247
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‗zgarganda va imtiyoz-
larga bo‗lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat
soliq xizmati organlari mazkur o‗zgarishlardan keyin bir oy ichida yer
solig‗ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to‗lovchiga yer solig‗i
summasi va uni to‗lash muddatlari ko‗rsatilgan yangi yoki qo‗shimcha
to‗lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Jismoniy shaxslarga shahar va qo‗rg‗onlarda yakka tartibda uy-joy
qurish uchun berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi
uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish shahar yoki tuman
boshqarmasi yoxud ishlab chiqarish uy-joy inspektsiyasining mavjud
materiallari bo‗yicha hisobga olinib, har yili naturada aniqlashtiriladi.
Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo‗jalik
(dehqon xo‗jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa
yerlardan
va
jamoat
yerlarida
qo‗shimcha
ajratilgan
yer
uchastkalaridan iborat bo‗lishi mumkin. Bunday holda tomorqa yerlar
maydoni yer kadastri ma‘lumotlari bo‗yicha qabul qilinib, yuz bergan
o‗zgarishlar har yili naturada aniqlashtiriladi. Jamoat yerlarida
qo‗shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni xo‗jaliklarning
ma‘lumotlari bo‗yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi.
Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy
yordamchi xo‗jalik (dehqon xo‗jaligi) yuritish uchun berilgan yer
uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullansa yoki yerdan
maqsadli foydalanishni o‗zgartirmasdan o‗z uyini ofis sifatida
rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig‗i yakka tartibda uy-joy qurilishi
yoki dehqon xo‗jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun
belgilangan stavkalar bo‗yicha undiriladi.
Ko‗p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan
yer solig‗i undirilmaydi. Xonadondan yoki ko‗p xonadonli turar
joylarning bir qismidan odamlarning yashashi bilan bog‗liq bo‗lmagan
maqsadlarda foydalanilganda, belgilangan tartibda xonadonning
umumiy maydonidan kelib chiqib, yer solig‗ining tegishli hissasi
undiriladi.
Egalik qilish huquqi meros bo‗yicha turar joy, noturar imorat va
inshootlar, bog‗ uychasi o‗tishi bilan birga o‗tgan yer uchastkalari
uchun yer solig‗i merosxo‗rlardan, meros qoldiruvchining soliq
majburiyatlarini hisobga olgan holda undiriladi.
Dostları ilə paylaş: