Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Kompensatsiya to„lovlari
Mehnatga haq to‗lash tarzida daromadga kiritiladigan kom-
pensatsiya to‗lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: 


60 
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‗lgan joylardagi ishlar bilan 
bog‗liq qo‗shimcha to‗lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog‗li, 
cho‗l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffit-
siyentlar bo‗yicha to‗lovlar);
2) O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‗yxati bo‗yicha og‗ir, zararli, o‗ta 
zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan 
shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish 
vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) 
kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga 
ustamalar va qo‗shimcha to‗lovlar; 
4) ko‗p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek‚ bir necha kasbda, 
lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‗rsatish doirasi kengayganligi, 
bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‗zining asosiy ishi bilan bir 
qatorda ishda vaqtincha bo‗lmagan xodimlarning vazifalarini 
bajarganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo‗lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov 
tusiga ega bo‗lgan xodimlarning, shuningdek‚ doimiy ishi ishlarni 
vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga 
qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to‗lanadigan 
ustamalar;
6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig‗ilish punktidan) ishlash 
joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda 
tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yo‗lga ketadigan 
kunlar, shuningdek‚ xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va 
transport tashkilotlarining aybi bilan yo‗lda ushlanib qolgan kunlar 
uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to‗lanadigan summalar; 
7) yer osti ishlarida doimiy band bo‗lgan xodimlarga ularning 
stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada 
(konda) harakatlanishining me‘yoriy vaqti uchun to‗lanadigan 
qo‗shimcha haqlar; 
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta‘mi-
noti; 
9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
10) 
ishlar 
vaxta 
usulida 
tashkil 
qilinganda, 
ish 
vaqti 
umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida 


61 
belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan 
davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam 
olish kunlari (otgullar) uchun to‗lovlar; 
11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki 
xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun 
hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun 
to‗lovlar; 
12) mehnatda mayib bo‗lganlik yoki sog‗liqqa boshqacha shikast 
yetganlik bilan bog‗liq zararning o‗rnini qoplash uchun Soliq kodeksi 
171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko‗rsatilgan miqdorlardan 
ortiqcha olingan summalar; 
13) oziq-ovqat va yo‗l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va 
yo‗l chiptalarining qiymatini qoplash.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin