mol-mulk solig„ining dinamikasi
5
(mlrd so„mda)
Кo„rsatkichlar
2015-yil
2016-yil
2017-yil
2018-yil
Summa
%
Summa
%
Summa
%
Summa
%
Davlat byudjetining
jami soliqli
daromadlari
(maqsadli jam-
g„armalarsiz)
36184,9
100
40505,8 100 44469,6 100 62229,5
100
Mol-mulk solig„i
1716,7
4,7
1874
4,6
1988,8
4,5
2158,9
3,5
Byudjet daromadlarida mol-mulk solig‗ining salmog‗ini tahlil qil-
ganimizda ushbu soliqning har yili absolyut summada o‗sib borayot-
ganligini kuzatish mumkin. Bu holatga mol-mulklar inventarizatsiya
baholarining indeksatsiya qilinayotgani va qo‗shimcha soliqqa torti-
ladigan mol-mulk obyektlarining hisobga olinayotganligi sabab bo‗l-
moqda.
2.3. Jismoniy shaxslar tomonidan to„lanadigan
to„g„ri va egri soliqlarning tarkibi va ularning byudjet
daromadlaridagi ahamiyati
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar to‗g‗ri (bevosita) va egri
(bilvosita) soliqlarga bo‗linadi. Bevosita soliqlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri
soliq to‗lovchilarning o‗zi to‗laydi, ya‘ni soliqni huquqiy to‗lovchisi
ham, haqiqiy to‗lovchisi ham bitta shaxs bo‗ladi. To‗g‗ri soliq yukini
boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu yerda bo‗lmaydi. Bu soliqlar
tarkibiga barcha daromaddan to‗lanadigan soliqlar va mol-mulk
(resurs) soliqlari kiradi.
Bevosita soliqlardan to‗g‗ridan-to‗g‗ri daromaddan soliq to‗lan-
ganligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daroma-
dining ko‗p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish
imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning
stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya
boradi va oxir-oqibatda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta‘sir
5
Byudjet parametrlari to‗g‗risidagi Prezident qarorlari asosida tayyorlandi.
37
ko‗rsatadi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari
to‗g‗ridan-to‗g‗ri iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‗liqdir.
Bilvosita soliqlarni huquqiy to‗lovchilari mahsulot (ish, xizmatni)
yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‗irligini haqiqatdan
ham byudjetga to‗lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste‘mol qiluv-
chilardir, ya‘ni bilvosita soliqlarning barchasi bevosita iste‘molchilar
zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga
qo‗shimcha ravishda qo‗yiladi.
Bilvosita soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada
ishlab chiqarilgan tovarlarni respublikadan tashqariga chiqib ketishini
chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo‗lishiga yordam
beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul
massasini) birmuncha jilovlab turadi. Bilvosita soliqlar stavkasining
asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion faoliyatini qis-
qartirmaydi. Ammo soliq stavkasi ilmiy asoslanmasdan oshirib yubo-
rilsa bunday holatda korxonalar o‗z tovarlarini sotish qiyinchiligiga
duch kelishlari mumkin.
Jahon soliq amaliyotida Davlat byudjeti daromadlari tarkibida
bevosita va bilvosita soliqlarning nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga baho berish mumkin.
Masalan, AQShda byudjet daromadlari tarkibida bevosita soliqlar
salmog‗ining 90 foizga yaqin bo‗lishi bu mamlakat iqtisodiyotining
yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Quyidagi 2.5-jadvalda O‗zbekiston Respublikasi byudjet amali-
yotida bevosita soliqlarning tarkibi va undagi o‗zgarishlar ko‗rib
chiqilgan.
Keltirilgan ma‘lumotlarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, 2012-2017
yillar mobaynida bevosita soliqlarning mamlakat davlat byudjeti daro-
madlarining umumiy hajmidagi salmog‗i o‗zgaruvchan tendensiyasiga
ega. Bu esa, xalqaro byudjet amaliyotida shakllangan tendensiyalar
nuqtayi nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Chunki, mazkur
tendensiyalarga muvofiq, bozor iqtisodiyoti sharoitida bevosita
soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi
salmog‗i barqaror tarzda saqlab turilishi yoki o‗sish tendensiyasiga ega
bo‗lishi lozim.
38
2.5-jadval
Dostları ilə paylaş: |