Jismoniy shaxslar


 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
5.6. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik 
muhitini yaratish bo„yicha berilgan soliq imtiyozlari va 
preferensiyalar 
Mamlakatimizda soliq siyosatini yanada erkinlashtirish, soliq 
yukini bosqichma-bosqich kamaytirish, soliqqa tortish mexanizmini 
takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklarini 
himoya 
qilish, 
ularning 
moliya-xo‗jalik 
faoliyatiga 
asossiz 
aralashuvlarni cheklash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Ta‘kidlash joizki xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish yo‗lidagi ortiqcha byurokratik to‗siq va g‗ovlarni bartaraf 
etish maqsadida, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar berilmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 29 martdagi 
―Хalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san‘atini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-3588-sonli Farmoniga 
muvofiq, Хalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy-bezak san‘ati 
buyumlari asosiy turlarining 25 turdagi yangilangan ro‗yxati 
tasdiqlangan. 
1. Ganch o‗ymakorligi; 
2. Yog‗och o‗ymakorligi; 
3. Suyak o‗ymakorligi; 
4. Tosh o‗ymakorligi; 
5. Yog‗ochdan xalq hunarmandchiligi buyumlari yasash; 
6. Metall va tunukadan buyumlar yasash; 


215 
7. Qilich, xanjar va pichoq yasash; 
8. Zarb, o‗yma tasvir (chekanka) usulda yasalgan buyumlar; 
9. Chinni (farfor), sopol va ganchdan buyumlar yasash; 
10. Qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari yasash; 
11. Qo‗lda gilam to‗qish; 
12. Qo‗lda gazlama va to‗qma buyumlar to‗qish; 
13. Shisha buyumlar tayyorlash; 
14. Zardo‗zlik buyumlari tikish; 
15. Kashtachilik, kashtado‗zlik; 
16. Matoga gul bosish va chokli buyumlar tikish; 
17. Milliy xalat (chopon) va bosh kiyimlar tayyorlash; 
18. Musiqa asboblari yasash; 
19. Miniatyurali, rasmli (tasvirli), ornamentli (naqshli) va sirli 
bezaklar berish; 
20. Hajmli va figurali (shakldor) qolipli (andozali) quyma 
buyumlar yasash; 
21. Kichik haykalchalar yasash; 
22. O‗yinchoqlar yasash; 
23. Novdalardan buyumlar to‗qish; 
24. Teridan buyumlar va oyoq kiyimlari tikish; 
25. Sovg‗a (suvenir) esdalik buyumlari tayyorlash. 
Yuqoridagi faoliyat turlari bo‗yicha yakka tartibda hunarmand-
chilik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslar «Hunarmand» 
uyushmasiga a‘zo bo‗lgan holatda soliqdan imtiyoz qo‗llaniladi. 
Ushbu farmon bilan tasdiqlangan ro‗yxatga muvofiq, uy sharoitida 
xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san‘ati buyumlarini ishlab 
chiqarish bo‗yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‗lgan 
shaxslar tomonidan qat‘iy belgilangan soliqni to‗lash yuzasidan soliq 
imtiyozining amal qilish muddati ―Hunarmand‖ uyushmasi a‘zolari - 
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2013 yil 26 dekabrdagi PF-4589-sonli Farmoni bilan 
2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgan edi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi 
"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun 
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin