Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Xalqaro moliya institutlari tajribasi Asosiy faoliyat maqsadi dunyoning turli mamlakatlarida iqtisodiyotning malum sohalarini rivojlantirish hisoblanadigan yirik notijorat tashkilotlar - Xalqaro moliya institutlarining (XMI) jamiyat mablag'lari hisobidan xaridni amalga oshirish tajribasini o 'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. XMIlari yirik miqdordagi mablag'larni to'playdi (badallik yig'imi sifatida ishtirokchilardan olingan, shuningdek, tijorat asosida kredit taqdim etish orqali to plangan) va yirik tijorat hamda notijorat tusdagi loyihalarni amalga oshiradi.
Loyihalar XMIlari mablag'lari hisobidan moliyalashtirilar ekan, ushbu mablag 'lardan foydalanish hamda xaridni amalga oshirish tartibi XMI tomonidan o 'rnatiladi. XMIlari tomonidan kredit resruslarini taqdim etish shartnomalaridan ushbu qoida amal qiladi. Chunki, bunday shartnomalar xalqaro maqomga ega, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirishda milliy qoidalar emas, balki XMI qoidalari amal qiladi.
Eng mashhur XMIlar sifatida quyidagilarni sanab o 'tish mumkin:
Jahon banki (JB), o 'z ichiga Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot bankini (XRTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (XRA) va boshqa qator tuzilmalarni o'z ichiga oladi;
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB);
Osiyo qit'asida ro'yxatdan o'tgan mol etkazib beruvchilar uchun Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB);
turli xil fondlar (Know-How Foundation, USAID) va boshqa tashkilotlar.
Har qanday loyihani amalga oshirishda erkin bozordan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj seziladi. Masalan, ofis ishini tashkil etish uchun kompyuterga, shahar suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish uchun yangi nasoslarga, qurilish ishida injener xizmatiga ehtiyoj seziladi.
Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan tovarlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish qoidalari “XTTA qarzlari va XRA kreditlari hisobidan xaridni amalga oshirish bo'yicha Qo'llanma” keltirilgan va quyidagi usullarni nzarda tutadi:
xalqaro tanlov savdosi;
milliy tanlov savdosi;
xalqaro yopiq savdolar;
yagona manbadan xarid qilish.
Qo 'llanmada har bir jarayonni amalga oshirish muddatlari aniq ko'rsatilgan, har qanday vaziyatlarda harakatlar ketma-ketligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek xaridning murakkab turi sifatida, xalqaro tanlov savdolarini amalga oshirish aniq yoritilgan. Xaridni amalga oshirish uchun XMIlar tomonidan qo ’llaniladigan usullar, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda qo ’llaniladigan qoidalar, jarayonlar ko ’p jihatdan yuqorida ko ’rib o ’tilgan YuNSITRALning “Tovarlar va xizmatlar xaridi to’g’risida”gi namunaviy qonuni bilan o’xshashlikka ega. Shunday qilib, xalqaro hamjamiyat etkazib berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun jamiyat mablag’larini, soliq to’lovchilar mablag’lari bo’ladimi (rivojlangan mamlakatlarda davlat xaridi uchun) yoki XMIlari ishtirokchilarining mablag’larini (Jahon banki, ETTB loyihalari uchun xarid), uni sarflashda shartnoma tuzishning tanlov texnologiyalaridan foydalanmoqda.
Raqobat asosida tashkil etilgan xarid sotib olingan tovarlar va xizmatlarga xarajatlarni qisqartirishga, xarajatlarni amalga oshirish samarasini ta’minlaydi va davlat mablag’lari hisobidan buyurtmalarni joylashtirishda korruptsiya darajasini tushirishga yordam beradi.