JISMONIY SHAXSLARDAN
OLINADIGAN
DAROMAD SOLIG„I STAVKALARI:
Eng kam ish haqining
1 barobarigacha miqdoriga –
0
%
1-5 barobarigacha miqdoriga –
7,5
%
5-10 barobarigacha miqdoriga -
17
%
10 barobaridan ortiq miqdoriga
- 23
%
94
Yechish ketma-ketligi
1.
Xodimning vaziyati tahlil qilinadi, muammo va uni echish
ketma-ketligi, asosiy vazifalari bilan tanishiladi.
2.
Keysdagi holatlarni aniqlashtirish: Xodim qanday yo‗l tutishi
kerak?
3.
Soliq qonunchiligi asosida xodimning daromad solig‗idan foyda-
lanish uchun amalga oshirishi kerak bo‗lgan vazifalar ketma-ketligi
ko‗rsatiladi.
4.
Xodim vaziyati keltirilgan ko‗rsatkichlar asosida hisob-kitob
qilinadi va soliq summasi aniqlanib, imtiyozdan foydalanish imkoni-
yati izlab topiladi.
5.
Soliq qonunchiligi va hisob-kitoblar asosida xodim to‗lagan
daromad solig‗ining to‗lov-kontraktga yo‗naltirilgan summasiga mos
qismi, ya‘ni unga qaytariladigan summasi aniqlanadi.
Keysologning javob variant
1.
Xodim soliq qonunchiligini bilmasada, amalda uni hech qanday
buzilishiga sababchi bo‗lmagan. U 2016 yilda olgan daromadlaridan
to‗lov manbaida soliq to‗lagan. Farzandining o‗qishi uchun to‗lov-
kontrakt summasini sof daromadidan to‗lab bergan, ya‘ni soliqqa
tortilgan daromadidan.
Xodimda soliq imtiyozidan foydalanish imkoniyati mavjud. Soliq
to‗lovchilar daromadlar bo‗yicha jami yillik daromad to‗g‗risidagi
deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga
hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Deklaratsiya qilinishi shart bo‗lmagan daromadlarni olgan soliq
to‗lovchilar doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami
yillik daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim
etishi mumkin.
2.
Xodim soliq imtiyozidan foydalanishi uchun pasporti, asosiy
ish joyidan olgan daromadlari va to‗lagan soliqlari ko‗rsatilgan
ma‘lumotnoma, farzandining to‗lov-kontrakt shartnomasi, to‗langan
summa
kvitansiyasi,
farzandining
o‗qiyotganligi
haqidagi
ma‘lumotnomani doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspektsiyasiga
2017 yil 1 aprelgacha taqdim etishi va soliq hisob-kitobini qayta
amalga oshirishi kerak.
3.
Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga
1 400 000 so‗mdan, oktyabr-dekabr oylarida esa 1 610 000 so‗mdan
95
haq to‗langan. Yil boshidan daromad 17 430 000 so‗mni (1 400 000 x
9 + 1 610 000 x 3) tashkil qiladi.
23%lik stavka bo‗yicha soliq solinadigan daromad summasini
hisob-kitob qilamiz va yanvar–dekabr oylari uchun JShDSni
hisoblaymiz:
1 797 312 + (17 430 000 – 15 628 800) x 23% = 2 211 588 so‗m.
Yanvar-noyabr oylarida 1 991 064 so‗m JShDS ushlab qolingan.
Dekabr oyidagi soliq summasi 220 524 so‗mga (2 211 588 – 1
991 064) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 158 671,2 so‗mga
((17 430 000 – 1 562 880) x 1%) teng.
Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 143 873,6 so‗m o‗tkazilgan,
dekabr oyida ajratmalar 14 797,6 so‗mni (158 671,2 – 143 873,6)
tashkil qiladi.
Dekabr oyi uchun byudjetga 205 726,4 so‗m (220 524 – 14 797,6)
JShDS o‗tkaziladi.
Dekabr oyi uchun majburiy sug‗urta badallari 120 750 so‗mni (1
610 000 x 7,5%) tashkil etadi.
Soliq va sug‗urta badallari ushlab qolinganidan keyin xodim
qo‗liga 1 268 726 so‗m (1 610 000 – 220 524 – 120 750) ish haqi oladi.
4.
Xodimning akademik litseyni tugatgan farzandi 2016-2017
o‗quv yilida oliy ta‘lim muassasasiga 1-kursga to‗lov-kontrakt asosida
o‗qishga qabul qilinganligi uchun 9 000 000 so‗m shartnoma
majburiyatlarini naqd pulda to‗lagan.
Xodim jami yillik daromadlarini deklaratsiyalaganda to‗lov-
kontrakt summasiga yo‗naltirilgan 9 000 000 so‗m soliq bazasidan
chegirib tashlanadi, ya‘ni quyidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
17 430 000 - 9 000 000 = 8 430 000
Mazkur holatda xodimning daromad solig‗i bazasi 8 430 000
so‗mni tashkil etadi. Undan hisoblangan daromad solig‗i summasi
573 516 so‗mni tashkil etadi.
Xodim amalda 2 211 588 so‗m daromad solig‗ini to‗lagan. Xodim
deklaratsiya topshirishi natijasida daromad solig‗i qayta hisob-kitob
qilindi va soliq imtiyozini qo‗llashi natijasida 573 516 so‗m to‗lashi
kerakligi aniqlandi. Demak, xodim amalda to‗lagan va to‗lashi kerak
bo‗lgan summa o‗rtasidagi farqni 1638072 (2 211 588 - 573 516)
davlat byudjetidan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‗ldi.
96
5.
Keysda keltirilgan vaziyat bo‗yicha echim xulosasi shundan
iboratki, xodim soliq imtiyozlaridan foydalanish va to‗lagan daromad
solig‗ining ortiqcha qismini qaytarib olish imkoniyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: |