Jismoniy shaxslar


Ishlanmagan vaqt uchun haq to„lashga quyidagilar kiradi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Ishlanmagan vaqt uchun haq to„lashga quyidagilar kiradi: 
1) qonun hujjatlariga muvofiq:
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta‘tilga haq to‗lash, shu-
ningdek‚ ushbu ta‘tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan 
mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya to‗lash;
b) noqulay va o‗ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek‚ og‗ir 
va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim 
tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo‗shimcha ta‘tilga haq to‗lash;
v) o‗qish bilan bog‗liq ta‘tilga va ijodiy ta‘tillarga haq to‗lash;
g) o‗n ikki yoshga to‗lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‗n 
olti yoshga to‗lmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan 
qo‗shimcha ta‘tilga haq to‗lash;
2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta‘tilda 
bo‗lgan xodimlarga beriladigan to‗lovlar; 
3) donor xodimlarga ko‗rikdan o‗tish, qon topshirish va qon 
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun 
haq to‗lash; 
4) O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat 
yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to‗lash;
5) qishloq xo‗jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan 
xodimlarning asosiy ish joyi bo‗yicha saqlab qolinadigan ish haqi; 
6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim bo‗yicha 
maoshi miqdorlari ma‘lum bir muddat davomida saqlab qolingan holda 
ishga olingan, shuningdek‚ vaqtinchalik vazifani bajarib turganda 
xodimlarga maoshdagi farqni to‗lash; 


62 
7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o‗qishlari vaqtida 
asosiy ish joyi bo‗yicha ularga to‗lanadigan ish haqi; 
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‗lash; 
9) mehnat layoqatini vaqtincha yo‗qotgan xodimlarga qo‗shimcha 
haq to‗lash; 
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan 
majburiy progul vaqti yoki kam haq to‗lanadigan ishni bajarganlik 
uchun haq to‗lash; 
11) o‗n sakkiz yoshga to‗lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, 
onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga
shuningdek‚ tibbiy ko‗rikdan o‗tish bilan bog‗liq vaqt uchun haq 
to‗lash;
12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod 
qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish uchun hamda o‗quvchilar va talabalarning 
ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan 
yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq to‗lash; 
15) yuridik shaxsning mablag‗lari hisobidan to‗lanadigan 
pensiyalar va nafaqalarga qo‗shimchalar, stipendiyalar; 
16) oliy o‗quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga 
ta‘til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to‗lanadigan nafaqalar; 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin