Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

VAZIYAT 
 
O‗zbekiston Respublikasining rezidenti bo‗lgan jismoniy shaxs 
2016-yilda quyidagi daromadlarga va xarajatlarga ega bo‗lgan: 
Xodimning yanvar-sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 
so‗mdan, oktyabr-dekabr oylarida esa 1 610 000 so‗mdan haq 
to‗langan. Uning daromadi yil boshidan daromad 17 430 000 so‗mni 
(1 400 000x9 + 1 610 000x3) tashkil qilgan.
Akademik litseyni tugatgan farzandi 2016–2017-o‗quv yilida oliy 
ta‘lim muassasasiga 1-kursga to‗lov-kontrakt asosida o‗qishga qabul 
qilinganligi uchun 9 000 000 so‗m shartnoma majburiyatlarini naqd 
pulda to‗ladi. 
Xodimning asosiy ish joyi byudjet tashkiloti bo‗lganligi bois, unga 
2016-yilda to‗langan ish haqi va boshqa daromadlariga to‗lov 
manbaida soliq undirilgan.


89 
2017-yil 20-yanvar kuni xodim bilan birga ishlaydigan hamkasbi 
farzandining to‗lov-kontrakt to‗lovi uchun daromad solig‗idan 
imtiyozdan foydalanayotganligi haqida gapirib berdi va bu imtiyozning 
afzalliklari haqida batafsil tushuntirib berdi. 
Vaziyatda 
keltirilgan 
xodim 
o‗ylanib qoldi. Nima uchun men ham 
farzandimni to‗lov-konrtakt summasi 
uchun 
daromad 
solig‗i 
bo‗yicha 
imtiyozdan 
foydalanmadim. 
Agar 
foydalanganimda 
daromadimning 
ancha qismi yonimga qolar edi, deb 
afsuslandi. 
Imtiyozdan 
foydalanayotgan xodim unga yana bir 
yaxshilab so‗rab-surishtirish kerak, balki bir iloji topilib qolar deb 
maslahat berdi. Xo‗sh, sizningcha vaziyatda keltirilgan xodim qanday 
yo‗l tutishi kerak? 
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR: 
 
1.
Xodim soliq qonunchiligini bilmaganligi uchun soliq imtiyo-
zidan foydalana olmadimi? Yoki xodimda soliq imtiyozidan 
foydalanish imkoniyati hali ham bormi? 
2.
Xodim soliq imtiyozidan foydalanishi uchun nima qilishi 
kerak? 
3.
Xodimning 2016 yilda olgan jami 
daromadlari (soliq to‗langanidan keyin) 
qanchani tashkil etgan (soliq imtiyozidan 
foydalanmaganda)? 
4.
Xodimning 2016 yilda olgan jami 
daromadlari (soliq to‗langanidan keyin) 
qanchani tashkil etishi mumkin (soliq 
imtiyozidan foydalananda)? 
5.
Siz qanday yo‗l tutgan bo‗lar 
edingiz?

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin