Jismoniy shaxslar


-savolga javob: Daromad solig„ini to„laymiz



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
8-savolga javob: Daromad solig„ini to„laymiz
Deklaratsiya – soliq to‗lovchi jismoniy shaxs olgan yillik 
daromadlar va ulardan ushlangan JSHDS summalari to‗g‗risida doimiy 
yashash (propiska qilingan) joyidagi soliq inspektsiyasiga taqdim 
etiladigan hujjat ekanligini eslatib o‗tamiz. 
Soliq kodeksining 34-bobida qanday daromadlarga deklaratsiya 
asosida soliq solinishi, uni taqdim etishning tartibi qandayligi, kimlar 
deklaratsiya taqdim etishga majburligi, kimlar buni ixtiyoriy ravishda 


185 
qilishi mumkinligi, shuningdek unga ko‗ra daromad solig‗i to‗lash 
tartibi belgilanadi. 
QACHON TO„LAYMIZ 
Avvalo soliq to‗lashning eng oxirgi muddatini aniqlaymiz: u Soliq 
kodeksining 193-moddasi bilan – o‗tgan soliq davridan keyingi yilning 
1 iyunidan kechiktirmasdan deb belgilangan. Masalan, siz soliqni 2014 
yil uchun deklaratsiya bo‗yicha to‗lashingiz shart. Buni 2015 yil 1 
iyungacha (1 iyun ham kiradi) qilishingiz kerak. Ya‘ni deklaratsiyaning 
o‗zini topshirgandan keyin sizda unga doir tegishli soliqni qo‗shimcha 
to‗lash uchun kamida 2 oy bo‗ladi. 
Biroq soliq to‗lovchi jismoniy shaxslarning ba‘zi toifalari 
JSHDSni deklaratsiya asosida «alohida tarzda» to‗laydilar. 
Birinchidan, ular – agar ushbu daromadga to‗lov manbaida 
daromad solig‗i solinmagan bo‗lsa, mol-mulkni ijaraga berishdan 
daromad oladigan jismoniy shaxslar. Bunday vaziyat, misol uchun, 
agar ijarachi ham jismoniy shaxs hisoblansa, vujudga kelishi mumkin. 
Ushbu holda soliq ikkita deklaratsiya asosida bosqichma-bosqich 
to‗lanadi: dastlabki deklaratsiya asosida – yil mobaynida har oyda 
daromad olingan oydan keyingi oyning 5-kunigacha va yakuniy 
deklaratsiya asosida – hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyunidan 
kechiktirmay – haqiqatda olingan daromaddan hisoblangan JSHDS 
bilan yil mobaynida to‗langan daromad solig‗i summalari o‗rtasidagi 
farq qo‗shimcha to‗lanadi (yoki qaytariladi). 
Ikkinchidan, ular – o‗z faoliyatini tugatayotgan, daromadlari 
kalendar yil mobaynida deklaratsiyalanishi kerak bo‗lgan va 
O‗zbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan chet ellik jismoniy 
shaxslar – O‗zbekiston rezidentlari. Ushbu holda ular uchun 
deklaratsiya taqdim etish va soliq to‗lash muddatlari boshqacha 
bo‗ladi. Chiqib ketishdan 1 oy avval ular deklaratsiya topshirishlari va 
u berilgan paytdan boshlab 15 kun mobaynida soliq to‗lashlari kerak. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin