Jismoniy shaxslar


 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

3.4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig„i bo„yicha imtiyozlar 
Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning 
quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: 

moddiy yordam summalari: 

favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy 
yordam summalari – to‗laligicha;

vafot etgan xodimning oila a‘zolariga yoki oila a‘zosi vafot 
etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam 
summalari – eng kam ish haqining o‗n ikki baravarigacha miqdorda;

boshqa hollarda – soliq davri uchun eng kam ish haqining o‗n 
ikki baravarigacha miqdorda.

yo‗llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to‗liq yoki 
qisman qoplash summalari, turistik yo‗llanmalar bundan mustasno: 

O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort 
va 
sog‗lomlashtirish 
muassasalariga 
yo‗llanmalar 
qiymatini 
nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan 
nogironlarga to‗liq yoki qisman qoplash summalari;

O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar 
oromgohlari va boshqa sog‗lomlashtirish oromgohlari, shuningdek‚ 
ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus mo‗ljallangan 
sanatoriy-kurort va sog‗lomlashtirish muassasalariga o‗z xodimlarining 
o‗n olti yoshga to‗lmagan (o‗n sakkiz yoshgacha bo‗lgan o‗quvchilar) 
bolalari uchun yo‗llanmalar qiymatini to‗liq yoki qisman qoplash 
summalari;


69 

o‗z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) 
statsionar tibbiy xizmat ko‗rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan 
to‗langan summalar, shuningdek‚ yuridik shaxsning davolash va tibbiy 
xizmat ko‗rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning 
salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan 
xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko‗rsatganlik 
uchun yuridik shaxslar tomonidan sog‗liqni saqlash muassasalariga 
naqd pulsiz haq to‗langan taqdirda, shuningdek‚ sog‗liqni saqlash 
tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu 
maqsadlar uchun mo‗ljallangan naqd pul mablag‗lari bevosita xodim-
ga, xodim yo‗qligida, uning oila a‘zolariga, ota-onalariga berilgan yoki 
mazkur maqsadlar uchun mo‗ljallangan mablag‗lar xodimning 
bankdagi hisobvarag‗iga kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq 
solishdan ozod qilinadi;

O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‗zbekiston Respubli-
kasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet 
tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va 
boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;

vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromad-
lar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan 
ta‘minlash markazlari ko‗magida amalga oshirilayotgan bo‗lsa;

soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗laganidan keyin 
xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer 
xo‗jaligi boshlig‗i ixtiyorida qoladigan foyda summasi;

O‗zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul 
mukofotlariga sazovor bo‗lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‗la 
beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik 
sovg‗alarining 
qiymati, 
shuningdek‚ 
O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining yoki O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori asosida bir yo‗la beriladigan pul mukofoti;

xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‗rinlarni egallaganligi 
uchun sportchilar olgan bir yo‗la beriladigan pul mukofoti;

donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek‚ qon yiqqanlik 
uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;

jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli 
bo‗lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan:


70 

qimmatli qog‗ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi 
(ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

yashash uchun mo‗ljallanmagan joylarni;

ketma-ket keladigan o‗n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq 
bitim tuzilgan taqdirda, uy-joylarni realizatsiya qilishdan olinadigan 
daromadlar mustasno.

uy xo‗jaligida, shu jumladan dehqon xo‗jaligida yetishtirilgan 
hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‗ynali va boshqa hayvonlar, baliq 
va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‗yib, mahsulotlarini xom 
yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy 
va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik 
mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali 
bog‗dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar 
soliq to‗lovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqaro-
larning o‗zini-o‗zi boshqarish organi, bog‗dorchilik, uzumchilik yoki 
polizchilik 
shirkatlarining 
boshqaruvlari 
tomonidan 
berilgan, 
realizatsiya qilingan mahsulot soliq to‗lovchi tomonidan unga yoki 
uning oila a‘zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini 
tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq 
solishdan ozod qilinadi;

xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan 
buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;

yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining 
olti baravari miqdorigacha bo‗lgan qiymatdagi:

xodimlar natura shaklida olgan sovg‗alar;

ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari bo‗lgan ishlama-
yotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo‗qotgan shaxslar, vafot 
etgan xodimning oila a‘zolari tomonidan olingan sovg‗alar va boshqa 
turlardagi yordam.

jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek‚ 
tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabi-
yot va san‘at asarlarining, adabiyot va san‘at asarlari ijrochilarining, 
shuningdek‚ kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining 
merosxo‗rlariga (huquqiy vorislariga) to‗lanadigan pul mukofotlari 
mustasno;


71 

davlat zayomining obligatsiyalari bo‗yicha yutuqlar, shuning-
dek‚ O‗zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‗ozlari bo‗yi-
cha foizlar, lotereya bo‗yicha yutuqlar;

jamg‗arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha 
daromadlar, shuningdek‚ banklardagi omonatlar bo‗yicha foizlar 
hamda yutuqlar;

xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek‚ 
ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi O‗zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxs grant 
beruvchidan yoki O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan vakil qilingan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni 
muvofiqlashtirish bo‗yicha organning xulosasi bo‗lgan taqdirda, 
yuridik shaxsdan – grant oluvchidan olgan grant summasi;

mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining o‗n 
ikki baravari miqdori doirasida to‗lanadigan ishdan bo‗shatish 
nafaqasi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning 
bemor a‘zosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek‚ 
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya 
jamg‗armalaridan jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi 
to‗lovlar;

olingan alimentlar;

fuqarolarning sug‗urta tovoni sifatida oladigan summalari;

qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan 
miqdorlarda ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 
to‗lanadigan stipendiyalar;

uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to‗lash bo‗yicha qonun 
hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul to‗lovlari;

davlat pensiyalari;

jamg‗arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‗yicha 
foiz daromadlari, shuningdek‚ jamg‗arib boriladigan pensiya to‗lovlari;

fuqarolarning soliq solinadigan va O‗zbekiston Respublikasida 
sug‗urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‗lgan 
yuridik shaxslarga mol-mulkni sug‗urta qilish hamda hayotni uzoq 
muddatli sug‗urta qilish bo‗yicha sug‗urta mukofotlari to‗lovi uchun 
yo‗naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari;


72 

yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy 
tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga – yuridik shaxsga uning 
majburiyatlarini bajarish uchun yo‗naltiriladigan daromadlari sum-
malari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‗xtatilgan va faoliyat qayta 
tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‗llanilmaydi va soliq summasi 
imtiyoz qo‗llanilgan butun davr uchun to‗liq miqdorda undiriladi;

quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va 
boshqa daromadlari summalari:

yosh oila a‘zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, 
rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‗p kvartirali uydagi 
kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka 
kreditlarini hamda ular bo‗yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun 
yo‗naltirilganda;

qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda 
uy-joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun 
hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari 
hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaxslar tomonidan olingan 
ipoteka kreditlarini hamda ular bo‗yicha hisoblangan foizlarni qoplash 
uchun yo‗naltirilganda.
Yuqorida ko‗rsatilgan mol-mulk olingan (mol-mulkka bo‗lgan 
huquq davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan) sanadan e‘tiboran besh yil ichida 
sotilsa, mazkur bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan 
tartibda soliq solinadi.

fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromad-
larining:

O‗zbekiston Respublikasi oliy o‗quv yurtlarida ta‘lim olish 
uchun (o‗zining o‗qishi yoki yigirma olti yoshga to‗lmagan 
farzandlarining o‗qishi uchun) yo‗naltiriladigan summalari;

O‗zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy 
jamg‗arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda 
yo‗naltiriladigan summalari.

jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi 
bo‗yicha) olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, 
agar mazkur ulushlar, paylar va aksiyalarni berish yaqin qarindoshlar 
o‗rtasida amalga oshirilsa. 


73 

paxta yig‗im-terimi bo‗yicha qishloq xo‗jaligi ishlariga jalb 
qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan 
daromadlari. 

aksiyadorlik jamiyatlari chet ellik xodimlarining boshqaruv 
xodimi sifatida o‗z faoliyatidan olgan daromadlari. 
Soliq kodeksining 180-moddasiga muvofiq soliq solishdan 
quyidagi jismoniy shaxslar to‗liq ozod qilinadi: 

xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va 
xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning 
o‗zlari bilan birga yashaydigan oila a‘zolari, agar ular O‗zbekiston 
Respublikasining fuqarosi bo‗lmasa, O‗zbekiston Respublikasidagi 
manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‗liq 
bo‗lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‗yicha;

xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik 
muassasalarining ma‘muriy-texnik xodimlari hamda ularning o‗zlari 
bilan birga yashaydigan oila a‘zolari, agar ular O‗zbekiston Respub-
likasi fuqarosi bo‗lmasa yoki O‗zbekiston Respublikasida doimiy 
yashamasa‚ O‗zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, 
diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‗liq bo‗lmagan daromad-
laridan tashqari barcha daromadlari bo‗yicha;

xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik 
muassasalariga xizmat ko‗rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan 
shaxslar, agar ular O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‗lmasa yoki 
O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, o‗z xizmati yuzasidan 
oladigan barcha daromadlari bo‗yicha;

xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik 
muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O‗zbekiston 
Respublikasi fuqarosi bo‗lmasa yoki O‗zbekiston Respublikasida 
doimiy yashamasa, o‗z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari 
bo‗yicha;

xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari – agar 
ular O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‗lmasa, ularning ushbu 
tashkilotlarda olgan daromadlari bo‗yicha;

konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beruvchi 
litsenziyasi bo‗lgan shaxslar – ushbu faoliyatdan olingan daromadlari 
bo‗yicha. 


74 

yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‗lgan 
shaxslar – yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartno-
masiga ko‗ra bajargan ishlari uchun olgan daromadlari bo‗yicha. 
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad 
olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to‗rt baravari 
miqdoridagi daromadlar bo‗yicha) ozod qilinadi: 

―O‗zbekiston Qahramoni‖, ―Sovet Ittifoqi Qahramoniˮ, ―Mehnat 
Qahramoniˮ unvonlariga sazovor bo‗lgan shaxslar, uchala darajadagi 
―Shuhratˮ ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Mazkur imtiyoz 
tegishlicha ―O‗zbekiston Qahramoni‖ unvoni berilganligi to‗g‗risidagi 
guvohnoma, 
Sovet 
Ittifoqi 
Qahramoni, 
Mehnat 
Qahramoni 
daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‗yicha 
bo‗limning ma‘lumotnomasi asosida beriladi; 

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun 
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur 
imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi 
yoki mudofaa ishlari bo‗yicha bo‗limning yoxud boshqa vakolatli 
organning ma‘lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnash-
chilarga) nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‗lgan huquqi 
to‗g‗risidagi guvohnoma asosida beriladi. 

bolalikdan nogiron bo‗lib qolganlar, shuningdek‚ I va II guruh 
nogironlari. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyasining ma‘lumotnomasi asosida beriladi;

sobiq SSSRni, O‗zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy 
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar 
organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‗ida 
yaralanganligi, kontuziya bo‗lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida 
yoxud frontda bo‗lish bilan bog‗liq kasallik tufayli halok bo‗lgan 
harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining 
ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz ―Halok bo‗lgan 
askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)‖ yoki ―Ichki ishlar 
organlari halok bo‗lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)‖ 
shtampi qo‗yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa 
rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan 
tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur 
shaxslar pensioner bo‗lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa 
vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‗mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, 
shuningdek‚ O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy 


75 
xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari 
tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi 
xodimining halok bo‗lganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma asosida 
beriladi. Sobiq SSSRni, O‗zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy 
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar 
organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‗ida 
yoki frontda bo‗lish bilan bog‗liq kasallik tufayli halok bo‗lgan harbiy 
xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva 
xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan o‗tmagan 
taqdirda beriladi;

ikki va undan ortiq o‗n olti yoshga to‗lmagan bolalari bor yol-
g‗iz onalar. Imtiyoz har bir bola uchun Fuqarolik holatlari dalolatno-
malarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan taqdim etiladigan 
ma‘lumotnoma asosida beriladi;

ikki va undan ortiq o‗n olti yoshga to‗lmagan bolalari bor va 
boquvchisini yo‗qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va 
beva erkaklar. Imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi to‗g‗risidagi 
guvohnoma, bolalar tug‗ilganligi to‗g‗risidagi guvohnoma, yangi 
nikohdan o‗tmaganlik hamda O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi tuman 
(shahar) bo‗limining boquvchisini yo‗qotganlik uchun pensiya 
olinmasligi haqidagi ma‘lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;

bolaligidan nogiron bo‗lgan, doimiy parvarishni talab qiladigan 
farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri. 
Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‗liqni saqlash muassasasining 
doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma‘lumotnomasi, 
birgalikda yashashga taalluqli qismida – fuqarolarning o‗zini-o‗zi 
boshqarish organining ma‘lumotnomasi asosida beriladi. 
Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan 
imtiyozlar tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‗llaniladi. 
Imtiyozlarga bo‗lgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga kelgan 
taqdirda, imtiyozlarga bo‗lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan 
e‘tiboran qo‗llaniladi. 
Agar jismoniy shaxs Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi 
qismida nazarda tutilgan bir nechta asos bo‗yicha imtiyozlarga bo‗lgan 
huquqqa ega bo‗lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta imtiyoz beriladi. 
Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan 
imtiyozni qo‗llash jismoniy shaxsning asosiy ish (xizmat, o‗qish) joyi 


76 
bo‗yicha, asosiy ish joyi bo‗lmagan taqdirda – yashash joyidagi davlat 
soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad to‗g‗risidagi 
deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‗ida amalga 
oshiriladi. Imtiyozga bo‗lgan huquq yo‗qotilgan taqdirda, jismoniy 
shaxs imtiyoz yo‗qotilgan paytdan e‘tiboran o‗n besh kun ichida bu 
haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma‘lum qilishi 
kerak. Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi qismida sanab o‗tilgan 
imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va dividendlar tarzida olingan 
daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan 
daromadlariga ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish 
joyi bo‗yicha hisoblansa, imtiyozni qo‗llash asosiy ish joyi bo‗yicha 
amalga oshiriladi, agar foizlar va dividendlar asosiy bo‗lmagan ish joyi 
bo‗yicha hisoblansa, imtiyoz jami yillik daromad to‗g‗risidagi dek-
laratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini 
hisoblab chiqarish chog‗ida jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat 
soliq xizmati organlari tomonidan qo‗llaniladi. Shunga o‗xshash tartib 
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham 
qo‗llaniladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin