Jismoniy shaxslar


Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning 
tavsifnomasi: 
Ushbu keysning axborot manbai kabinetli bo‗lib, syujetsiz toifaga 
kiradi. Keysning obyekti bo‗lib xodimning 2016-yilda olgan daromad-
lari va xarajatlari hisoblanadi. Vaziyat jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‗i bo‗yicha soliq qonunchiligi va uni hisoblash uslubiyati 
asosida tuzilgan. Hajmi o‗rtacha, tizimlashtirilgan bo‗lib, treningga 
mo‗ljallangan o‗quv mavzu bo‗yicha bilim va ko‗nikmalar hosil 
qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‗ra keys muammolarni 
taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga 
qaratilgan. 
Ushbu keysdan ―Soliqlar va soliqqa tortish‖, ―Jismoniy shaxslarni 
soliqqa tortish‖ fanlarida foydalanish mumkin. 
 
 
KEYS STADI 
 
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiyalash
asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish 
 
KIRISH 
 
Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarning mohiyati umumiy 
soliqlarning mohiyatidan kelib chiqadi va ular soliq tizimining asosiy 
qismini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlar soliq-
byudjet siyosatining muhim tarkibiy 
qismi sifatida, ular daromadlarining 
muayyan qismini davlatning markazlash-
gan fondini shakllantirish uchun davlat 
byudjetiga undirish jarayonida yuzaga 
keladigan moliyaviy munosabatlarda na-
moyon bo‗ladi. Jismoniy shaxslardan 


88 
olinadigan daromad solig‗i davlat byud-
jeti daromadlarini shakllantirish bilan bir 
vaqtda, ularning faolligini oshirishga, 
ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashga ham 
xizmat qiladi. Jismoniy shaxslar daro-
madlarini soliqqa tortishda, ularning da-
romadlarini aniqlash eng dolzarb masala-
lardan biri hisoblanadi. 
Nazarimizda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i 
mexanizmidagi muammolardan ko‗ra, aholi daromadlarini oshirish va 
ularni qonuniyligini ta‘minlashga doir muammolar ko‗proq. Chunki, 
haqiqiy erishilgan va qonuniy asosiga ega bo‗lgan daromadlarni 
soliqqa tortish mexanizmi davr talabiga mos ravishda shakllantirilgan. 
Bu bilan jismoniy shaxslarning olayotgan barcha daromadlari soliqqa 
tortilayapti, deb bo‗lmaydi.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga 
imkon yaratadi: 
-
o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha bilimlarni mustahkamlash; 
-
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; 
-
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‗nikmalarini egallash; 
-
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini hisoblash 
uslubiyatini o‗zlashtirish darajasini tekshirish. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin