MAVZU: XODIMLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI 1.MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASHNI HISOBGA OLISH 2. HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLARNI HISOBGA OLISH Ish haqi xodimlar daromadining asosiy manbasi hisoblanadi va korxona ishining pirovard natijalarini hisobga olgan holda ularning ishlab chiqarishga qo‘shgan mehnat hissasi bilan belgilanadi. Mehnat va unga haq to‘lash hisobining vazifalari:
xodimlarning ish sifati, hajmi va vaqtini to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘lchash va hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
ish haqi, undan ushlanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va ularni belgilangan muddatlarda to‘lash;
mehnat haqi xarajatlarini to‘g‘ri turkumlash va hisob ob’ektlariga taqsimlash;
mehnat haqi xarajatlarining sintetik hisobini tashkil etish.
XODIMLAR ISHCHILAR
XIZMATCHILAR Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar Yordamchi ishlab chiqarishdagi ishchilar Umum ishlab chiqarishdagi ishchilar Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning ishchilari Savdodagi ishchilar Rahbarlar Mutaxassislar Xizmatchilarga kiradigan boshqa xodimlar Mehnatga haq to‘lash shakllari ISHBAY UYG‘UNLASHGAN VAQTBAY Oddiy ishbay Ishbay-mukofot Ishbay-progressiv Bilvosita ishbay Oddiy vaqtbay Vaqtbay-mukofot
XODIMLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI BO‘YICHA NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasi qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» 2016 yil 13 aprel;
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMS;
«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS;
Mehnat shartnomasi va h.k.
Tarif tizimi – me’yorlar yig‘indisi, ular yordamida mehnat sharoitlari va qiyinchiliklariga, tabiiy-iqlimiy sharoitlarida ishlashga, mehnat maromi va tavsifiga qarab ish haqini tabaqalashtirish ta’minlanadi.