89
2017-yil 20-yanvar kuni xodim bilan birga ishlaydigan hamkasbi
farzandining to‗lov-kontrakt to‗lovi uchun daromad solig‗idan
imtiyozdan foydalanayotganligi haqida gapirib berdi va bu imtiyozning
afzalliklari haqida batafsil tushuntirib berdi.
Vaziyatda
keltirilgan
xodim
o‗ylanib qoldi. Nima uchun men ham
farzandimni to‗lov-konrtakt summasi
uchun
daromad
solig‗i
bo‗yicha
imtiyozdan
foydalanmadim.
Agar
foydalanganimda
daromadimning
ancha qismi yonimga qolar edi, deb
afsuslandi.
Imtiyozdan
foydalanayotgan xodim unga yana bir
yaxshilab so‗rab-surishtirish kerak, balki bir iloji topilib qolar deb
maslahat berdi. Xo‗sh, sizningcha vaziyatda keltirilgan xodim qanday
yo‗l tutishi kerak?
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR:
1.
Xodim soliq qonunchiligini bilmaganligi uchun soliq imtiyo-
zidan foydalana olmadimi? Yoki xodimda soliq imtiyozidan
foydalanish imkoniyati hali ham bormi?
2.
Xodim soliq imtiyozidan foydalanishi uchun nima qilishi
kerak?
3.
Xodimning 2016 yilda olgan jami
daromadlari (soliq to‗langanidan keyin)
qanchani tashkil etgan (soliq imtiyozidan
foydalanmaganda)?
4.
Xodimning 2016 yilda olgan jami
daromadlari (soliq to‗langanidan keyin)
qanchani tashkil etishi mumkin (soliq
imtiyozidan foydalananda)?
5.
Siz qanday yo‗l tutgan bo‗lar
edingiz?
Dostları ilə paylaş: