100
nikohdan o‗tishi munosabati bilan 3 000 000 so‗m moddiy yordam
ko‗rsatilgan va 1 800 000 so‗mlik qiymatga ega sovg‗a topshirilgan.
Quyidagilarga muvofiq:
●
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish
huquqiga ega bo‗lgan xodimning soliq
solinadigan daromadidan har
oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (202 730 x 4 = 810 920
so‗m) chiqarib tashlanadi;
●
Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq,
bir yil
davomida EKIHning 12 baravarigacha (202 730 x 12 = 2 432 760
so‗m) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga
JShDS
solinmaydi;
●
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga ko‗ra
yuridik
shaxslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (202 730 x 6 = 1
216 380 so‗m) miqdorigacha olingan sovg‗alarning qiymatiga JShDS
solinmaydi.
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
1 500 000 – 810 920 + 3 000 000 – 2 432 760 + 1 800 000 – 1 216
380 = 1 839 940 so‗m.
Yanvar oyi uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
1 839 940 x 12% = 220 792,8 so‗m.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 1 839,94 so‗mni (1 839 940
x 0,1%) tashkil etadi.
Byudjetga 218 952,86 so‗m (220 792,8 – 1 839,94)
soliq
o‗tkaziladi.
Xodim qo‗liga 4 279 207,2 so‗m (1 500 000 + 3 000 000 –
220 792,8) oladi.
III. ODATDAN TASHQARI HOLATLAR
1-VAZIYAT O„rindosh xodim daromadlaridan
JShDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida
nazarda tutilgan imti-
yozga ega o‗rindosh xodimga yanvar oyida 800 000 so‗m ish haqi
to‗langan.
●
Asosiy bo‗lmagan ish joyidan yoki
boshqa yuridik shaxslardan
olingan daromadlarga to‗lov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish
101
Soliq kodeksining 180-moddasida
nazarda tutilgan imtiyozni
qo‗llamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi
(Soliq
kodeksining 186-moddasi 8-qismi)
.
Yanvar oyi uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
800 000 x 12% = 96 000 so‗mga teng.
ShJBPHga majburiy badallar 800 so‗mga (800 000 x 0,1%) teng.
Yanvar oyi uchun byudjetga 95 200 so‗m (96 000 – 800) JShDS
o‗tkaziladi.
Soliq ushlanganidan keyin xodim 704 000 so‗m (800 000 – 96
000) ish haqi oladi.
Dostları ilə paylaş: