2019 YIL YANVAR OYI UCHUN JISMONIY ShAXSLAR DAROMADIDAN OLINADIGAN SOLIQ VA BOSHQA MAJBURIY TO„LOVLAR HISOB-KITOBI USLUBIYATI ● Yanvar oyida ish soatlari soni:
5 kunlik (40 soatlik) ish haftasida - 168;
6 kunlik (40 soatlik) ish haftasida - 167;
36 soatlik ish haftasida - 150.
● Ish kunlari soni:
5 kunlik ish haftasida - 21;
6 kunlik ish haftasida - 25.
● 2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning ayrim
turdagi daromadlariga eng kam stavka bo‗yicha JShDS solinishi bekor
qilindi. O‗zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan jismoniy shaxsning
daromadlariga 12%lik stavka bo‗yicha soliq solinadi (Soliq kodeksi-
ning 181-moddasi 1-qismi).
●● Yanvar oyi uchun eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 202 730
so‗mni (13.10.2018 yildagi PF-5553-son) tashkil etadi.
●●● Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda
tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2019 yilning 1 yanvar
holatiga ko‗ra belgilangan EKIH – 202 730 so‗m qo‗llanadi (Soliq
kodeksi 186-moddasining 1-qismi).
●●●● 2019 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik
badallari stavkasi xodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq
solinadigan summasining 0,1%ini tashkil etadi (26.12.2018 yildagi PQ-
4086-son qarorning 5-bandi).
●●●●● ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan
chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan ro‗yxatdan
o‗tkazilgan Nizomning 3-bandi).
●●●●●● O‗zbekiston
Respublikasining
soliq
siyosatini
takomillashtirish konseptsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab
fuqarolarning mehnatga haq to‗lash turidagi daromadlaridan byudjet-
dan tashqari Pensiya jamg‗armasiga ushlab qolinadigan sug‗urta
badallari to‗lovi bekor qilindi (29.06.2018 yildagi PF-5468-son
Farmonning 3-bandi «a» kichik bandi).