O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar
1.
Soliqqa tortish obyektiga qarab soliqlar qanday guruhlanadi?
2.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi?
3.
Daromaddan olinadigan soliqlarga qaysi soliqlar kiradi?
4.
Mol-mulk va yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qaysi
soliqlarni kiritish mumkin?
5.
Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab qanday guruhlanadi?
6.
Jismoniy shaxslar to‗laydigan umumdavlat soliqlar tarkibiga
qanday soliqlar kiradi?
51
7.
Jismoniy shaxslar to‗laydigan mahalliy soliqlar tarkibiga
qanday soliqlar kiradi?
8.
Jismoniy shaxslar to‗laydigan bevosita soliqlar tarkibiga
qanday soliqlar kiradi va u nima uchun bevosita soliq deb ataladi?
9.
Jismoniy shaxslar to‗laydigan bilvosita soliqlar tarkibiga
qanday soliqlar kiradi?
10.
Jismoniy shaxslar bilvosita soliqlarning ijobiy va salbiy
tomonlarini ko‗rsating?
11.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning farqi nimadan
iborat?
12.
Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarning o‗ziga xos
xususiyatlari nima?
13.
Soliq to‗lovchilar qanday huquqlarga ega?
14.
Soliq to‗lovchilar qanday majburiyatlarga ega?
52
III BOB. JISMONIY SHAXSLARNING JAMI DAROMADLARI
TARKIBI VA ULARNI SOLIQQA TORTISHNING ASOSLARI
==================================================
3.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„ining
mohiyati, soliq to„lovchilar, soliq obyekti va bazasi
O‗zbekiston soliq tizimida jismoniy shaxslardan olinadigan daro-
mad solig‗i asosiy soliq turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu soliq to‗g‗ri
soliqlar tarkibiga kiradi va aholining real daromadiga bevosita ta‘sir
ko‗rsatadi. Ayniqsa O‗zbekistonda erkin tadbirkorlikning yanada
rivojlanib borayotganligi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‗ining ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, ishbilarmonlik soha-
sidagi daromadlarga cheklanishlarning bekor qilinishi bilan topila-
yotgan daromadlar o‗rtasidagi farq ko‗zga tashlanib qolmoqda, ya‘ni
yuqori daromad oladigan jismoniy shaxslar soni asta-sekin ko‗payib
bormoqda. Shuning uchun ham amaldagi soliq qonunchiligimiz kam va
yuqori daromad oladigan jismoniy shaxslarni tabaqalashtirishga qo‗l
keladi, daromadlarni adolatli ravishda soliqqa tortishni ta‘minlamoqda.
O‗zbekiston Respublikasi aholi daromadlarini soliqqa tortish tizimi
1991-yilda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el
fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmaganlarni soliqqa tortish to‗g‗risida‖gi
qonuni asosida joriy etilgan. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi
mamlakatimizda deyarli har yili o‗zgartirilib, takomillashib kelmoqda.
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning samarali tizimini
yaratishga oid vazifalarning ahamiyati mazkur tizimning ijtimoiy
masalalarga daxldorligi, aholi turmush darajasiga ko‗rsatadigan ta‘siri
bilan bog‗liqdir. Shundan kelib chiqqan holda daromad solig‗ining
shkalasi muntazam ravishda takomillashtirilib kelinmoqda.
Ma‘lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq
to‗lovchilar ikkiga bo‗lingan, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga.
Jismoniy shaxslarga – O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet
davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar kiradi. Soliq
53
solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga
bo‗linadi.
Soliq kodeksining 19-moddasiga muvofiq O‗zbekiston Respubli-
kasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan
har qanday ketma-ketlikdagi o‗n ikki oylik davr ichida jami bir yuz
sakson uch kun va undan ortiq muddat O‗zbekiston Respublikasida
turgan jismoniy shaxs O‗zbekiston Respublikasining rezidenti deb
qaraladi.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‗lmagan shaxsning
quyidagilar sifatida turgan davri uning O‗zbekiston Respublikasi
hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi:
diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo‗lgan shaxs sifatida;
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‗ra
tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;
diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo‗lgan shaxslarning
oila a‘zosi sifatida, bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirmagan taqdirda;
faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga O‗zbekiston
Respublikasi hududi orqali o‗tish (tranzit o‗tish) uchun;
agar bu jismoniy shaxs O‗zbekiston Respublikasida faqat turist
sifatida, davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan bo‗lsa.
Jismoniy
shaxslar
to‗layotgan
soliqlar
ichida
byudjet
tushumlaridan salmoqli o‗rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗idir. Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗i 1991-yilning mart oyidan boshlab
O‗zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi ―O‗zbekiston
Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi
bo‗lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗g‗risida‖gi
qonuni asosida joriy etilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i – davlat byudjeti
daromadlarining asosiy manbalaridan biri bo‗lib, u umumdavlat
soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‗ziga xos xususiyati shundaki, soliq
jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‗layotgan soliqlar va yig‗imlar
davlat byudjeti daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining byudjeti
daromadlaridagi salmog‗ini tahlil etar ekanmiz, ushbu ko‗rsatkich
2004- yilda 12,7 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2006-yilda 14,9 foizni,
54
2008-yilda 12,5 foizni, 2010-yilda 11,7 foizni, 2012-yilda 11,5 foizni,
201-yilda 11 foizni, 2016-yilda 10 foiz bo‗lgan. 2017-yilda esa 10,1
foizni, to‗g‗ri soliqlardagi ulushi esa 41,9 foizni tashkil etgan (3.1-
rasm).
Dostları ilə paylaş: |