Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
5.3. Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat‟iy belgilangan soliqni 
qo„llashning o„ziga xos xususiyatlari 
Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar qat‘iy belgilangan soliqni Soliq kodeksining 
374
1
-moddasida nazarda tutilgan o‗ziga xos xususiyatlarni hisobga 
olgan holda, belgilangan tartibga muvofiq to‗laydi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun 
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat 
bo‗yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi, I va II guruh nogironlari 
bo‗lgan xodimlar bo‗yicha esa eng kam ish haqining 15 foizi 
miqdorida qat‘iy belgilangan soliq to‗lash majburiyati yuklatiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir nechta turini amalga 
oshirgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun 
qat‘iy belgilangan soliq faoliyatning tegishli turlari uchun o‗rnatilgan 
qat‘iy belgilangan soliqning eng yuqori stavkasining 30 foizi 
miqdorida to‗lanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish mazkur faoliyat turini 
tavsiflovchi fizik ko‗rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladigan faoliyat turi bilan shug‗ullangan taqdirda, yakka 
tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat‘iy belgilangan soliq 
bitta fizik ko‗rsatkich uchun oyiga o‗rnatilgan qat‘iy belgilangan soliq 
stavkasining 30 foizi miqdorida to‗lanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat‘iy 
belgilangan soliq qat‘iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor 


199 
tomonidan to‗lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi 
tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab to‗lanadi. 
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‗yxatidan o‗tish joyi bo‗yicha 
amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tadbirkorning 
har bir xodimi uchun qat‘iy belgilangan soliqni o‗zi ro‗yxatdan 
o‗tkazilgan joy va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joy 
bo‗yicha belgilangan stavkalar o‗rtasidagi yuqori stavkaning 30 foizi 
miqdorida o‗zi ro‗yxatdan o‗tkazilgan joyga to‗laydi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi 
tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish 
kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor o‗z faoliyatini amalga 
oshirmaydigan davr uchun har bir yollangan xodimga qat‘iy 
belgilangan soliqni hisoblashni to‗xtatib turishga asos bo‗ladi. 
Agar o‗z faoliyatini to‗xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor davlat 
soliq xizmati organiga yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi 
uchun hisobga olish kartochkalarini belgilangan muddatlarda taqdim 
etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‗yicha qat‘iy 
belgilangan soliqni hisoblash to‗xtatilmaydi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning kasb-
hunar kolleji bitiruvchisi bo‗lgan xodimi uchun qat‘iy belgilangan 
soliqni to‗lashdan ushbu xodim kollejni tamomlaganidan e‘tiboran o‗n 
ikki oy mobaynida ozod etiladi. 
Agar yakka tartibdagi tadbirkor qat‘iy belgilangan soliqni 
to‗lashdan qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ozod etilsa, mazkur 
imtiyoz yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat‘iy 
belgilangan soliq to‗lashga ham tatbiq etiladi. 
Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
amalga 
oshirish 
tartibi 
O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 iyuldagi 219-sonli 
qaroriga asosan ―Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan 
holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‗g‗risida 
―NIZOM‖ga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur nizomning amal qilishi yuridik shaxs tashkil etmagan 
oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi. 
Xodimlarni yollamasdan faoliyatni amalga oshiradigan xususiy 
tadbirkorlar uchun qonunchilikda xususiy tadbirkorlar uchun nazarda 
tutilgan davlat ro‗yxatidan o‗tkazish, hisobga qo‗yish va ruxsat 


200 
beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibi amal 
qiladi. 
Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni bankda qonunchilikda 
belgilangan tartibda hisob raqami ochilgandan keyin amalga oshirishi 
mumkin. 
Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan 
tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan 
shug‗ullanishi mumkin bo‗lgan faoliyat turlari ro‗yxatida nazarda 
tutilgan faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bog‗liq holda bir 
nafardan uch nafargacha miqdorda amalga oshirishga haqlidir. Bir 
necha faoliyat turlari bilan shug‗ullanadigan xususiy tadbirkor, 
faoliyatning turlari sonidan qat‘i nazar, uch nafardan ko‗p bo‗lmagan 
xodimlarni yollash huquqiga ega. 
5.1-jadval 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin