Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi



Yüklə 41,19 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü41,19 Kb.
#149925
  1   2   3
Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Reja:

  1. Davlat xarid tizimi tashkil etish va boshqarishning AQSH tajribasi

  2. Evropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning davlat xarid tizimini

boshqarish amaliyoti

  1. Xalqaro moliya institutlari tajribasi

Davlat xaridini boshqarishning xorijiy tajribasi, xususan, AQSh, Avstraliya, Evropa Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan davlatlar amaliyotini o’rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini mamlakatimiz davlat xaridi tizimini boshqarishning samarali mexanizmalarini joriy etishda qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat xaridini tashkil etishda AQSh tajribasini, ushbu mamlakatda davlat xaridini davlat moliyasi tarkibidagi o’rnini tahlilidan boshlaymiz. AQSh hukumati mudofaani ta’minlashga, ta’limga, shifoxonlar, yo’l qurilishi va boshqa umumjamiyat ehtiyojlarni moliyaviy ta’minlash uchun davlat xarajatlarni amalga oshiradi. AQShda shtatlar hukumati va mahalliy o’z- o’zini boshqarish organlari tovarlar va xizmatlar sotib olish uchun federal hukumatga nisbatan ham ko’proq xarajatlarni amalga oshiradi. Quyidagi 1-jadvalda AQShda davlat xarajatlarining taqsimlanishi aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlari ikki xil tartibda ajratilgan: birinchidan - xarajatlarni federal va shtatlar hamda o’z-o’zini boshqarish organlari o’rtasida ajratib ko’rsatilgan; ikkinchidan - davlatning umumiy xarajatlari hamda tovarlar va xizmatlar sotib olishga yo’naltirilgan qismi (ya’ni ijtimoiy to’lovlarni ajratgan holda) aks ettirilgan. Ijtimoiy to’lovlar (transfertlar) - bu uni oluvchilarga tovarlar va xizmatlar taklif etilmasdan, to’lanadigan mablag’lardir.
AQSh hukumatining xarajatlari hamda tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi (YaIMga nisbatan % da)




barcha darajadagi hukumat

federal

shtatlar, o’z-o’zini boshqarish organlari

jami xarajatlar

37,8

24,5

13,3

tovarlar va xizmatlar sotib olish

20,5

8,7

11,8

2006 yilda federal hukumat xarajatlari YaIMning 24,5 foizini tashkil etiganligiga qaramasdan, tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflangan mablag’lar hissasi YaIMning 9 foizi miqdorini tashkil etgan. Bu farq, federal hukumat xarajatlarining kichik qismi tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflanishi bilan izohlanadi. Federal xarajatlarning 2/3 qismini aholiga ijtimoiy to’lovlar to’lash, shtatlar va o’z- o’zini boshqarish organlariga subsidiyalar ajratish tashkil etadi. Federal hukumat ijtimoiy to’lovlari, o’z ichiga, ijtimoiy ta’minot va ishsizlik nafaqasini oladi. Tovarlar va xizmatlar xaridining katta qismi federal hukumat tomonidan amalga oshiriladi va ushbu xarajatlarning yirik ulushi (YaIMning 7 foizi) mudofaa ehtiyojlari uchun amalga oshiriladi. Shtatlar hukumatlari va o’z- o’zini boshqarish organlari tomonidan tovar va xizmatlar xaridi, aksincha, ta’lim, yo’l qurilishi, shifoxonalar ta’minotiga sarflanadi. Umuman, davlat sektori mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning qariyb 20 foizini xarid qiladi.
FAR ga asosan AQShda davlat xaridiga buyurtmani joylashtirishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:

  1. ochiq savdolar;

  2. ikki bosqichli savdolar;

  3. muzokorlar olib borish;

  4. xaridni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish.

Boshqa mamlakatlar amaliyotida uchramaydigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish usuli shartnoma summasi katta bo’lmaganda (100 ming AQSh dollari miqdorigacha) va yiliga 5 mln AQSh dollaridan ortmaganda qo’llaniladi. Bunda sun’iy ravishda xarid hajmini pasaytirish (mayda qismlarga ajratish orqali) taqiqlanadi. Soddalashtirilgan usulga quyidagilar kiradi: baho kotirovkalari so’rovnomasi;
juda kichik hajmdagi (2500 dollargacha) xaridni amalga oshirishda Korporativ xarid plastik kartlaridan foydalanish; xarid uchun buyurtma joylashtirish;
turlari ko’p bo’lgan mahsulotni doimiy sotib olishda namunaviy-me’yoriy shartnomalardan foydalanish (masalan - buyurtmachini avtoxo’jaligi uchun ehtiyot qismlar sotib olish, yoki ofis uchun kontselyariya tovarlarini sotib olish) va boshqalar.
AQShda davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish ikkita asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi:
joriy faoliyatni ta’minlash uchun (moddiy-texnik ta’minot); ma’lum davlat organini ish yo’nalishi bo’yicha xarid (avvalo ilmiy tadqiqot ishlari, kapital quyilmalar).
AQSh xorijiy mamlakatlar orasida davlat xaridini axborot bilan ta’minlash sohasida eng boy tajribaga ega mamlakat hisoblanadi. AQShda davlat xaridini federal darajada tartibga solish bo’yicha dastlabki qonun 1972 yilda qabul qilingan. Ushbu qonunga muvofiq, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish bo’yicha vakolat Moliya vazirlgi va Mudofaa vazirligiga berilgan.
Federal xarid bo’yicha monitoringni amalga oshirish Xarid siyosati Federal Boshqarmasi - (Office of Federal Procurement Policy) zimmasiga yuklatilgan, xarid siyosati sohasida idoralararo muvofiqlashtirish esa, Federal xaridni tartibga soluvchi Kengash tomonidan amalga oshiriladi - (Federal Acquisition Regulatory Council).
AQShda davlat xaridini huquqiy asosini: Federal ehtiyojlar uchun xaridni amalga oshirish Tartibi (Federal Acquisition Regulations, FAR) va Mudofaa ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish Tartibi - Qo’shimchalar (Defense Federal Acquisition Regulations - Supplement, DFARS) kabi hujjatlar tashkil etadi. Ushbu hujjatlar xarid jarayoni tamoyil va bosqichlarini juda ham detallashgan tarzda ifodalaydi va butun federal xaridning tizimini tartibga soladi.
Xarid sohasiga tegishli bo’lgan barcha qonunchilikni ikki kategoriyaga ajratish mumkin.
Birinchi kategoriya - umumfederal qonunchilik. Mazkur qonunlar davlat xaridini tashkil etish jarayonini tartibga soladi, federal darajadagi ijroiy organlar vakolatiga tegishli bo’lgan xaridning ayrim turlarini amalga oshirish bo’yicha yuridik me’yorlarni belgilaydi.
Ikkinchi kategoriya -shartnomalar shakli va ularni amalga oshirish bo’yicha maxsus qonunchilik bo’lib, u xarid jarayonlarini axborot bilan ta’minlash va uning natijasini tahlilini amalga oshirishni tartibga soladi. AQShda davlat xaridini tashkil etish, davlatning funktsiya va vazifalariga amerikacha yondoshuvdan kelib chiqib, uchta asosiy tamoyilga asoslanadi:

  1. haqqoniylik asosida, ya’ni davlat buyurtmalari bo’yicha savdoda ishtirok etayotgan pudratchilar uchun bir xil raqobat muhitini shakllantirish;

  2. ochiqlik asosida va davlat buyurtmalarida korruptsiyaga qarshi kurashish;

  3. tejamkorlik va samaralik asosida, ya’ni tovar va xizmatlarni talab etilgan sifatda va arzon baholarda, xarid etish xarajatlarini minimallashtirishni ta’minlash.

AQSh qonunchiligi, davlat xaridi bo’yicha axborot resurslarini shakllantirish va foydalanish uchun mas’ul bo’lgan organlar faoliyatini ham tartibga solib turadi. Federal xaridlar bo’yicha Markaz davriy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish bo’yicha Yo’riqnoma chop etib turadi. Unda quyidagilar aks etadi:

  1. hisobot topshirgan va hisobot topshirmagan idoralarning to’liq ro’yxati ko’rsatiladi;

  2. har bir idora bo’yicha, ma’lumotlarni yig’ish bo’yicha zaruriy yo’riqnomalar;

  3. tushuntirishlar (qanday ma’lumotlar zarur va qaysi davr oralig’ida ularni taqdim etish kerak).

Davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xaridning o’sib borayotgan roli etarli darajada aks ettrimaganligi sababali, 1994 yilda, AQSh qonunchiligi jiddiy taftish etildi. Taftish yakunlariga asosan, AQShda xaridni tartibga soluvchi yangi qonunchilik shakllantirildi va u axborot bilan ta’minlash tizimini zamonoviylashtirish va tizimda axborot resurslardan foydalanishni tashkil etishni takomillashtirilishiga olib keldi. Davlat xaridini tashkil etish jarayoni ham tahlil etildi (1994 yilda, bu sohani nazorat etuvchi qonun va qoidlar jami 889 tani tashkil etardi). Shundan sung, davlat xaridini amalga oshirish bo’yicha vakolatli federal organlarga, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirishning shakllari, xaridni turlari, usullarini tanlashda kengaytirilgan erkinliklar berildi.

Yangi qonunchilikka asosan, xarid qiymati 100 ming dollardan past bo’lgan savdolar uchun qog’ozli hujjatlar aylanmasi bekor qilindi. Bu juda ko’plab hattoki


kichik hajmdagi savdolarda ham, mavjud bo’lgan murakkab qoida va jarayonlami amlga oshirishdan xalos qildi.
Bugungi kunda Amerikadagi har bir federal idora, shartnoma qiymati 25 ming dollardan yuqori bo’lgan, keyingi 5 moliya yilidagi barcha nomaxfiy tusdagi shartnomalarni kompyuter ma’lumotlar bazasini shakllantirishi va saqlashi lozim. Taqdim etiladigan ma’lumotlarga qo’shimcha tarzda, federal idoralar, qiymati 5 mln dollar va undan yuqori bo’lgan subshartnomalarni ham identifikatsiyalashgan elektron shakliga ega bo’lishlari shart.
Federal xaridning axborotlar tizimi, federal idoralar tomonidan har yili tuziladigan jami qiymati 200 mlrd dollarni tashkil etadigan (qiymati 25 ming dollardan yuqori bo’lgan 400-500 shartnomalar hamda kichikroq qiymatdagi 17 mln dan ortiq) shartnomalarning hisob axboroti bilan ta’minlaydi. Federal xaridning Markazlashgan axborot tizimi davlat xaridi haqidagi jamlangan axborot manbai hisoblanadi.
Federal xaridning Markazlashgan axborot tizimi ma’lumotlaridan Prezidentga, Kongressga va AQSh byudjet boshqarmasiga taqdim etiladigan davriy hisobotlarni shakllantirishda foydalaniladi, shuningdek, ushbu ma’lumotlar federal idoralar, ishbilarmonlar va keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Ushbu ma’lumotlarga tayanib, Markazlashgan axborot tizimi yillik hisobotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi. Individual iste’molchi talabiga asosan, pullik xizmat shaklida, hisobotlar taqdim etilishi mumkin. Zarur bo’lganda, Markazlashgan axborot tizimi mutaxassisi talab qilinadigan hisobot tarkibini ishlab chiqishda mijozga ko’maklashadi. Hujjatni tayyorlash muddati 5-7 ish kuni qilib belgilangan. Ma’lumotlar bankidan 1 yillik ma’lumotlarni qidirish bahosi, taxminan 400 dollar, va har bir qo’shimcha yildagi ma’lumotlar uchun 100 dollardan qo’shimcha haq talab etiladi. Maxsus hisobotlar, ro’yxatlar, iqtiboslar ham qog’ozli shaklda, ham magnit tashuvchilarda taqdim etiladi.
Maxsus hisobotni talab qilishda, quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi talab etiladi:

  1. tadqiqot o’tkazilishi talab etiladigan vaqt oralig’i (AQSh moliya yili 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha hisoblanadi);

  2. mijozning hisobotda olishi zarur bo’lgan ma’lumotlari (masalan, shartnoma ijrochisining nomi, nomeri, shartnoma shakli, summasi va boshqalar);

  3. mijozni axborotni taqdim etilishini hoxlaydigan tarkibiy tuzilishi (masalan, yillar bo’yicha bo’lingan holda, idoralar bo’yicha, ijro etuvchi nomi bo’yicha, murakkablashgan variantlarda).

Federal xaridni amalga oshirishda elektron savdolarni tatbiq etishdan ko’zlangan maqsad - bu, faqatgina buyurtmachilarning potentsial pudratchilar bilan bo’ladigan takroriy jarayonlarini avtomatlash-tirishgina emas, balki xarid jarayonlarini amalga oshirish xarajatlarini pasaytirish va ushbu operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini keskin qisqartirishdan iborat. AQShda federal xaridni elektron savdolar orqali amalga oshirish miqyosi, tijorat tuzilmalari o’rtasida amalga oshiriladigan bunday savdolar hajmiga nisbatan ancha past darajada. Elektron savdolar, asosan, qiymati 100 ming dollargacha bo’lgan shartnomalar uchun soddalashtirilgan jarayonlarda qo’llaniladi. Ushbu, AQShda davlat xaridini qattiq tartibga solib turilishi, va ayrim hollarda faqatgina qog’ozli savdolargina xarid shartlariga mos kelishi bilan izohlanadi.
Elektron savdolarni qo’llash uchun zaruriy sharoitlar bo’lib: internet - texnologiyalardan foydalanishning rivojlangan huquqiy bazasi; aloqa vositalari; axborot himoyasi, kampyuter tarmoqlarini xavfsizligini ta’minlovchi asosiy standartlarning mavjudligi hisoblanadi.
Axborot resurslari davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid jarayonini ochiqligini; xarid jarayonida tenglik; imzolangan shartnomalar haqida ma’lumot olish mumkinligi kabi yuqorida qayd etilgan tamoyillarni amal qilishini ta’minlaydi. Qonunchilika muvofiq, ushbu resurslardan ma’lumotlarni olish imkoniyati, ularni hukumatning yagona axborot portalida nashr etish orqali amalga oshiriladi. Shartnomalarning federal ro’yxati ham elektron shaklda internetda joylashtirilgan.

  1. AQSh federal xaridi Markazlashgan axborot tizimining asosiy yutuqlari:

  2. Kongressga, Prezident devoniga, federal idoralar va xususiy sektor vakillariga davlat xaridi bo’yicha shartnomalar sohasidagi holat haqida juda tez va aniq ma’lumot olish imkoniyatini beradi;

  3. turli qiziquvchi tomonlarga federal xarid haqida: yillar bo’yicha, idoralar bo’yicha, shartnomalar buyicha va h.k. ma’lumotlar olishga imkon beradi;

Shuning bilan birga bu tizimning quyidagi kamchiliklarini kuzatish mumkin:

  1. ayrim olingan federal idoralar bo’yicha ma’lumotlarning to’liq taqdim eta olmasligi;

  2. ushbu ma’lumotlardan hukumat idoralari tomonidan ham, yoki aholi tomonidan unchalik ham faol tarzda foydalanmasligi;

  3. tizim bo’g’inlari o’rtasida axborotlarning etrali darajada mos kelmasligi va h.k.




Yüklə 41,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin