1-mavzu. Buxgalteriya hisobi faniga kirish reja



Yüklə 48,46 Kb.
səhifə11/13
tarix20.11.2023
ölçüsü48,46 Kb.
#164473
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-mavzu. BUXGALTERIYA HISOBI FANIGA KIRISH

Boshqaruv hisobi o‘zida shunday hisob ma’lumotlarini jamlaydiki, bu ma’lumotlar faqat korxonaning o‘zida boshqaruv uchun zarurdir. Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan birga, u mavjud holatni tahlil etish, qaror qabul qilish, kompyuterlar va texnologik dasturlardan foydalanish, resurslardan foydalanish va tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlarning me’yordan chetga chiqishini tahlil etish va boshqalarni qamrab oladi. Boshqaruv hisobi ma’lumotlarida ma’lumotlarni tez olish, o‘qish va ulardan foydalanib, operativ boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda foydalaniladi, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlar taqdim qilinadi. Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo‘naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Soliqlar hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo‘llash hamda ularni o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi buxgalteriya hisobi turidir. Soliq hisobi o‘z usullari yordamida soliq va yig‘imlar, ularning obyekti, subyektlari va soliqqa tortish bazasini, to‘lash muddatlarini aniqlab beradi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan xujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qilib, bu hisobning predmeti va metodlari shakllangan bo‘lib, xo‘jalik faoliyati davomida qonunda belgilangan moddalar bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.
Hisobni to‘g‘ri tashkil qilish va korxonani samarali boshqarish uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat:
1. Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi. Bu talab korxonada reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash va reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni ta’minlaydi. Reja va hisob ko‘rsatkichlarini taqqoslashning zarurligi shundaki, korxonaning istiqboldagi ishlar rejasini tuzish uchun hisob ko‘rsatkichlari yordamida o‘tgan davrda qanday natijalarga erishilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar oladi.
2. Hisobning aniqligi va to‘g‘riligi. Barcha hisob ma’lumotlari aniq va to‘g‘ri bo‘lishi hamda ular ayni vaqtda obyektiv bo‘lishi lozim. Hisob ma’lumotlari faqat yutuqlarni emas, balki kamchiliklarni ham oshkora aks ettirishi lozim.

  1. Hisobning oddiyligi va tushunarli bo‘lishi. Bu talabga ko‘ra, hisob ko‘rsatkichlari oddiy va barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob ma’lumotlaridan foydalana olish imkoniyatini beradi.

  2. Hisobning tejamkorligi. Ushbu talabga ko‘ra, hisob ishlarini uzluksiz takomillashtirish va soddalashtirish, hisob olib borishning zamonaviy va arzon usullarini joriy qilishga hisob xodimlari sonini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin.

  3. Hisobning to‘liqligi va o‘z vaktida bajarilishi. Hisob xo‘jalik jarayonining hamma tomonini egallashi va u to‘g‘rida to‘liq ma’lumot berishi lozim. Sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida berilishi lozim. O‘z vaqtida va to‘liq olib borilgan hisob yordamidagina korxonaning xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, xo‘jalik jarayonini mukammal o‘rganish, sodir bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin.




Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin