Jismoniy shaxslar


 “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

1.2. “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti, 
vazifasi va o„rganish usullari 
Har qanday fan o‗zining predmetiga, ya‘ni izlanish obyektiga ega 
bo‗ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‗lib kimyoviy 
moddalarning tarkibini o‗rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun 
mashinalar mexanizmining xarakteristikasi hisoblanadi. ―Jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortish‖ fanining predmeti davlat bilan soliq 
to‗lovchi jismoniy shaxslar o‗rtasidagi soliq munosabatlarini (hara-
katini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o‗rganishdan iboratdir. 
Fanning 
predmeti 
soliq 
voqeliklari 
pul 
munosabatlarini 
o‗rganishdan iborat bo‗lar ekan, bu pul munosabatlari soliq to‗lovchilar 
(jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z mulkiga aylantiruvchi (soliq 
oluvchi) davlat o‗rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu 
o‗rtadagi munosabatni chuqur o‗rganish, ularni to‗g‗ri tashkil qilishni 
ta‘minlashdir. To‗g‗ri tashkil etish deganda soliq munosabatida 
qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e‘tiborga olish, 
muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu 
muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlilik va insoflilik tamoyiliga 
amal qilishi zarur. Tushunarliroq qilib aytsak, byudjetga soliqlarni 
olishda soliq to‗lovchilar bo‗yniga ortiqcha og‗irlik qo‗ymaslik, ularni 
o‗z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‗ndirib qo‗ymaslik, 
ularning dasturlari va rejalarini tez-tez o‗zgartirishga olib bormaslik va 
hokazolarga e‘tibor berish ko‗zda tutiladi. Bu yerda tomonlarning 
do‗stona munosabatda bo‗lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos 
iqtisodiy munosabatlar bo‗lishini ta‘minlash lozim.
Fanning predmetini chuqur o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, 
munosabatlarda bir tomonlama zo‗ravonlik munosabati bo‗lguday 



bo‗lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‗z daromadlari, boshqa soliq 
obyektlarini har xil yo‗llar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday 
huquqiy 
hujjatlarning 
ham 
kuchi 
yetmay 
qolishi 
mumkin. 
Daromadlarni, soliq obyektlarini yashirish holati ham munosabatlarni 
buzadi. Demak, jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanini chuqur 
o‗rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli 
bajarish vazifasiga ham erishish mumkin. 
Fanning vazifalari soliq mutaxassisi va boshqa davlat soliq xizmati 
organlari xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda 
adashmaslik uchun yo‗l-yo‗riqlar ko‗rsatishdan iboratdir. Shuningdek, 
chet el soliq amaliyotini o‗rganish va taqqoslash asosida tegishli 
xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini mamlakatimiz 
amaliyotiga moslab zarur joylarini tatbiq etishdan iboratdir. 
Demak, fanning asosiy vazifasi yuqori malakali soliq mutaxas-
sislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy 
qo‗llanmalar bilan ta‘minlashdan iboratdir. 
Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi bilan 
birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham 
bog‗liq. Har qanday fanni o‗rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, 
lekin har bir fan o‗z predmetidan kelib chiqib, o‗zining ilmiy bilish 
usullariga ega. Shuning uchun, fanni o‗rganishdagi usullar umumiy va 
alohida usullarga bo‗linadi.
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‗rganish-
ning birdan-bir to‗g‗ri ilmiy usuli dialektik usuldir. Shuning uchun, 
ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortish fanining nazariy va uslubiy asosini tashkil 
etadi. Dialektik usul shuni ko‗rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga 
qarab sodir bo‗ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib 
boradi. Shuning uchun, ushbu usul tadqiqotning induksiya va 
deduksiya usullarini o‗z ichiga oladi.
Xususiy, yakka dalil olinib, uning asosida umumiy qoida hosil 
qilinadigan bo‗lsa – bu induksiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy 
hollarni o‗z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu – deduksiyadir.
Shu bilan birga‚ barcha iqtisodiy fanlar kabi jismoniy shaxslarni 
soliqqa tortish fanining ham o‗ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. 
Ulardan biri ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining 
mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida obyektning faqat bir 
tomoniga, o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e‘tibor qaratiladi 


10 
va xalal berishi mumkin bo‗lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta‘siri 
e‘tiborga olinmaydi.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fani shuningdek, o‗z predmetini 
o‗rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil – 
bu o‗rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va ularni izchillik 
bilan tahlil qilish, bo‗lsa, sintez esa, o‗rganilgan qismlardan olingan 
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa 
chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab nazariy masalalar mana shu yo‗l 
bilan o‗rganiladi.
Fan o‗z predmetini o‗rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy 
holda tahlilni qo‗shib olib borish muhim o‗rin tutadi. Soliqlarning 
nazariy masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‗rganishda iqtisodiyot-
ning boshlang‗ich bo‗g‗ini bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi subyektlar 
nuqtayi nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o‗rtasidagi munosabatlar 
tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miq-
yosida, ya‘ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy darajada 
o‗rganiladi.
Shuningdek, fan o‗z predmetini o‗rganishda taqqoslash, statistik, 
grafik usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‗-
yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash
o‗zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlar-
ning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta‘sirini grafik usulida tasvirlash 
va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‗zgarishini yalpi talab va yalpi 
taklifga ta‘sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin