2- MA’RUZA: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI
O‘QITISHDA INTERNET VA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
REJA:
1. Informatika va axborot texnologiyalari fanini mustaqil O‘zbekistonimizning
rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati.
2. Informatikani o‘qitishda internet tizimidan foydalanishning o‘ziga xos
xususiyatlari.
3.Masofaviy ta’lim texnologiyalari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish.
Bugungi kunda о’qitish va о’rganish jarayonida Internet-texnologiyalariga
katta о’rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta‘lim jarayoniga kо’maklashib,
о’qitish dasturlari, о’quv qо’llanmalari, elektron darslik va jurnallardan
foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, talabalarning testlarda, tadqiqot va ilmiy
ishlar tanlovlarida, masofaviy loyihalarda, ilmiy maktab ishlarida ishtirokini
ta‘minlamoqda.
Talabalar о’rtasida о’tkazilgan sо’rov jarayonida ilmiy-ijodiy ishlarni bajarishda
Internetdan foydalanuvchi talabalar Internetning quyidagi afzalliklarini kо’rsatib
о’tishdi: turli-tuman qiziqarli materiallarning mavjudligi (50%), fan tarixi va uning
rivoji
yuzasidan
materialning
mavjudligi
(31%),
tadqiqot
natijalarini
umumlashtirish kо’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi (28%),
ilmiy ishlarga qiziqishning ortib borishi (27%), yangi tushunchalarni о’zlashtirish
imkoniyati (21%), boshqalar bilan faol о’zaro muloqotga kirisha olish imkoniyati
(20%).Bilim olish jarayonida Internet tarmog‘idan foydalanish talabalarning
о’quv-tadqiqotchilik madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga imkon
beradi. Talabaning о’quvtadqiqotchilik madaniyati shaxs madaniyatining tarkibiy
qismi hisoblanib, dunyo yaxlit tasvirini bilish, ilmiy bilish kо’nikma va
malakalariga ega bо’lish, uning natijalarini qadrlash, shaxsning ijodiy
rivojlanishini ta‘minlash bilan xarakterlanadi. Sо’rov jarayonida shu narsa
aniqlandiki, tanlangan mavzu bо’yicha referat tayyorlashda Internetdan 55%
talabalar foydalanadi, ilmiy ijodiy ish uchun axborot izlab topishda – 48%, izlash
jarayonida axborot olingan saytlarga xavola kо’rsatishda – 48%, qо’shimcha
material topib, uning mazmunini tahlil qilishda – 45%, uyga berilgan mustaqil ish
topshiriqlarini bajarishda – 36%, turli Internet-loyihalarda anjuman, tanlov,
olimpiada va boshqalar) ishtirok etishda– 16% talabalar foydalaniladi Bugungi
kunda Internetda juda kо’p veb-forumlar,hatlar mavjud bо’lib, talabalar bir-biri
bilan muloqotga kirisha olishadi. Chatlarning imkoniyatlaridan ta‘lim-tarbiyaviy
maqsadlarda foydalanish uchun о’qituvchi muayyan mavzuda muloqot, bahs,
munozara tashkil etishi mumkin. Bunday maqsadlarga, masalan, ―Virtual
auditoriya, ―Ta‘lim tarmog‘i kabi loyihalarni kiritish mumkin. Internetda bunday
faoliyat shaklini qо’llash ta‘lim mazmunini boyitadi, talabalarni о’zaro g‘oyalar,
fikrlar almashinuviga jalb etadi, bir-birlariga yordam berishga kо’maklashadi,
hamkorlikda yangi bilimlarga ega bо’lish imkonini beradi, guruhdagi о’quv ishi
uchun mas‘uliyatlarini kuchaytiradi, natijada esa ularning о’quv-tadqiqotchilik
madaniyati yuksalib boradi. Internet tarmog‘idan foydalanishda yana bir jiddiy
muammo mavjudki, u ham maxsus dasturiy ta‘minotning yо’qligi tufayli, internet-
sahifalarga narkotiklar, axloqsiz о’yinlar, diniy, irqiy diskriminatsiyani targ‘ib
qiluvchi materiallar va boshqa salbiy, yot g‘oyalardan iborat materiallar kirib
qolishi mumkin. Shuning uchun ham о’qituvchilarning vazifasi – Internet
tarmog‘ida mavjud ma‘lumotlarni, axborotni tushunib, keraklisini tanlab olish
sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Agar о’qituvchi о’z fani bо’yicha Internet-
saytlar rо’yxatini tuzib, resurslar bilan talabalarni tanishtirsa, ularning faoliyati
maqsadga yо’naltirilgan bо’ladi, ular begona saytlardagi materiallar bilan
tanishmay qо’yadilar. Har hafta bо’lib о’tadigan ma‘naviyat darslarida ham
Internet ma‘lumotlaridan keng foydalanish mumkin. Xullas, Internet keng
imkoniyatlar yaratib beruvchi tarmoq bо’lib, fan о’qituvchilari va talabalarda bu
tarmoqda ishlash kо’nikma va malakalarini rivojlantirish, takomillashtirib borish
ta‘lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Internetda ma‘lumot axtarishning ikki yо’li mavjud: aniq manzilli hujjatni
axtarish; manzili noaniq, ammo mavzusi yoki kalitli sо’zlari orqali hujjat yoki
sahifani
axtarishdan
iboratdir.
Internetga joylashtirilgan ma‘lumotlarni oddiy, axborot shaklidagi hamda
foydalanish uchun mо’ljallangan maxsus fayllardan (kо’chirishga tayyor va
siqilgan holdagi *.zip, *.rar kengaytirmali fayllar) iborat deb qarash mumkin. Har
ikkala holatdagi ma‘lumotlarni ham kо’chirib olish va keyinchalik undan
foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun kerakli deb hisoblangan
ma‘lumotlarni topish kerak.
Kalitli sо’zlar yordamida internetda ma‘lumotlarni axtarish uchun qidiruvchi
tizimlar (masalan, Google.ru, Google.uz, Yandex.ru va boshqalar) yoki biror bir
provayderning bosh sahifasiga (masalan, rambler.ru,mail.ru, pedagog.uz va
boshqalar) murojaat qilish kerak. Har bir provayderning о’z bosh sahifasi mavjud
va unda albatta ma‘lumotlarni kalit sо’zlar bilan qidiruv tizimi faoliyat kо’rsatadi.
Qidiruvni tashkillashtirish uchun maxsus oynacha yaratilgan. Oynachaga kerakli
kalitli sо’zlarni kiritamiz va qidiruvniboshlaymiz. Tizim bir oz vaqtdan keyin
annotatsiyalarida kalitli sо’zlarimiz mavjud barcha Web sahifa yoki hujjatlarning
rо’yxatini ularning annotatsiyalari bilan birgalikda ishchi oynada paydo qiladi.
Ishchi oynaning yuqorisida annotatsiyasida kalitli sо’zlar ishtirok Web sahifalar
yoki
ulardagi
hujjatlar
soni
kо’rsatiladi.
Faraz qilaylik, Informatikaga oid ma‘lumotlar kerak bо’lsin. Uni internetdan
axtarish uchun Google ishga tushiriladi va uning qidiruv oynasiga « сайты
информатика, скачать, бесплатно» degan sо’zlar yoziladi va Enter tugmasini
bosish orqali qidiruv boshlanadi.
Bu yerda internetdagi kalitli sо’zlar mavjud barcha sahifa va hujjatlarning
rо’yxati keltiriladi. Faraz qilaylik, ushbu rо’yxatdagi biror sayt bizni qiziqtirib
qoldi va u bilan tanishish istagi paydo bо’ldi. Rо’yxatdagi bu sahifani belgilaymiz
va kursorni belgilashlardan chetlashtirmagan holda sichqonchaning о’ng tugmasi
bosiladi. Natijada konteksli menyu deb ataluvchi bir necha buyruqlar rо’yxati hosil
bо’ladi.
Ushbu buyruqlarning « Открыть в новой вкладке » (ma‘lumotni yangi
oynada paydo etish) sini tanlanadi.
Internet sahifalar bо’ylab sayohat paytida bizni qiziqtirgan biror
ma‘lumotga duch kelib qolsak, ma‘lumotni kursor orqali belgilab olinadi,
belgilangan joydan kursorni chetlashtirmasdan uning о’ng tugmasini bosiladi.
Hosil
bо’lgan
konteksli menyudan «Копировать» buyrug‘i tanlanadi.
Ma‘lumotdan olingan nusxa buferga yuborildi.Ma‘lumotning buferdagi nusxasini
kompyuter xotirasiga kiritish uchun biror matnli fayl, masalan, Word faylini
yaratiladi. Yaratilgan faylning ichiga kirib sichqoncha о’ng tugmasi bosiladi. Hosil
bо’lgan
kontekstli menyuning ―Qо’yish buyrug‘ini tanlanadi.Natijada
ma‘lumotning buferdagi nusxasi matn fayli tarkibiga qо’shiladi. Ushbu faylni
saqlab va kerakli paytda foydalanish mumkin. Internetning paydo bo‘lishi
masofali ta‘limning rivojlanishiga olib keldi.
Masofali ta’lim – o‘quvchilarga o‘rganilayotgan material asosiy hajmini
yetkazib berishni, o‘qitish jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning interaktiv
o‘zaro aloqalarini, talabalarga o‘rganilayotgan materialni mustaqil o‘zlashtirish
bo‘yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jarayonida ularning
olgan bilimlarini va ko‘nikmalarini baholashni ta’minlovchi axborot
texnologiyalari to‘plamidir.
YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqiqot materiallarida
("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and
Professional Development") keltirilgan masofali o‘qitish modellarini keltiramiz:
Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko‘ra faqat masofali
o‘qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O‘qitish
shunday amalga oshiriladiki, bunda ta`limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi.
Barcha o‘qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o‘qitishda hududiy
markazlar bo‘lib, ularda talabalar o‘qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy
imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygohlarda o‘qituvchilarga ham talabalarga ham o‘quv
faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o‘quv
jadvallariga qa`tiy chegaralar qo‘yilmaydi.
Bunday tamoyilida o‘qitish ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk
Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www.
open.ac.uk)da tashkil etilgan.
Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni ham,
qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o‘qitadi. Har ikkalasida ham
dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil
bo‘ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar
soni masofali o‘qiyotgan talabalar sonidan katta bo‘lgan ana`naviy oliygohlardir.
Shuning uchun bir universitetning o‘zida ikki shaklning birgaligida ko‘proq
o‘zlarida katta o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan
kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim ham
foyda keltirmaydi, ba`zan u qisman kunduzgi talabalarni o‘qitish hisobidan amalga
oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg‘u tajribaga, pedagogika va uslubiy
innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o‘qitishning bunday
modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England,
Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Bu model universitet talabalarini masofali o‘qitishning turli
shakllarini, aniqrog‘i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan,
kunduzgi shaklda o‘qiyotgan talabalar masofali o‘qitish kurslarining
dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi
kurslari bilan parallel ravishda qisman o‘qiydilar. Shuningdek, bu modelda
an`anaviy
kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma`ruzalar
ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo‘lishi mumkin.
Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik
yuqori jihozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari turli-tuman bo‘ladi.
Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zellandiyadagi Massey universitetida
(Massey University, New Zealand - http: //www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda
ular o‘quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo‘lishib oladilar.
Masalan, bir universitet masofali o‘qitish uchun o‘quv materiallar ishlab chiqaradi,
boshqasi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali
o‘qitish dasturlarini rasmiy akreditasiyasini o‘tkazadi. Bunday hollarda universitet
butunlay yoki uning alohida markazalari, fakultetlari, hatto ta`lim xizmati bozorida
ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo‘lishlari mumkin.
Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan
ashyolarning mualliflik hamda material huquqlarini rioya etish shartlaridagina
samarali bo‘ladi. Kanadadagi Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency,
Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo‘lishi mumkin.
Franchayzing. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o‘qitish
modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o‘zlarining masofali kurslarini
beradilar. Bunda ta`lim xizmati bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet
o‘zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va
masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega
bo‘lmagan boshqa oliygoh - hamkorlariga o‘qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o‘zlarining
universitetida o‘qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygoh talabasi kabi
o‘sha hajmda va o‘sha sifatda ta`lim xizmatlalariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin
hatto diplomlariga ega bo‘ladilar. Bunda ilg‘or universitetning barcha atributikalari
o‘z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk
Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University
Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan
aloqasini olish mumkin.
Validasiya. Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda
ta`lim muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng
darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom
validasiyasi, kurs va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan
diplom va sertifikatlarni berishga ma`sul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va hokazo.
Bosh oliygoh (davlat akreditasiyasiga ega bo‘lgan taniqli oliygoh) va uning
hududlardagi ko‘p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida
tashkil etiladi.
Uzoqlashtirilgan
auditoriyalar.
Bu
modelda
zamonaviy
axborot
texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. Oliy o‘quv yirtida o‘tkazilayotgan
o‘quv kurslar, ma`ruzalar yoki seminarlar talabalar yig‘iladigan uzoqlashtirilgan
o‘quv auditoriyalarga sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish
ko‘rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o‘qituvchi bir
vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model
bo‘yicha AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da,
shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central
Radio and TV University)da masofali o‘qitish tashkil etilgan.
Loyihalar. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng
qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallangan masofali o‘qitish
modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o‘quv materiallarini ishlab
chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi
o‘qituvchilar va olimlar yig‘iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda
ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (hudud) ning katta
auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o‘qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada
mo‘ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so‘ng tugatiladi. Bu modelga
misol sifatida Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli
xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan qishloq xo‘jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari,
ekologiya bo‘yicha va shu kabi masofali o‘qitish kurslari olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |