““Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan jismoniy
shaxslarga milliy valyutada mikroqarz berish qoidalari”ga
1-ilova
MIKROQARZ SHARTNOMASI
20__yil «___» ___________ №___________ ____________ shahri
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining ______________________________________
filiali (keyingi o„rinlarda – Bank) boshqaruvchisi ___________________________
Nizom va
Ishonchnoma
asosida faoliyat yuritib,
bir tomondan, va jismoniy shaxs __________________
_________________________________________ (keyingi o„rinlarda – Qarzdor/mijoz),
ikkinchi
tomondan, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzdik.
1-§. Shartnoma predmeti
1. Bank ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida Qarzdorga/mijozga
__________ (_____________________________________________) so„m mikroqarz beradi.
2. Mikroqarz _____________________________________________________________
(naqd pulsiz shaklda filialda ochilgan plastik karta bo„yicha maxsus
__________________________________________________________________ ajratiladi.
hisobvarag„iga o„tkazish yo„li bilan yoki naqd pulda)
3. Qarzdor/mijoz tomonidan olingan mikroqarz hisobini yuritish uchun Bank unga tegishli
mikroqarz hisobvarag„i ochadi.
2-§. Shartnoma qiymati
4. Mikroqarzdan foydalanganlik uchun Qarzdor/mijoz Bankka yillik ____
foiz hisobidan
mikroqarzning amaldagi qoldig„iga hisoblangan foiz to„laydi.
Mikroqarz ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq o„z vaqtida qaytarilmasa, muddati o„tgan
qarzdorlik uchun yillik ___ foiz hisobidan foiz hisoblanadi
5. Mikroqarz bo„yicha foiz Bank tomonidan har kuni ushbu Shartnomaning 4-bandida
belgilangan foiz stavkasi bo„yicha berilgan sanadan boshlab amaldagi
kunlar sonidan kelib
chiqqan holda Qarzdorning/mijozning mikroqarz hisobvarag„i qoldig„iga
nisbatan hisoblab
boriladi va har oyning 11-sanasida undiriladi.
Mikroqarz to„lovi dam olish kunlariga to„g„ri kelsa, hisoblangan foizni to„lash
dam olish
kunidan keyingi birinchi bank ish kunida, dam olish kunlarda hisoblangan foizni hisobga olgan
holda, amalga oshiriladi.
Mikroqarz foizi bo„yicha to„lov muddati o„tgan
qarzdorlik vujudga kelganda,
Qarzdor/mijoz to„lov muddati o„tkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati o„tgan foiz
qiymatining 0,5 foizi, biroq muddatida to„lanmagan foiz qiymatining 50
foizidan oshmagan,
miqdorda penya to„laydi, penya to„lanishi Qarzdorni/mijozni muddati o„tgan foizni to„lashdan
ozod qilmaydi.