48
Soliq organlari o‗tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish
va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan
norozi bo‗lgan taqdirda soliq organiga o‗zining yozma e‘tirozlarini o‗n
kunlik muddat ichida taqdim etish.
Soliq to‗lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan tekshiril-
ganda aniqlangan xato va kamchiliklar, qo‗shimcha hisoblangan
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar
to‗g‗risida tuzilgan dalolatnoma korxona mansabdor shaxslariga (bosh
hisobchisiga) tanishtirilishi shart. Tekshirish natijalarini korxona
rahbariyati nohaq deb hisoblashi hamda e‘tiroz bildirishi ham mumkin.
Bunday holatda, soliq to‗lovchi soliq idorasi rahbariyati nomiga yoxud
yuqori soliq idoralariga yozma murojaat qilishlari mumkin. Soliq
idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo‗lib,
ushbu komissiya
tomonidan soliq to‗lovchilarning yozma e‘tirozlari bir oy muddat
ichida ko‗rib chiqiladi va natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda
tekshirish natijasida soliq to‗lovchiga nisbatan qo‗shimcha hisoblangan
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar hamda moliyaviy jarimalarni
byudjetga undirish to‗xtatilmaydi.
Soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining
хatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat
qilish.
Soliq organlari o‗zlariga berilgan vakolot doiralarida qabul qilgan
qarorlari ayrim hollarda soliq to‗lovchilarning e‘tirozlarini keltirib
chiqarishi mumkin yoki ular mansabdor shaxslarining хatti-harakat-
larini soliq to‗lovchi qonunga zid deb hisoblashlari va ularga barham
berish maqsadida yuqori soliq organlari (Davlat
soliq boshqarmasi,
Davlat soliq qo‗mitasi)ga yoxud sudga shikoyat bilan da‘vo qilishlari
mumkin. Bunday holat amaliyotda ba‘zida uchrab turadi.
Soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish va to‗lashda o‗zlari yo‗l
qo‗ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.
Soliq to‗lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq idoralariga qonun-
chilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so‗ng, xato va
kamchiliklarni aniqlashsa uni qayta tuzatib darhol soliq idoralariga
qayta soliq hisob-kitoblarini topshirishlari lozim bo‗ladi. Aks holda,
qonun oldida javob berishga to‗g‗ri keladi.
Soliq to‗lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‗lishlari mumkin.
49
Soliq kodeksiga ko‗ra soliq to‗lovchilar quyidagi majburiyatlarga
egadirlar:
belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro‗yxatdan
o‗tish, pochta manzili o‗zgargan taqdirda esa (notijorat
tashkilotlar
qayta ro‗yxatdan o‗tkazilgan taqdirda ham), bu haqda soliq organlarini
o‗n kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish.
Soliq to‗lovchilar amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat ro‗yxa-
tidan o‗tgandan so‗ng, albatta quyi soliq idoralaridan ham ro‗yxatdan
o‗tishi va tegishli ravishda soliq to‗lovchining identifikatsion raqami
(STIR)ni olishi shart. STIR Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan
markazlashgan tartibda ro‗yxatga olinadi va soliq to‗lovchilarga quyi
soliq idoralari tomonidan yetkaziladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning tegishli summasini
o‗z vaqtida va to‗liq hajmda to‗lash.
Soliq to‗lovchilar hisobot davrida hisoblangan soliqlar va
yig‗imlarni o‗z vaqtida, to‗liq miqdorda byudjetga to‗lab berishlari
shart. Aksincha, soliq idoralari tomonidan o‗z vaqtida byudjetga o‗tka-
zilmagan soliqlar va yig‗imlar summasiga nisbatan har bir kechik-
tirilgan kun uchun 0,045 foiz miqdorida jarima (penya) hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga
muvofiq yuritish.
Korxona o‗zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini
yuritishda qonunchilik bilan belgilab berilgan
hisob va buxgalteriya
hisobi hujjatlarini yuritishga majburdir. Korxonada buxgalteriya
hisobini yuritish tegishli qonunchilik normalari asosida amalga
oshiriladi.
Moliyaviy hisobotni, soliqlar bo‗yicha hisob-kitoblarni yoki
daromadlar
to‗g‗risidagi
deklaratsiyalarni
qonun
hujjatlarida
belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish.
Soliq to‗lovchilar har bir soliq turi bo‗yicha hisob-kitoblarni
belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan soliq idoralariga taqdim
etadi. Aks holda, korxonaga va korxonaning mansabdor shaxslariga
nisbatan moliyaviy va ma‘muriy jazo choralari qo‗llaniladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni
hisoblab chiqarish,
to‗lash bilan bog‗liq hujjatlar va ma‘lumotlarni, shuningdek‚ soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlar yuzasidan imtiyozlar huquqini
tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish.
50
Soliq to‗lovchilarga soliq kodeksida, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarorlarida yoki boshqa qonun hujjatlarida soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlardan imtiyozlar ko‗zda tutilgan holda, ular
imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi tegishli qonun hujjatlarini quyi
soliq idoralariga taqdim etishi shart. Imtiyoz huquqini tasdiqlovchi
hujjat mavjud bo‗lgandagina ular imtiyozlardan
foydalanishlari
mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish,
to‗lash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor
shaxslarini daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi
bilan bog‗liq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish.
Nazorat organlari tekshiruv rejasiga asosan Davlat soliq xizmati
organlari tomonidan soliq to‗lovchilar faoliyati tekshirilganda
korxonalar soliqqa tortish obyekti bilan bog‗liq bo‗lgan barcha
obyektlarini ko‗zdan kechirishga va bundan tashqari tekshirishga
sharoit yaratib berishlari lozim. Aks holda, soliq idoralarining qonuniy
talablari bajarilmagan hisoblanadi va ularga nisbatan qonunchilikda
ko‗zda tutilgan tegishli jazo choralari qo‗llaniladi.
Soliq organlarining soliq haqidagi
qonun hujjatlarini buzish
hollarini bartaraf etish to‗g‗risidagi talablarini bajarish.
Soliq idoralari tomonidan o‗tkazilgan tekshirishlar natijasida
aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yoki ularning boshqa
vakolat doirasidagi qonuniy talablari soliq to‗lovchilar tomonidan
bajarilishi majburdir.
Soliq to‗lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida
o‗z zimmalariga yuklatilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega
bo‗lishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: