JISMONIY SHAXSLAR DAROMADIDAN OLINADIGAN SOLIQ VA BOSHQA MAJBURIY TO„LOVLAR HISOB- KITOBI USLUBIYATI (2018 YILDA FEVRAL OYI UCHUN) Fevral oyida ish soatlari soni
5 kunlik (40 soatlik) ish haftasida – 160;
6 kunlik (40 soatlik) ish haftasida – 160;
36 soatlik ish haftasida – 144.
Ish kunlari soni:
5 kunlik ish haftasida – 20;
6 kunlik ish haftasida – 24.
2018 yil 1 yanvardan boshlab JSHDS ning quyidagi stavkalari
amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka - 7,5%; o‗rtacha stavka -
16,5%; eng yuqori stavka - 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi
PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).
Yanvar-fevral oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 344 480
so‗mni (172 240 x 2) tashkil etadi (20.11.2017 yildagi PF-5245-son).
111
Butun yil davomida JSHDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan
imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko‗ra
belgilangan EKIH-172 240 so‗m qo‗llanadi (Soliq kodeksi 186-
moddasining 1-qismi).
2018 yilda fuqarolarning SHJBPHga majburiy oylik badallari
stavkasi xodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan
summasining 2% ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq
solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-3454-son
qarorga 8-ilova).
SHJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JSHDSdan
chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan ro‗yxatdan
o‗tkazilgan Nizomning 3-bandi).
2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga
fuqarolarning majburiy sug‗urta badallari stavkasi xodimga hisoblab
yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8% i
miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).
Soliq solinadigan daromad miqdori Soliq stavkasi 344480 so‗mgacha
0%
344 481 so‗mdan 1 722 400 so‗mgacha
(5x344 480)
344 480 so‗mdan ortiq summaning 7,5%i
1 722 401 so‗mdan 3 444 800 so‗mgacha
(10 x 344 480)
103 344 so‗m +1 722 400 so‗mdan ortiq
summaning16
,
5%i
3 444 801 so‗m va undan yuqori
387 540 so‗m + 3 444 800 so‗mdan ortiq
summaning 22,5%i
1-VAZIYAT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan
JSHDS hisob-kitobi
Xodima korxonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar-fevral
oylarida u 150 000 so‗mdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad -
300 000 so‗mni (150 000 x 2) tashkil qiladi.
Jismoniy shaxsning 344 480 so‗mgacha bo‗lgan daromadiga nol
stavkasi bo‗yicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JSHDS 0
so‗mni (300 000 x 0%) tashkil qiladi.
Xodimaning ish haqidan SHJBPHga badallar hisob-kitobida nol
stavkasi bo‗yicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari)
chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab o‗tkazilmaydi.
112
Xodimaning daromadlaridan sug‗urta badallari 12 000 so‗mga
(150 000 x 8%) teng.
Sug‗urta badallari ushlanganidan keyin xodimaga 138 000 so‗m
(150 000 - 12 000) to‗lanadi.