1-mavzu. Buxgalteriya hisobi faniga kirish reja


Frantsiya maktabining vakillari



Yüklə 48,46 Kb.
səhifə4/13
tarix20.11.2023
ölçüsü48,46 Kb.
#164473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-mavzu. BUXGALTERIYA HISOBI FANIGA KIRISH

Frantsiya maktabining vakillari
XVII asrdan boshlab buxgalterlik ilmining frantsiya maktabi rivojlana boshlagan. Frantsiya maktabining vakillari italiyalik mualliflar g‘oyalarini rivojlantirib, buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Shulardan biri M.van Damm (1606 y.) barcha buxgalteriya yozuvlari uchun sirli asos sifatida dastlabki hujjatlarni kiritishni taklif qilgan. Bu bizning zamonaviy tasavvurimizdagi buxgalteriya hisobi barpo bo‘lishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgan. Shunday qilib, dastlabki hujjat xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish uchun asos hisoblangan. Boshqa bir frantsuz buxgalteri M.Toma (1631 y.) xronologik yozuv tuzilmasini takomillashtirgan. U xronologik jurnalni murakkab yozuvlarni aks ettirish uchun qulay qilish maqsadida unga summalar uchun ikkita ustun (xususiy va umumiy) kiritgan.
Keyinchalik A.Mendels (1803 y.) va E.Degranj (1802 y.) buxgalterlik amaliyotiga xronologik va sistematik yozuvlarni kiritish zarurligini asoslagan. A.Mendels xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish jurnalidagi oborotlar yig‘indisining bosh daftardagi debet oborotlar va kredit oborotlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozimligini asoslagan.
Jak Savari (1622-1690) – buyuk frantsuz yuristi va buxgalteri, «Tijorat kodeksi»ning asoschisi (1673 yil), alohida korxona xo‘jalik faoliyatini buxgalterlik hisobining predmeti deb hisoblagan, hisobning sintetik va analitik hisob turlariga bo‘linishini asoslab bergan. Ikkita balans tuzish zarurligini ko‘rsatib bergan: bittasi bosh daftar schyotlari bo‘yicha va ikkinchisi inventarizatsiya ro‘yxatlari bo‘yicha, ushbu balanslar o‘rtasida odatda, har doim tafovutlar bo‘lishini ta’kidlagan. U savdo kalkulyatsiyasini tuzish uslubini birinchi marta bayon qilib bergan.
J.P.Savari zamonaviy buxgalteriya hisobining asosiy tushunchalaridan biri: schyotlarning sintetik schyotlar va analitik schyotlarga; hisob registrlarining sintetik va analitik hisob registrlariga bo‘linishini asoslagan. U ikkita postulat ishlab chiqqan:
1) barcha analitik schyotlar qoldiqlarining yig‘indisi ular qaysi sintetik schyotga taalluqli bo‘lsa, uning qoldig‘iga teng bo‘lishi kerak;
2) barcha analitik schyotlarning debet va kredit oborotlari summasi ular qaysi sintetik schyotga taalluqli bo‘lsa, uning debet va kredit oborotiga teng bo‘lishi lozim.
J.B.Dyumarshe hisobchilikning integral shaklini ishlab chiqqan. Uning mazmuni shundan iboratki, birinchi darajali har bir schyotga debet va kreditga ajratish uchun ikkita sinxronistik yozuv jurnali ochilishi lozim. Ushbu shakl buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini yaratish uchun katta ahamiyat kasb etgan. Bu shakl bo‘yicha schyotning debet oboroti kreditlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda vedomost tomonida, kredit oboroti esa debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda jurnal-order tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, J.B.Dyumarshe Buxgalterlar xalqaro gerbining asoschisi ham hisoblanadi.
Frantsiyalik olimlar E.Leote va A.Gilbio schyotning uchta: hisobchilik, ijtimoiy va iqtisodiy funktsiyalarini ilgari surgan.
1673 yilda Frantsiyaning Tijorat Kodeksiga muvofiq har bir korxona ikki yilda bir marta balans tuzishi talab qilingan. Shu tariqa moliyaviy hisobotning asosiy foydalanuvchisi – investorlar davri vujudga kelgan.

Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin