59
mehnatga haq to‗lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga
muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib
chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‗shimcha to‗lovlar;
rag‗batlantirish xususiyatiga ega to‗lovlar;
kompensatsiya to‗lovlari (kompensatsiya);
ishlanmagan vaqt uchun haq to‗lash.
Mehnatga haq to„lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar
ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish bo‗lgan
fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy
shaxslarga to‗lovlar;
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki
boshqa shunga o‗xshash organi) a‘zolariga yuridik shaxsning o‗zi
tomonidan amalga oshiriladigan to‗lovlar;
O‗zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda
vaziyatlar vazirliklarining, O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‗zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasining xodimlariga xizmatni
o‗tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan
to‗lanadigan pul ta‘minoti, pul mukofotlari va boshqa to‗lovlar.
Rag‗batlantirish xususiyatiga ega to‗lovlar jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1) yillik ish yakunlari bo‗yicha mukofot;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to‗g‗risidagi qoidasida nazarda
tutilgan rag‗batlantirish xususiyatiga ega to‗lovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va
maoshlarga ustamalar;
4) ta‘tilga qo‗shimcha haqlar hamda moddiy yordam;
5) ko‗p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‗lovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‗lov.
7) mehnat natijalari bilan bog‗liq bo‗lmagan bir yo‗la beriladigan
mukofotlar.
Dostları ilə paylaş: