Jismoniy shaxslar


 Soliq agentlarining daromad solig„ini ushlab qolish va



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

3.7. Soliq agentlarining daromad solig„ini ushlab qolish va 
byudjetga o„tkazish bo„yicha majburiyatlari 
Soliq kodeksining 187-moddasiga muvofiq soliq agentlari: 

soliq davri tugaganidan keyin o‗ttiz kun ichida davlat soliq 
xizmati organlariga to‗lov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf 


80 
tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‗g‗risida, O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma‘lumotnoma 
taqdim etish. 

yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliya hisobotini 
taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va 
amalda to‗langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan summalari to‗g‗risi-
dagi ma‘lumotlarni O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan 
shaklda taqdim etishi shart. Yil yakunlari bo‗yicha hisoblangan va 
amalda to‗langan daromadlarning summalari hamda jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan summalari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar O‗zbekiston Respublikasida faoliyatni 
doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‗zbekiston Respublikasi 
norezidentlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga 
qadar taqdim etiladi.
Ma‘lumotlarda hisoblangan quyidagi:
- mehnatga haq to‗lash tarzidagi daromadlar, jismoniy shaxslarning 
daromadlaridan ushlangan soliq summalari va har bir jismoniy shaxs 
bo‗yicha fuqarolarning shaxsiy jamg‗arib boriladigan pensiya 
hisobraqamlariga to‗langan badallar to‗g‗risidagi;
- mulkiy daromadlar (bundan dividendlar va foizlar mustasno) va 
moddiy naf tarzidagi daromadlar, har bir jismoniy shaxs bo‗yicha 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining to‗lov manbaida 
ushlab qolingan summalari to‗g‗risidagi axborot aks ettiriladi. 
To‗lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‗ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti 
tomonidan quyidagi muddatlarda to‗lanadi: 

pul mablag‗larini olish uchun xizmat ko‗rsatuvchi bankka 
hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, biroq hisob-kitoblarni taqdim 
etish muddatlaridan kechiktirmay; 

to‗lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin 
besh kun ichida, agar bunday to‗lovga qonun hujjatlarida ruxsat 
berilgan bo‗lsa. 
Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag‗ida ish haqini to‗lash va 
bir vaqtning o‗zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan 


81 
soliqlarni byudjetga o‗tkazish uchun mablag‗lar yetarli bo‗lmasa, 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i bank hisobvarag‗idagi 
qoldiq mablag‗larga mutanosib summada byudjetga o‗tkaziladi. 
Bankda hisobraqamiga ega bo‗lgan yuridik shaxslar tomonidan 
jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‗lash sanasi soliq 
to‗lovchi hisobraqamidan mablag‗lar hisobdan chiqarilgan kun, 
boshqalar, shu jumladan jismoniy shaxslar uchun esa – mablag‗lar 
kredit muassasasining kassasiga o‗tkazilgan kun hisoblanadi. Jismoniy 
shaxslarning hisob-kitob varag‗idan soliq summasi jismoniy shaxs 
tomonidan to‗langanda, to‗lov sanasi jismoniy shaxs hisobraqamidagi 
mablag‗lar hisobdan chiqarilgan kun hisoblanadi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan 
jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‗lash to‗lov 
xabarnomasida ko‗rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. 
Jismoniy 
shaxslarning 
daromadiga 
solinadigan 
soliqning 
yil 
mobaynida to‗lab borilgan summalari tegishli hisobot yili uchun soliq 
to‗lovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga o‗tkaziladi. 
Mol-mulkini ijaraga berayotgan jismoniy shaxslar uchun 2019 
yilda ijara haqining minimal stavkalari quyidagicha belgilandi: 
-
Aholi turar joylari (1 kv.metr) uchun oylik ijara haqining 
minimal stavkalari: 
Toshkent shahri – 10 000 so‗m 
Nukus shahri, viloyat markazlarining shaharlari – 6 500 so‗m 
Boshqa aholi punktlari – 3 000 so‗m. 
-
Noturar joylari (1 kv.metr) uchun oylik ijara haqining minimal 
stavkalari: 
Toshkent shahri – 20 000 so‗m 
Nukus shahri, viloyat markazlarining shaharlari – 13 000 so‗m 
Boshqa aholi punktlari – 6 000 so‗m
11

Mazkur me‘yorni joriy qilinishi jismoniy shaxslarning 
daromadlarini legallashtirishga imkon beradi va tegishli byudjetga 
qo‗shimcha tushumlar tushishiga olib keladi. 
Shuningdek, avtotransport vositalarini ijaraga berishda – har bir 
avtotransport uchun uning turiga qarab tabaqalashtirilgan holda, yengil 
avtotransport uchun (haydovchi o‗rnini hisobga olmagan holda 8 
o‗rindiqdan ko‗p bo‗lmagan passajir, yuk tashishga mo‗ljallangan 
11
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli 
qarorining 24-ilovasi. 


82 
avtotransort vositasi) – oyiga 480 000 so‗m, boshqa transport vositalari 
uchun (mikroavtobuslar, avtobuslar, yuk avtomobillar) – oyiga 940 000 
so‗m qilib belgilandi.
12

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin