1-mavzu. Buxgalteriya hisobi faniga kirish reja


Temuriylar davlatida hisob ilmining kurtaklari



Yüklə 48,46 Kb.
səhifə8/13
tarix20.11.2023
ölçüsü48,46 Kb.
#164473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-mavzu. BUXGALTERIYA HISOBI FANIGA KIRISH

Temuriylar davlatida hisob ilmining kurtaklari
O‘tmishda ajdodlarimiz ham hisob-kitob ilmiga alohida ahamiyat berishgan. Jumladan, «Temur tuzuklari»da hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo‘lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar tuzugi»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqida shunday deyilgan:
«... har o‘lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun bo‘lib, undan yig‘iladigan soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to‘lovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig‘ilgan mablag‘ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo‘l bilan yig‘ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin»6.
Demak, bizning mamlakatimiz tarixida ham hisob, hisobot va nazorat ishlari tarqqiy etgan deyishimizga asos mavjud.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov, B.Hoshimov, X.N.Musaev, A.S.Sotiboldiev, R.R.Radjapov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Buxgalteriya hisobining erkin bozor iqtisodiyoti makoniga xos quyi tizimi sifatida boshqaruv hisobini shakllantirishda S.Sh.Yuldashev, A.X.Pardaev, B.A.Hasanov, A.A.Karimov, A.A.Abdug‘aniev, O.A.Masharipov kabi olimlar ulkan hissa qo‘shmoqdalar.
Milliy buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini yaratish va rivojlantirishda E.F.Gadoev, T.I.Jo‘raev, M.M.To‘laxo‘jaeva, Sh.U.Haydarov, O.A.Masharipov, X.A.Ortiqov, X.To‘xsanov va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiy tahlil, moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyatining nazariy va uslubiy jihatlarini rivojlantirishda E.A.Akramov, M.Q.Pardaev, A.Q.Qodirov, Yu.M.Itkin, M.M.Tulaxo‘jaeva, D.S.Qudbiev, N.S.Sanaev, Z.T.Mamatov, A.Usanov, N.Hasanov, A.Rizoqulov kabi olimlarning ilmiy ishlari salmoqli o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining ilmiy va uslubiy asoslari O.M.Jumanov, N.Yu.Jo‘raev, A.K.Ibragimov, A.I.Aliqulovlar asarlarida o‘z aksini topgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiyalar hisobi va auditi bo‘yicha K.B.O‘rozov, I.Ismonov, B.X.Pardaev, Sh.X.Ilhomov, O.Jo‘raev va boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Intellektual mulk ob'ektlari, jumladan nomoddiy aktivlar hisobi va tahlili bo‘yicha N.K.Rizaev, M.E.Po‘latov, I.Davletov boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Buxgalterlik ilmining tarixiga oid tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish asosida buxgalterlik qachon paydo bo‘lgan degan savolga uch xil javob berilib, bu uchala javob ham asoslab berilgan:
1) 6000 yil muqaddam, ya’ni kishilik jamiyatida sodir bo‘lgan faktlarni maqsadli ravishda ro‘yxatga olish yoki belgilab qo‘yish boshlangan paytda;
2) 500 yil muqaddam, ya’ni Luka Pacholining nomi yuqoridagi qayd qilingan kitobi(traktat) chiqqan vaqti;
3) 100 yil muqaddam, ya’ni buxgalterlik ilmining dastlabki nazariy qurilmalari paydo bo‘lgan vaqt.
Ushbu uchala javobning majmuasi buxgalterlik hisob ilmi chuqur falsafiy mushohadagi molik kasb, to‘g‘rirog‘i ma’lum ma’noda «hunar», «san’at» ekanligi va uning evolyutsiyasi uchta davrga xos uch darajada umumlashtirilishidir:

  • 6000 yil oldin buxgalterlik amaliy faoliyat, hisobchilik sifatida, xo‘jalik faoliyatini tushunish vositasi sifatida qo‘llanilgan;

  • 500 yil oldin adabiyotda muhokama qilinadigan mavzu, adabiy va madaniy tilning bir bo‘lagi darajasiga ko‘tarilgan;

  • 100 yillardan buyon esa mustaqil fan - hisobshunoslik, hisobni tushunish vositasi, «biznesning tili» sifatida mavjuddir.

Xulosa qilib aytganda, buxgalterlik hisobi kishilik jamiyatining ibtidosidayoq vujudga kelib, insoniyat tarixidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan va u to yerda hayot bor ekan takomillashib boraveradi.



Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin