Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


Evropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning davlat xarid tizimini



Yüklə 41,19 Kb.
səhifə2/3
tarix27.09.2023
ölçüsü41,19 Kb.
#149925
1   2   3
Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi

Evropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning davlat xarid tizimini
boshqarish amaliyoti
G’arb davlatlaming hukumatlari davlat xaridi bo’yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha amaliy ishlarni birinchi bo’lib boshlashga undagan asosiy sabablar sifatida, ushbu davlatlar hukumatlarining o’z xalqi oldidagi majburiyatlarni bajarishga intilib, hukumatlarning davlat va kommunal xarajatlarining yuqori darajada amalga oshirishi, korruptsiya bo’yicha noxush hollarning tez-tez yuz berishi kabilarni ko’rsatish mumkin.
EIda davlat xaridini xalqaro darajada tartibga soluvchi qonunchilik sirasiga avvalo, Xalqaro savdo tashkiloti (XST)ning “Hukumat xaridi to’g’risida”gi Kelishuvni ko’rsatib o’tish mumkin. EI darajasida tartibga solish esa, davlat ehtiyolari uchun xaridni yagona shartlar asosida amalga oshirishni ta’minlovchi qator huquqiy aktlar mavjud . Shuni ta’kidlash joizki, 2004 yildan 2006 yilgacha bo’lgan davr, o’tish davri sanalib, bir paytda “eski” yo’riqnomalar bilan bir vaqtda uning o’rnini bosuvchi “yangi” yo’riqnomalar bilan parallel ravishda amal qildi. EIda davlat xaridini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi39 40:

  1. odatda, tabiiy monopoliyalar sanaluvchi ayrim iqtisodiyot sektorlarini (suv ta’minoti, energetika, transport va pochta xizmatlari sohasi) davlat xaridi buyicha umumiy qonunchilikning amal qilish doirasidan chiqarish;

  2. yangicha biznesni yuritish va hisob shakllari: kontsessiya hamda xususiy va davlat sektori o’rtasidagi boshqa shakldagi hamkorlik;

• elektron xaridni tashkil etish. EI davlat xaridini nafaqat davlat boshqaruv organlari faoliyatini joriy ta’minoti, balki davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirnvchi muhim qurol sifatida qaraydi. Xususan, Elining “Ijtimoiy siyosatni yuritishda davlat xarididan foydalanish to’g’risida” gi Kommyunikesida: “...davlat va jamoat ehtiyojlari uchun mahsulotlarni etkazib berish shartnomalarini tuzishda ijtimoiy maqsadlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak” deyiladi.
Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish mavjud qounuchilik doirasida amalga oshirilishi alohida qayd etilgan. Shuningdek, xaridni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy yondoshuvni ta’minlashda quyidagilar muhimdir41:

  1. ish sharoitlari talablarini o’z ichiga oluvchi shartnoma shartlarini ishlab chiqish;

  2. mol etkazib beruvchini to’g’ri tanlash;

  3. qonunchilik bo’yicha ijtimoiy sohaga to’g’ri kelmaydigan mol etkazib beruvchilarni mol etkazib beruvchilar ro’yxatidan chiqarish;

  4. mol etkazib beruvchilarni tanlashda qo’shimcha ijtimoiy mezonlardan foydalanish.

Yuqoridagi hujjat davlat buyurtmalarini joylashtirishda ekologik siyosatni ham amalga oshirishni nazarda tutadi, ya’ni zaruriy texnik-texnologik xususiyatlarni ishlab chiqish, xom-ashyo va materiallardan foydalanish, mos ravishda mol etkazib beruvchilarni tanlash, ekologik talablarni inobatga olgan holda eng yaxshi taklifni baholash uchun tavsifnomalar berish va hakazo.
EIga kiruvchi mamlakatlarda davlat xaridi hozirgacha milliy qonunchilik asosida davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ammo, bunda nafaqat xaridni tashkil etish bo’yicha milliy qonunchilik, balki Evropa hamkorligining qonunchiligi va tavsiyalariga ham katta e’tibor qaratiladi.
EI davlatlarida davlat xaridini tashkil etish bo’yicha yagona umummilliy qonun shakllantirilgan va uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  1. minimal xarajat qilish evaziga davlat ehtiyojlari uchun qilinadigan xaridni optimallashtirish;

  2. EI yagona bozori va milliy bozorlarda shartnomalar tuzishda teng raqobat muhitini ta’minlash;

  3. ochiqlilik talablarining bajarilishini ta’minlash;

  4. haqqoniy va ochiq biznesni amlga oshirishga ko’maklashish;

  5. kichik biznes vakillarini davlat buyurtmalarini olishiga ko’maklashish.

EI darajasida davlat xaridini tartibga solishda, ijtimoiy va ekologik barqarorlik printsipi bir tomondan, raqobatbardoshlik va erkin savdo mezonlari ikkinchi tomondan qarama-qarshilikka duch kelmoqda. Mahsulotlarni etkazibberish, xizmatlar ko’rsatish, ishlami bajarishni tartibga soluvchi yuqorida keltirib o’tilgan huquqiy me’yorlar asosida “diskriminatsiya qilmaslik” printsipi yotadi. Ya’ni, Elga a’zo mamlakatlarning davlat xaridi tizimini boshqarishda ataylabdan ichki(milliy) manfaatlarni ustun qilmaslik g’oyasi ilgari suriladi. Shunday qilib, shartnomalar tuzishda asosiy mezon qilib yoki eng past baho, yoki nisbatan foydaliroq iqtisodiy taklif, ya’ni baho va sifat o’rtasidagi munosabat olinadi.
EIda xaridni tashkil etish shakllari, usullarini ishlab chiqishda, shuningdek, axborotlar ta’minoti tizimini shakllantirishda AQSh tajribasidan keng foydalanilgan. Davlat xaridini takomillashtirish masalalari bilan Evropada AQShdan ancha keyin shug’ullanisha boshlashgan, buning sababi - EIga kiruvchi davlatlarning qonunchilik tizimidagi turlichalik va yagona kelishuvga kelishning murakkabligi bilan izohlanadi. EI mamlakatlarida imzolangan shartnomalar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi asosiy axborot resurlari, xarid taklifi haqida bo’lib u “Elning rasmiy jurnali” da chop etilishi zarur. Ushbu nashrning qog’ozli ko’rinishi 1998 yilda bekor etilgan bo’lib, endilikda rasmiy elektron ma’lumotlar bazasi “Kundalik elektron tender” deb yuritiladi. TEDning ma’lumotlar bazasini internetdan olish mumkin va u kompakt-disklarda ham mavjud. U har kuni 500-750 tacha yangi e’lonlar bilan to’ldirilib, yangilanib boriladi va o’zida imzolangan shartnomalar haqida ma’lumotlarni ham saqlaydi. Shartnomalar va mol etkazib beruvchilar haqida yanada to’liqroq ma’lumotlar mamlakatlarning milliy axborot tizimlarida mavjud, bundan tashqari, davlat xaridi ishtirokchilariga axborot va maslahat xizmatlarini ko’rsatuvchi 200 dan ortiq axborot markazlari ham faoliyat yuritadilar42 43.
EI mamlaktlarida xarid faoliyatini tashkil etishning ikkita modeli ustunlik qiladi: markazlashmagan va markazlashgan.



Yüklə 41,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin