREDIT MUASSASALARI VA ULARNING TURLARI
Reja.
16.1. Nobank kredit muassasa va ularning zarurligi. Nobank kredit muassasalarining aktiv va passiv operatsiyalari.
16.2. O‘zbekistonda nobank kredit muassasalari. Nobank kredit muassasalarining turlari va ular faoliyatining zarurligi. Nobank kredit muassasalarining resurs bazasini shakllanishi.
16.3. Nobank kredit muassasalari ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar. Nobank kredit muassasalarining aktiv operatsiyalari.
16.4. Nobank kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish tizimi. O‘zbekistonda nobank kredit muassasalari va ular faoliyatining yo‘nalishlari.
Tayanch iboralar: kredit uyushma, mikrokredit, mikrolizing, aktiv passiv, litsenziya, bosh litsenziya
Topshiriqlar:
Tarmoqlar (Klaster) texnologiyasi
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u Talabalarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga ta’luqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
Bu uslub biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
“Nobank kredit tashkilotlari” atamasiga klaster tuzing.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunni qisqacha sharxlang.
3. Quyidagi nazorat savol va testlarga javob bering:
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Nobank kredit tashkilotlari tushunchasini izohlang.
2. Nobank kredit tashkilotlarining zarurati nimadan iborat?
3.Nobank kredit tashkilotlarining qaysi turlarini bilasiz?
NAZORAT TESTLARI:
Nobank kredit tashkilotlari – bu, tijorat banklari faoliyatini to‘ldiruvchi, iqtisodiyotning kam rentabellik, kam foydali tarmoqlariga (qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) engil sharoitda kreditlar berish yo‘li bilan ular nimasini rag‘batlantirib rivojlantiruvchi maxsus ixtisoslashgan kredit institut (bank) lari?
A) balansini;
*B) faoliyatini;
C) imoratini;
D) mexanizmini.
2.Kredit uyushmasi, kimga tegishli bo‘lgan, ularga xizmat ko‘rsatadigan va o‘z oldiga kredit uyushmasi a’zolariga kredit berish va boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun jamg‘armalarni jalb etish va umumiy mablag‘lardan foydalanish maqsadini qo‘ygan, kooperativ shaklidagi moliyaviy tashkilot?
A) mijozlarga;
*B) o‘z a’zolariga;
C) imortyorga;
D) xaridorga.
3. Mikrokredit tashkiloti - bu mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida nimalar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi va qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik tashkilot?
A) maxsulotlar;
*B) xizmatlar;
C) kontraktlar;
D) uy-joy.
Dostları ilə paylaş: |