Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

JISMONIY SHAXSLARDAN
 
OLINADIGAN 
DAROMAD SOLIG„I STAVKALARI: 
 
Eng kam ish haqining 
1 barobarigacha miqdoriga – 
0

1-5 barobarigacha miqdoriga – 
7,5

5-10 barobarigacha miqdoriga - 
17

10 barobaridan ortiq miqdoriga 
- 23
%
 


94 
Yechish ketma-ketligi 
1.
Xodimning vaziyati tahlil qilinadi, muammo va uni echish 
ketma-ketligi, asosiy vazifalari bilan tanishiladi.
2.
Keysdagi holatlarni aniqlashtirish: Xodim qanday yo‗l tutishi 
kerak? 
3.
Soliq qonunchiligi asosida xodimning daromad solig‗idan foyda-
lanish uchun amalga oshirishi kerak bo‗lgan vazifalar ketma-ketligi 
ko‗rsatiladi. 
4.
Xodim vaziyati keltirilgan ko‗rsatkichlar asosida hisob-kitob 
qilinadi va soliq summasi aniqlanib, imtiyozdan foydalanish imkoni-
yati izlab topiladi. 
5.
Soliq qonunchiligi va hisob-kitoblar asosida xodim to‗lagan 
daromad solig‗ining to‗lov-kontraktga yo‗naltirilgan summasiga mos 
qismi, ya‘ni unga qaytariladigan summasi aniqlanadi. 
 
Keysologning javob variant 
1.
Xodim soliq qonunchiligini bilmasada, amalda uni hech qanday 
buzilishiga sababchi bo‗lmagan. U 2016 yilda olgan daromadlaridan 
to‗lov manbaida soliq to‗lagan. Farzandining o‗qishi uchun to‗lov-
kontrakt summasini sof daromadidan to‗lab bergan, ya‘ni soliqqa 
tortilgan daromadidan. 
Xodimda soliq imtiyozidan foydalanish imkoniyati mavjud. Soliq 
to‗lovchilar daromadlar bo‗yicha jami yillik daromad to‗g‗risidagi 
deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga 
hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Deklaratsiya qilinishi shart bo‗lmagan daromadlarni olgan soliq 
to‗lovchilar doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami 
yillik daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim 
etishi mumkin. 
2.
Xodim soliq imtiyozidan foydalanishi uchun pasporti, asosiy 
ish joyidan olgan daromadlari va to‗lagan soliqlari ko‗rsatilgan 
ma‘lumotnoma, farzandining to‗lov-kontrakt shartnomasi, to‗langan 
summa 
kvitansiyasi, 
farzandining 
o‗qiyotganligi 
haqidagi 
ma‘lumotnomani doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspektsiyasiga 
2017 yil 1 aprelgacha taqdim etishi va soliq hisob-kitobini qayta 
amalga oshirishi kerak. 
3.
Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 
1 400 000 so‗mdan, oktyabr-dekabr oylarida esa 1 610 000 so‗mdan 


95 
haq to‗langan. Yil boshidan daromad 17 430 000 so‗mni (1 400 000 x 
9 + 1 610 000 x 3) tashkil qiladi. 
23%lik stavka bo‗yicha soliq solinadigan daromad summasini 
hisob-kitob qilamiz va yanvar–dekabr oylari uchun JShDSni 
hisoblaymiz: 
1 797 312 + (17 430 000 – 15 628 800) x 23% = 2 211 588 so‗m. 
Yanvar-noyabr oylarida 1 991 064 so‗m JShDS ushlab qolingan. 
Dekabr oyidagi soliq summasi 220 524 so‗mga (2 211 588 – 1 
991 064) teng. 
ShJBPHga majburiy badallar summasi 158 671,2 so‗mga 
((17 430 000 – 1 562 880) x 1%) teng. 
Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 143 873,6 so‗m o‗tkazilgan, 
dekabr oyida ajratmalar 14 797,6 so‗mni (158 671,2 – 143 873,6) 
tashkil qiladi. 
Dekabr oyi uchun byudjetga 205 726,4 so‗m (220 524 – 14 797,6) 
JShDS o‗tkaziladi. 
Dekabr oyi uchun majburiy sug‗urta badallari 120 750 so‗mni (1 
610 000 x 7,5%) tashkil etadi. 
Soliq va sug‗urta badallari ushlab qolinganidan keyin xodim 
qo‗liga 1 268 726 so‗m (1 610 000 – 220 524 – 120 750) ish haqi oladi. 
4.
Xodimning akademik litseyni tugatgan farzandi 2016-2017 
o‗quv yilida oliy ta‘lim muassasasiga 1-kursga to‗lov-kontrakt asosida 
o‗qishga qabul qilinganligi uchun 9 000 000 so‗m shartnoma 
majburiyatlarini naqd pulda to‗lagan.
Xodim jami yillik daromadlarini deklaratsiyalaganda to‗lov-
kontrakt summasiga yo‗naltirilgan 9 000 000 so‗m soliq bazasidan 
chegirib tashlanadi, ya‘ni quyidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi: 
17 430 000 - 9 000 000 = 8 430 000 
Mazkur holatda xodimning daromad solig‗i bazasi 8 430 000 
so‗mni tashkil etadi. Undan hisoblangan daromad solig‗i summasi 
573 516 so‗mni tashkil etadi.
Xodim amalda 2 211 588 so‗m daromad solig‗ini to‗lagan. Xodim 
deklaratsiya topshirishi natijasida daromad solig‗i qayta hisob-kitob 
qilindi va soliq imtiyozini qo‗llashi natijasida 573 516 so‗m to‗lashi 
kerakligi aniqlandi. Demak, xodim amalda to‗lagan va to‗lashi kerak 
bo‗lgan summa o‗rtasidagi farqni 1638072 (2 211 588 - 573 516) 
davlat byudjetidan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‗ldi.


96 
5.
Keysda keltirilgan vaziyat bo‗yicha echim xulosasi shundan 
iboratki, xodim soliq imtiyozlaridan foydalanish va to‗lagan daromad 
solig‗ining ortiqcha qismini qaytarib olish imkoniyatiga ega. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin