99
Yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz:
1 567 240 x 12% = 188 068,8 so‗m.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 1 567,24 so‗mni (1
567 240 x 0,1%) tashkil etadi.
Yanvar oyi uchun byudjetga 186 501,56 so‗m (188 068,8 –
1 567,24) JShDS o‗tkaziladi.
Xodim qo‗liga 3 811 931,2 so‗m (1 400 000 + 2 600 000 –
188 068,8) ish haqi oladi.
4-VAZIYAT Qimmatbaho sovg„a olinganda imtiyozni hisobga
olgan holda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yanvar oyida 1 500 000 so‗m ish haqi
to‗langan. Unga 1 2 000 000 so‗mlik smartfon sovg‗a qilindi.
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga ko‗ra bir yil
mobaynida yuridik shaxslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha
bo‗lgan summada olingan sovg‗alarning qiymatiga soliq solinmaydi.
Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan
EKIH qo‗llaniladi (202 730 x 6 = 1 216 380 so‗m).
Soliq solinadigan daromad 2 283 620 so‗mga (1 500 000 + 2 000
000 – 1 216 380) teng.
Yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz:
2 283 620 x 12% = 274 034,4 so‗m.
Yanvar oyi uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 2 283,62
so‗mga (2 283 620 x 0,1%) teng.
Byudjetga 271 750,78 so‗m (274 034,4 – 2 283,62) JShDS
o‗tkaziladi.
Xodim qo‗liga 1 225 965,6 so‗m (1 500 000 – 274 034,4) ish haqi
oladi.
Dostları ilə paylaş: