63
foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan
daromadi;
royalti;
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗laganidan keyin xususiy
korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo‗jaligi
boshlig‗i ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
Mol-mulkini ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs,
agar ushbu daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‗ining to‗lov manbaida soliq solinmasa,
belgilangan muddatlarda
jami yillik daromad to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etish bilan bir
qatorda ijaradan daromadlar paydo bo‗lgan kundan e‘tiboran birinchi
oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki tarzdagi
deklaratsiya ham taqdim etadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar
olish tugagan taqdirda
jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini
bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Agar soliq to‗lovchi daromadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyani taqdim
etmagan bo‗lsa, shuningdek‚ oldin taqdim etilgan deklaratsiyada
noto‗g‗ri ma‘lumotlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i summasini o‗zidagi
mavjud axborot asosida eng yuqori stavka bo‗yicha hisoblashga va
to‗lanishi lozim bo‗lgan, hisoblangan jismoniy
shaxslardan olinadigan
daromad solig‗i summasi to‗g‗risida soliq to‗lovchiga o‗n kunlik
muddat ichida to‗lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to‗lovchi
tomonidan jami yillik daromadi to‗g‗risida deklaratsiya yoki to‗g‗ri-
langan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗ining yakuniy
summasi ushbu deklaratsiya
hisobga olingan holda aniqlanadi.
Jismoniy shaxslar – O‗zbekiston Respublikasining rezidentlari da-
romadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyaning ma‘lumotlari asosida hisoblab
chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini o‗tgan
soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‗laydilar.
Jismoniy shaxslar – O‗zbekiston Respublikasining rezidentlari
hisoblab chiqarilgan daromad solig‗ini xorijiy davlatda joylashgan
bank hisobvarag‗idan chet el valyutasida to‗lashi mumkin.
Bunda
jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗langan sanada
64
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs
bo‗yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar
oladigan jismoniy
shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini taqdim
etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan
keyingi oyning beshinchi kunigacha to‗laydilar. Yil tugagach, jismoniy
shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi
haqiqatda olingan daromad bo‗yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa
bilan yil mobaynida to‗langan summalar o‗rtasidagi
farq kelgusi
yilning 1 iyunidan kechiktirmay soliq to‗lovchidan undirilishi yoki
unga qaytarilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: