bilan tasdiqlangan va 533-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq
kiritilgan kichik band)
g) talabnoma yetkazilgandan so„ng o„ttiz kun ichida Qarzdor/mijoz unda ko„rsatilgan
talablarni
lozim darajada bajarmaganda, tegishli talab bilan sudga murojaat qilish.
(Bank
kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori bilan tasdiqlangan va 533-son bilan ro„yxatga
olingan ichki normativ hujjatga muvofiq kiritilgan kichik band)
Bank kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori bilan tasdiqlangan va 533-son bilan
ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq “v” kichik bandi “d” kichik bandi deb
hisoblandi:
d) mikroqarz yuzasidan asosiy qarz va/yoki foiz bo„yicha muddati o„tgan qarzdorlik paydo
bo„lganda, ushbu qarzdorlikni kafildan aksepsiz tartibda undirish.
7. Bank quyidagi majburiyatlarni o„z zimmasiga oladi:
a) mikroqarzni Qarzdorga/mijozga 20__ yil “__” ___________ dan 20__ yil “__”
______________ gacha bo„lgan muddatga berish;
b) Qarzdorning/mijozning so„rovi bo„yicha mikroqarz hisobvarag„ining holatiga oid
ko„chirmani taqdim qilish;
v) mikroqarzni muddatidan oldin undirish sabablari haqida Qarzdorni/mijozni
xabardor
etish;
g) kredit bo„yicha muddati o„tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda Qarzdor/mijoz
zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida ushbu qarzdorlik yuzaga
kelgan sanadan boshlab 7 kalendar kuni davomida har qanday aloqa bog„lash usulidan, shu
jumladan elektron aloqa vositasidan foydalanib, Qarzdorga/mijozga muddati o„tkazib yuborilgan
qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida kreditni qaytarish grafigini ilova qilgan holda xabar berish;
(Bank kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori bilan tasdiqlangan va 533-son bilan
ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq kiritilgan kichik band)
d) Qarzdorni/mijozni ushbu shartnoma bo„yicha muddati o„tkazib yuborilgan qarzdorlikni
qaytarish majburiyatlari bajarilmaganligi holati, muddati, qiymati, tarkibi
va oqibatlari haqida
xabardor qilish, Qarzdordan/mijozdan muddati o„tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi
sabablari haqida so„rash;
(Bank kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori bilan tasdiqlangan
va 533-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq kiritilgan kichik band)
e) Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu shartnoma bo„yicha asosiy qarzni qaytarish va (yoki)
hisoblangan foizni to„lash muddati buzilganda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan o„z
talabnomasini Qarzdorga/mijozga yetkazish (ushbu talabnomada talabnoma tuzilgan sanadagi
Qarzdorning/mijozning
joriy qarzi miqdori va tarkibi, qarzni to„lash usullari, talabnomada
ko„rsatilgan muddatgacha Qarzdor/mijoz o„z majburiyatlarini bajarmasligi
oqibatlari va nizoni
suddan tashqari hal qilish usullari qayd etiladi);
(Bank kengashining 2020 yil 24 fevraldagi 15-
qarori bilan tasdiqlangan va 554-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjat tahriridagi
kichik band)
yo) Qarzdordan/mijozdan mikroqarzning joriy to„lovi uchun mikroqarzni qaytarish
grafigida belgilanganga nisbatan ko„p mablag„ kelib tushsa, u holda kelib tushgan mablag„ning
ortiqcha qismini mikroqarzning asosiy qarzini so„ndirishga yo„naltirish
hamda mikroqarz
qiymatini qayta hisoblash.
(Bank kengashining 2020 yil 24 fevraldagi 15-qarori bilan
tasdiqlangan va 554-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq kiritilgan
kichik band)
8. Qarzdor/mijoz quyidagi huquqlarga ega:
a) mikroqarzning o„z vaqtida ajratilishini talab qilish;
b) ushbu shartnoma tuzilgandan keyin va Qarzdor/mijoz tomonidan pul mablag„i
olingunga qadar bo„lgan davrda mikroqarz olishdan bepul asosda voz kechish;
v) mikroqarz bo„yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizni jarima sanksiyalarisiz
istalgan vaqtda muddatidan oldin to„liq to„lagan holda Bank
bilan ushbu shartnomani
muddatidan oldin bekor qilish.
(Bank kengashining 2020 yil 24 fevraldagi 15-qarori bilan tasdiqlangan va 554-son bilan
ro„yxatga olingan ichki normativ hujjat tahriridagi band)
9. Qarzdor/mijoz o„z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) mikroqarz ajratilgunga qadar mikroqarz ta‟minotiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish va
Bankka taqdim etish;
b) mikroqarz bo„yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizni o„z vaqtida so„ndirish;
v) yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu Shartnoma bo„yicha majburiyatlar
bajarilishiga ta‟sir ko„rsatishi mumkin bo„lgan boshqa holatlarga oid o„zgarishlar to„g„risida
axborotni 5 (besh) bank ish kuni mobaynida Bankka taqdim etish;
g) ishdan bo„shayotganda mikroqarz va unga hisoblangan foizni muddatidan oldin
so„ndirish.
Dostları ilə paylaş: