1-mavzu. Buxgalteriya hisobi faniga kirish reja



Yüklə 48,46 Kb.
səhifə1/13
tarix20.11.2023
ölçüsü48,46 Kb.
#164473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-mavzu. BUXGALTERIYA HISOBI FANIGA KIRISH


1-mavzu. BUXGALTERIYA HISOBI FANIGA KIRISH


Reja:
1.1. Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
1.2. Buxgalteriya hisobining maktablari
1.3. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari
1.4. Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari


Tayanch so‘z va iboralar: tarix, buxgalter, buxgalteriya, buxgalteriya hisobi, statistik hisob, tezkor hisob, natura, mehnat va qiymat.


1.1. Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir”
O‘RQ-404, 4-modda.

Ma'lumki, barcha mamlakatlarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritish maqsadida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi tamoyillar va qoidalar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh da mamlakatda barcha kompaniyalar uchun qo‘llanilishi zarur bo‘lgan “Buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan qoidalari” (GAAP) qabul qilingan bo‘lsa, Germaniya, Fransiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda bir necha qonun hujjatlari asosida buxgalteriya hisobi tartibga solinadi. Jumladan, respublikamizda 1996 yildan beri “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun va 24 ta milliy standartlar amal qilib turibdi.


Global integrallashgan iqtisodiyot sharoitida turli mamlakat xo‘jalik sub'ektlari, banklari va boshqa moliyaviy korporatsiyalar o‘rtasida iqtisodiy aloqalar o‘rnatiladi. Bu esa, xalqaro hamkorlikdagi sub'ektlar bir-biriga zid kelmaydigan bir xil tamoyil va qoidalar asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash zarurligini taqozo qildi yoki yagona “biznes tili”ga muxtojlik seziladi. Natijada, dunyoda barcha mamlakatlar uchun buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) yaratildi va rivojlanmoqda. Xech shubxasiz aytish mumkinki, BHXSning yaratilishi ham buxgalteriya hisobi nazariyasini takomillashiviga katta turtki bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan, har bir mamlakatdagi mavjud turli iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, shu bilan birga XX asrdan boshlab global iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va jahon mamlakatlarining tobaro o‘ziga qamrab olayotganligi buxgaltekriya hisobiga ta'sir etuvchi ob'ektiv asoslar bo‘lib xizmat qiladi.
Sub'ektiv omillarga yangilikka o‘ch olimlarning shuxratparastlik illatlari hamda ayrim chalasavod olimlarning yengil-elpi ijodi sababchidir. O‘zgalarni mensimaslik, o‘zidan oldingi yaratilgan konsepsiyalarni tan olmaslik, ayrim hollarda esa masalaga yuzaki qarash natijasida hammaning ensasini qotiradigan mazmunsiz nazariyalar ham yaratilganligi ma'lum. Albatta, ushbu kitobda buxgalteriya hisobining predmeti bilan bog‘liq barcha muammolarni muhokama qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun, biz ko‘pchilik olimlar tomonidan e'tirof etilgan va mazkur ilmiy izlanishga molik bo‘lgan ayrim ta'riflar ustida to‘xtab o‘tamiz.
Yuqorida qayd etib o‘tildiki, buxgalteriya hisobiga, to o‘tgan asrning yarmigacha hisobchilik, ya'ni ma'lumotlarni ro‘yxatga olish yo‘li bilan yozuvlarda qayd etib borish jarayoni sifatida qarab kelingan. Ayrim hollarda esa, uni “hisob yuritish” yoki “hisobvaraqlarni yuritish” usuli sifatida talqin etishgan. Yuqorida mazkur fanning otasi sifatida e'tirof etilgan Luko Pacholi o‘zining “Hisobvaraqlar va yozuvlar traktati” asarida aynan hisobchilik, ya'ni xo‘jalik operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv orqali qayd etish usuli bayon qilingan edi.
Buyuk olimning “hisobchilik, bu rioya etgan holda tartibli ish yuritishdir”, - degan so‘zlari tarixga muhrlanib qoldi. Shuningdek frunsuz olimi 1910 yilda G. Forning “Buxgalteriya hisobi, xo‘jalik yurituvchi shaxslar tomonidan bajarilgan xo‘jalik operatsiyalarni ro‘yxatga olish usuli to‘g‘risidagi fandir”,- deb bergan ta'rifi mumtoz tushunchaga aylandi. Hatto, amerikaliklar XX asrning boshida buxgalteriya hisobini “ma'lumotlarni yozuvlarda qayd etish san'ati” deb ta'riflashgan. Demak, o‘tgan asrning boshida buxgalteriya hisobining mohiyatini tushuntirishda uni xo‘jalik operatsiyalarni qayd etish usuli sifatida qarashgan. Shuning uchun ham olimlar bu ta'rifni “uslubiy yondoshuv” ta'rifi deb baholashadi.
“Uslubiy yondoshuv” ta'rifi qanchalik mashhur bo‘lmasin, ijtimoiy hayot rivojlanishi, ayniqsa biznesga oid munosabatlarining chuqurlashuvi buxgalteriya hisobining mohiyatiga nisbatan yanada muzmundor qarashlarni vujudga keltirdi. Xususan, XX asr yarimiga kelib buxgalteriya hisobi nimalarning hisobini yuritishi lozim yoki uning ma'lumotlari nimalarni o‘zida aks ettiradi, degan savollar iqtisodiy adabiyotlarda dolzarb mavzuga aylandi. Bu mavzudagi ilmiy baxslar, buxgalteriya hisobi ma'lumotlari xo‘jalik sub'ektining moliyaviy holatini (ahvolini) ifodalaydi degan xulosalar bilan o‘z yechimini topgan.
Buning yorqin dalili sifatida fransuz iqtisodchisi S. Furast'ening “Buxgalteriya hisobi xo‘jalik sub'ekti mulki qiymatini pulda baholash va uning kapitali miqdorini aniqlashga yo‘naltirilgan zamonaviy fan soxasidir”, degan so‘zlarini keltirish o‘rinli bo‘lardi. Moliyaviy holatga urg‘u berilgan tarzda buxgalteriya hisobining predmetini aniqlashga bo‘lgan bunday yo‘nalish iqtisodiy adabiyotlarda “mazmuniy yondoshuv” nomini oldi va ko‘pchilik olimlar tomonidan e'tirof etildi.
Xatto, jahonda eng ommaviy o‘quv qo‘llanmasi mualliflari bo‘lgan amerikalik olimlar B. Nidlz, X. Anderson va D. Kolduelllar shunga yaqin quyidagicha ta'rif berishgan: “Buxgalteriya hisobi ma'lum xo‘jalik sub'ekti to‘g‘risidagi moliyaviy ma'lumotlarni o‘lchab, qayta ishlab taqdim qiluvchi tizimdir”.
Bu sohadagi keyingi ilmiy izlanishlar buxgalteriya hisobi predmetini yanada kengroq yoritishga qaratildi. Tabiiyki, buxgalteriya hisobi nimalarning hisobini yuritishi lozim savoliga javob topilganidan so‘ng, bu ma'lumotlar kimlarga taqdim qilinadi, nima maqsadda foydalaniladi degan masalalar o‘z yechimini topishi zarur edi. Olimlar “mazmuniy yondoshuv”ni rivojlantirib, unga buxgalteriya hisobining maqadini ham qo‘shish lozim deb topishdi.
Buxgalteriya bu ancha yillardan beri mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi fan sifatida qachon shakllanganligi shu soha vakillarini qiziqtirishi tayin. Odatda bu borada uchta javobni uchratishimiz mumkin mumkin.1 Birinchisi: buxgalteriya hisobi 3000 yil oldin odamlar jarayonlarni ro‘yxatga olishni (natural shaklda) boshlagan paytdan boshlab;
Ikkinchisi: 500 yil oldin italyan matematigi Luka Pacholining (1445-1515 y.) “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat” kitobining nashrdan chiqishi bilan yuzaga kelgan;
Uchinchisi: 100 yil oldin, buxgalteriya hisobi sohasida birinchi nazariy qarashlar paydo bo‘lgan davrdan yuzaga kelgan.
Shu sababli, bu tortishuvlarning haligacha yakuniga etilmagan. Biz uning ilk ko‘rinishlari qachon yuzaga kelganligi haqida taxminlar asosidagina xulosa chiqarishimiz mumkin.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion jarayonning sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin:
1-davr. Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonnni yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan.
2-davr. Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi) Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muamola vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik jarayonlari naturada o‘lchangan bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham baholashga o‘tildi. Qiymat ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida patrimonal va kameral hisobni shakllantirdi. patrimonal hisobda mulkka egalik birinchi o‘riga qo‘yilsa, kameral hisobda uning kirimga olinishi yoki hisobdan chiqarilishi xarakterlangan.
Pul patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, komeral hisobda to‘lov vositasi sifatida qaraladigan bo‘ldi.

Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin