79
raqami taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‗i summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, o‗qish) joyida olingan
daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi. Yangi
asosiy ish (xizmat, o‗qish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‗ini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon
ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‗qish) joylaridan olingan jami
daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‗ng xodimga ilgarigi
asosiy ish joyida to‗lovlar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur to‗lov-
larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i soliq
Kodeksining 179-moddasi 1-bandining to‗rtinchi xatboshisida hamda
180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‗llanilmagan holda
solinadi. Asosiy bo‗lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik
shaxslardan olingan daromadlarga to‗lov manbaida jismoniy shaxslar-
dan olinadigan daromad solig‗ini hisoblab chiqarish jami daromad
summasidan soliq Kodeksining 179-moddasi 1-bandining to‗rtinchi
xatboshisida hamda 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar
qo‗llanilmagan holda, belgilangan stavkalar bo‗yicha hisoblanishiga
qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‗yicha amalga oshiriladi.
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromad-
larining summalari va turlari haqida, shuningdek‚ jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan summasi to‗g‗risida
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Res-
publikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda ma‘lumot-
noma berishlari shart.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‗lmagan ish joyidan olgan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining
yakuniy summasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risida
taqdim etilgan deklaratsiyaning ma‘lumotlari bo‗yicha davlat soliq
xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: