Yakka tartibdagi tadbirkor
- tadbirkorlik faoliyatini yuridik
shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash
huquqisiz, o‗ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‗lgan mol-mulk
negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan
foydalanishga yol qo‗yadigan o‗zga ashyoviy huquq asosida amalga
oshiruvchi jismoniy shaxsdir
15
.
Yakka tartibdagi tadbirkor O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga
haqli
16
.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi
tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon
xo‗jaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat
ro‗yxatidan o‗tganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining
taraflari bo‗lishi mumkin.
Oilaviy tadbirkorlikning amalga oshirilishi, oddiy shirkat va
dehqon xo‗jaligi tuzilishi, faoliyat ko‗rsatishi hamda faoliyatining
tugatilishi bilan bog‗liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
15
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi: Rasmiy nashr – O‗zbekiston Respublikasi
Adliya vaziligi. -T.: Adolat, 2014 y 2-bob.18 modda 11-bet.
16
O‗zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi ―O‗zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya
qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf
etishga qaratilgan o‗zgartish va qo‗shimchalarkiritish to‗g‗risida‖gi O‗RQ — №391-
sonli Qonuni.
190
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish)
uchun ko‗pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‗lagan
holda jalb etishga haqlidir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va
hunarmandchilik
faoliyatini
amalga
oshirish
tartibi
Vazirlar
Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi 216-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va
hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‗g‗risida»gi
Nizomga ko‗ra belgilanadi.
Тadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish
tegishli davlat organi tomonidan ―bir darcha‖ prinsipi bo‗yicha va
qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlarini
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006 yil 24 maydagi ―Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‗yxatiga
olish va hisobga qo‗yishning xabardor qilish tartibi to‗g‗risida‖gi PQ-
357-son qarori asosida ishlab chiqilgan Nizom bilan tartibga solinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 413-sonli qarori
bilan «Tijorat faoliyati uchun mo‗ljallangan tovarlarni olib keluvchi
yuridik shaxs bo‗lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat
ro‗yxatidan o‗tkazish, hisobga qo‗yish tartibi to‗g‗risida»gi Nizom
tasdiqlangan. Unga ko‗ra, chetdan tovar olib keluvchi yakka tartibdagi
tadbirkorni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish, jismoniy shaxsning yashash
joyidagi davlat soliq inspektsiyasida amalga oshiriladi.
Davlat ro‗yxatidan o‗tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat‘iy belgilangan soliqni undirish
tartibi O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 31 mayda
2463-son bilan ro‗yxatga olingan O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining 2013 yil 26 apreldagi 41-son,
2013-24-son qarori asosida ishlab chiqilgan ―Davlat ro‗yxatidan
o‗tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy
shaxslardan qat‘iy belgilangan soliqni undirish tartibi to‗g‗risida‖gi
Nizomda belgilangan.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati nazorat qiluvchi organlar
tomonidan ularning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida bir
kun davomida rejadan tashqari qisqa muddatli, muqobil yoki nazorat
tartibida tekshirishlar shaklida amalga oshirilishi mumkin. Istisno
191
tariqasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi
tadbirkorlarning moliyaviy va tovar hujjatlarini tekshirish zarurati
bo‗lgan hollarda, kameral nazorat natijasida aniqlangan soliq
qonunchiligi buzilishi holatlari asosida, Kengash qarori bilan yakka
tartibdagi tadbirkor faoliyatini bundan ko‗proq, lekin 5 ish kunidan
oshmagan muddatda tekshirish o‗tkazish ko‗zda tutilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 3 sentyabrda 1712-son bilan
ro‗yxatga olingan ―Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka
tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish
tartibito‗g‗risida‖gi Nizomga asosan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, byudjet soliq
siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini shu jumladan,
oilaviy tadbirkorlikni soliqlar orqali rag‗batlantirish hamda ularga
barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish ustuvor maqsad va vazifa
bo‗lib kelmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish va soliqqa tortishning huquqiy
asoslari quyidagilar tashkil etadi:
- O‗zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda yangi taxrir
ostida tasdiqlangan ―Тadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‗g‗risida‖gi Qonuni;
- O‗zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 apreldagi ―Oilaviy
tadbirkorlik to‗g‗risida‖ Qonuni;
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7
yanvardagi ―Хususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan
shug‗ullanishi mumkin bo‗lgan faoliyat turlari ro‗yxatini tasdiqlash
to‗g‗risida‖gi 6-sonli Qarori;
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20
avgustdagi ―Тadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‗yxatdan
o‗tkazish tartibotlari tizimini
tubdan takomillashtirish to‗g‗risida‖gi
357-sonli Qarori;
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi
―Тadbirkorlik subyektlarini davlat ro‗yxatiga olish va hisobga
qo‗yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‗g‗risida‖gi 357-sonli
Qarori;
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2
sentabrdagi ―Тijorat faoliyati uchun mo‗ljallangan tovarlarni olib
keluvchi yuridik shaxs bo‗lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni
192
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish, hisobga qo‗yish tartibi to‗g‗risida‖gi 413-
sonli Qarori;
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29
iyuldagi 216-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxs tashkil
etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga
oshirish tartibi to‗g‗risida»gi Nizom;
-O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 3
sentyabrda 1712-son bilan ro‗yxatga olingan ―Nazorat qiluvchi organ-
lar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni
tashkillashtirish tartibito‗g‗risida‖gi Nizom;
-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31
iyuldagi ―Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida‖gi 219-sonli Qarori;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi
―Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy
mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat
jihatidan yaxshilashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi
PF-4848-sonli Farmoni;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi
―O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi
«Byurokratik to‗siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati
erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1604-
sonli qaroriga o‗zgartishlar kiritish to‗g‗risida‖gi PQ-2700-sonli
Qarori;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi
―Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik
faoliyatini olib borish uchun qo‗shimcha qulay sharoitlar yaratish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-2843-sonli Qarori;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5
iyundagi ―Jizzax viloyatida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb
etish hamda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‗llab-
quvvatlashga doir qo‗shimcha chora tadbirlar to‗g‗risida‖gi VMQ-351-
sonli Qarori;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi
―Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi
va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan
193
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF-5087-sonli
Farmoni;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8
sentyabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash
davlat
jamg‗armasi
faoliyatini
tashkil
etish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi VMQ-704-sonli Qarori;
- O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‗mitasining 2018 yil 7 martdagi ―Davlat ro‗yxatidan o‗tmasdan
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat‘iy
belgilangan soliqni undirish tartibi to‗g‗risidagi nizomga o‗zgartirishlar
kiritish haqida‖gi 53 va 25-son Qarori;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi
―Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PF-5490-sonli Farmoni va boshqalar.
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning subyekti kim bo‗lishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‗zbekiston
Respublikasida tadbirkorlik to‗g‗risidagi Qonuniga muvofiq balog‗at
yoshiga etgan har bir fuqaro o‗z mulki asosida yoki mulk egasining
vakolati asosida o‗z ixtiyor etgan Qonunga zid bo‗lmagan faoliyat turi
bilan shug‗ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta‘rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni
mazmuni ifoda etilgan bo‗lib, u mazmunan boy, xilma xil ko‗rinishiga
ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish
mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo‗lmasdan,
balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda
tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko‗rsatish mumkin:
1)
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkor-
likning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari
shug‗ullanadi.
2)
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‗ullanuvchi
tadbirkorlar.
3)
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan
shug‗ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
194
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod
tarbiyasi, sog‗liqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish
mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1.
Shug‗ullanayotgan soha bo‗yicha ilm, bilimga egaligi.
2.
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish buyicha
tashabbuskorlik qobiliyati.
3.
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
4.
Qonunlarga itoatkorligi.
5.
Innovatsiyachilikning faolligi.
6.
Maqsad sari intiluvchanlik.
7.
Tashkilotchilik.
8.
Tejamkor bo‗lishi.
9.
O‗z so‗zining ustidan chiqish.
10.
Ruxiy poklik va xalolligi.
11.
O‗z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshiruvchi
yuridik va jismoniy shaxslar uchun qat‘iy belgilangan soliq O‗zbekis-
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 dekabrdagi
―Asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi va 2001 yilga bo‗lgan
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi
500-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga binoan 2001 yil 1
yanvardan boshlab joriy etildi.
Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika byud-
jetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliya-
tining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar
uchun qat‘iy belgilangan soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi
salmog‗i 2004-2006 yillarda 1.4 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2012 yilda
1.1 foiz bo‗lgan. 2018 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‗yicha ushbu
soliq davlat byudjeti daromadlarining 1.7 foizini, to‗g‗ri soliqlardagi
salmog‗i esa 8,4 foizni tashkil etmoqda (5.1-rasm).
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi
―O‗zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-
2021 yillarga byudjet mo‗ljallari to‗g‗risida»gi PQ-4086-son qaroriga
asosan ushbu soliqdan tushumlar mahalliy byudjetlarning Davlat
195
byudjetidagi ulushini ko‗paytirish maqsadida to‗liq miqdorda mahalliy
byudjetlar daromadiga o‗tkazilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |