Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Xo‘jalik subyektida qaysi o‘lchov birligi ishlatilmasin, ularning asosiy ko‘rsatkichi foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari pul ifodasida ko‘rsatiladi. Hisobda pul o‘lchov birligini ko‘proq qo‘llanilishi boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi. Pul o‘lchov birliklarini hisob ishlarida keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri bu har xil o‘lchov birliklarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarni yagona pul o‘lchov birligida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchidan, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish imkonini beradi.
1 Accounting Theory. Paper-8 M. Com. (Final) Directorate of Distance Education Maharshi Dayanand University, 2004. 23-26 b.
2 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil. Fundamentals of business accounting. Oxford university Press, 2014. 2 b.
3 Accounting Theory. Paper-8 M. Com. (Final) Directorate of Distance Education Maharshi Dayanand University, 2004. 23-26 b.