56
qo‗mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun
beriladigan pul mukofotlari va boshqa to‗lovlar mustasno;
xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish
xarajatlari;
diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‗t-
kazish, vakillik xarajatlari, shahar yo‗lovchilar transportida xodim-
larning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‗l kartochkalarini
olish, shuningdek‚ yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam
olish sharoitlarini ta‘minlash bilan bog‗liq
hamda muayyan jismoniy
shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;
xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‗lgan
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish
xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan
qilingan xarajatlar, shuningdek‚ qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o‗z xizmat
vazifalarini bajarishi
chog‗ida oziq-ovqat bilan ta‘minlash xarajatlari;
xodim boshqa joyga ishga o‗tkazilganda yoxud ko‗chib
borganda ko‗chish, mol-mulkini ko‗chirib borish, joy ijarasi (yo‗l
xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog‗liq xarajatlarni to‗lash yoki
bu xarajatlarning o‗rnini qoplash xarajatlari;
xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to‗lovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u
yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq
to‗lashni qo‗shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to‗lovlar. Yo‗l
hujjatlari bo‗lmagan taqdirda, temir yo‗l transportidagi (agar temir yo‗l
qatnovi bo‗lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‗l haqi qiymati
miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan
miqdorda;
uy-joyni ijaraga olish bo‗yicha haqiqatda amalga oshirilgan
to‗lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‗lmagan taqdirda –
qonun hujjatlarida
belgilangan normalar doirasida;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun
to‗lovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat
safarida bo‗lingan vaqt uchun to‗lanadigan kundalik xarajatlar uchun
haq (sutkalik pullar);
57
qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan
boshqa to‗lovlar.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga
to‗lanadigan kompensatsiya to‗lovlari (kompensatsiyalar):
doimiy ishi yo‗lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov
tusiga ega bo‗lgan, shuningdek‚ vaxta
usulida ishlarni bajarishda
xodimga kompensatsiya to‗lovlari (kompensatsiyalar);
xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik
uchun kompensatsiya to‗lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat
safarlari mustasno;
dala ta‘minoti;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar
bo‗yicha boshqa kompensatsiya to‗lovlari (kompensatsiyalar).
mehnatda mayib bo‗lganlik yoki sog‗lig‗iga boshqacha shikast
yetganlik bilan bog‗liq zararning o‗rnini qoplash bo‗yicha quyidagi
miqdordagi to‗lovlar:
jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‗lguniga qadar olgan o‗rtacha
oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat
qobiliyatini yo‗qotganlik darajasiga muvofiq
belgilanadigan har oylik
to‗lovlar (voyaga etmagan shaxs mehnatda mayib bo‗lib qolgan
taqdirda, zararning o‗rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib
chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish
haqining besh baravaridan kam bo‗lmagan miqdorda qoplanadi);
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‗shimcha
xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi
to‗lovlar;
jabrlanuvchining
maishiy
parvarishi
uchun
qo‗shimcha
xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi
miqdoridagi to‗lovlar;
xodimning sog‗lig‗iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan
ish beruvchi tomonidan bir yo‗la to‗lanadigan nafaqa tariqasida
jabrlanuvchining yillik o‗rtacha ish haqi miqdoridagi to‗lovlar;
boquvchisi
vafot
etganligi
munosabati
bilan
quyidagi
miqdordagi to‗lovlar:
marhumning o‗rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining
qaramog‗ida bo‗lgan va uning vafoti
munosabati bilan zararni
58
undirishga haqli bo‗lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‗g‗ri
keladigan ulushi miqdoridagi to‗lovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga
haqli bo‗lgan shaxslarga bir yo‗la to‗lanadigan nafaqa tariqasida
marhumning o‗rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi
to‗lovlar;
talabalarning ta‘lim olishi uchun O‗zbekiston Respublikasining
oliy o‗quv yurti bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha pullik –
shartnoma asosida o‗tkaziladigan to‗lovlar;
O‗zbekiston Respublikasida sug‗urta faoliyatini amalga oshirish
uchun litsenziyaga ega bo‗lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq
muddatli sug‗urtalash bo‗yicha to‗lanadigan sug‗urta mukofotlari.
Hayotni uzoq muddatli sug‗urtalash shartnomasi muddatidan ilgari
bekor qilinganda va sug‗urtalovchi sug‗urta qilinuvchiga sug‗urta
mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa,
qaytarilgan
sug‗urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami
daromadi tarkibiga kiritiladi;
yuridik shaxsdan – ish beruvchidan:
yosh oilalar a‘zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan
mablag‗lar;
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda
uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq
zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun
beriladigan ipoteka krediti bo‗yicha boshlang‗ich badal sifatida
quruvchi shaxs tomonidan olingan mablag‗lar.
Uy-joy olingan (mulkka bo‗lgan huquqlar davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilgan) sanadan e‘tiboran
besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda
ko‗rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;
xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: