58
undirishga haqli bo‗lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‗g‗ri
keladigan ulushi miqdoridagi to‗lovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga
haqli bo‗lgan shaxslarga bir yo‗la to‗lanadigan nafaqa tariqasida
marhumning o‗rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi
to‗lovlar;
talabalarning ta‘lim olishi uchun O‗zbekiston Respublikasining
oliy o‗quv yurti bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha pullik –
shartnoma asosida o‗tkaziladigan to‗lovlar;
O‗zbekiston Respublikasida sug‗urta faoliyatini amalga oshirish
uchun litsenziyaga ega bo‗lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq
muddatli sug‗urtalash bo‗yicha to‗lanadigan sug‗urta mukofotlari.
Hayotni uzoq muddatli sug‗urtalash shartnomasi muddatidan ilgari
bekor qilinganda va sug‗urtalovchi sug‗urta qilinuvchiga sug‗urta
mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa, qaytarilgan
sug‗urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami
daromadi tarkibiga kiritiladi;
yuridik shaxsdan – ish beruvchidan:
yosh oilalar a‘zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan
mablag‗lar;
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda
uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq
zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun
beriladigan ipoteka krediti bo‗yicha boshlang‗ich badal sifatida
quruvchi shaxs tomonidan olingan mablag‗lar.
Uy-joy olingan (mulkka bo‗lgan huquqlar davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilgan) sanadan e‘tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda
ko‗rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;
xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: