2.5. Soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to„lovchilarning huquq va majburiyatlari O‗zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari,
soliq to‗lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini
yuritish tartiboti va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik Soliq kodeksi, O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat soliq
xizmati to‗g‗risida‖gi qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun
hujjatlari orqali tartibga solinadi.
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun
hujjatlaridan o‗rin olgan normalari Soliq kodeksiga muvofiq bo‗lishi
lozim. Agar O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida
Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan
bo‗lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda
qo‗llaniladi.
Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan
qat‘i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va
ijtimoiy mavqeidan qat‘i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga
oshiriladi.
Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar tovarlarning
(ishlar, xizmatlarning) yoki pul
mablag‗larining O‗zbekiston
Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‗lishini bevosita
yoki bilvosita cheklab qo‗yishi yoxud soliq to‗lovchining iqtisodiy
faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‗yishi yoki unga g‗ov bo‗lishi
mumkin emas. Olingan manbalaridan qat‘i nazar, barcha daromadlarga
soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta ijtimoiy
47
adolat prinsiplariga rioya etilishi kerak. O‗zbekiston Respublikasi
hududida soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar O‗zbekiston
Respublikasining pul birligi – so‗mda hisoblab chiqariladi.