Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
3.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„i stavkalari 
O‗zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan jismoniy shaxsning 
daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida to‗lanadigan 
daromadlar mustasno, 12 foizli stavka bo‗yicha soliq solinadi.
O‗zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar 
tarzida to‗lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‗yicha soliq 
solinadi. 


67 
Soliq qonunchiligiga binoan 1998-yildan respublikamizda jismo-
niy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan 
soliq stavkasi 15, 25, 35, 40, 45 foiz, ya‘ni 5 pog‗onali qilib belgilandi. 
2000-yildan boshlab 4 pog‗onali, ya‘ni 15, 25, 36, 40 foiz, 2001-yildan 
esa 3 pog‗onaliga o‗tildi, uning stavkasi 12, 25, 30 foizni, 2002-yildan 
13, 23, 33 foiz qilib belgilandi. 
Aholining keng qatlamini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish 
hamda ularning real daromadlarini yanada oshirish maqsadida jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i stavkasi ham pasaytirib 
borilmoqda. Buni quyidagi diagramma ma‘lumotlari asosida ko‗rib 
o‗tish mumkin:
 
 
3.2-rasm.
 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„i stavkalari
(quyi va yuqori miqdorlari)ning o„zgarish dinamikasi
10
 
Jismoniy shaxsning – O‗zbekiston Respublikasi norezidentining 
O‗zbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, 
daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‗yicha 
soliq solinadi: 

dividend va foizlarga – 10 foiz; 
10
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari 
asosida tayyorlangan. 


68 

xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‗rsatishdan olinadi-
gan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) – 6 foiz 

mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy 
tusdagi shartnomalar bo‗yicha olingan daromadlarga hamda yuqoridagi 
bandlarda ko‗rsatilmagan boshqa daromadlarga – 20 foiz. 
To‗lov manbaida soliq solish to‗lov O‗zbekiston Respublikasi 
hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qat'i 
nazar amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin