Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Decl_lan.Pro.exe
fayli 
yuklanadi. 
«Soliq deklaratsiyalarini elektron tarzda topshirish‖ dasturiy 
mahsuli
 
Jismoniy shaxslar uchun. ERI bilan tasdiqlangan elektron 
hujjat ko‗rinishidagi soliq deklaratsiyalarini qog‗ozdagi nusxalarini 
olmagan holda soliq to‗lovchilar tomonidan avtomatlashtirilgan holda 
shakllantirish, jo‗natish hamda davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan qabul qilish. 
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‗zbekiston 
Respublikasi 
Birinchi 
Prezidentining 
2002-yil 
5-sentyabrdagi 
«Jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash tizimini 
bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PF-3127-
sonli Farmoni hamda Adliya vazirligida 2013 yil 22-martda 2439-son 
bilan ro‗yxatga olingan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo‗mitasining «Soliq hisobotlarining shakllarini tasdiqlash 
to‗g‗risida»gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.
Ushbu 
Reglament 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2007-yil 
23-avgustdagi 
«Davlat va xo‗jalik 
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va 
jismoniy shaxslar bilan o‗zaro hamkorligini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 181-sonli qaroriga binoan Davlat soliq 


162 
qo‗mitasi tomonidan ko‗rsatiladigan elektron soliq deklaratsiyasini 
qabul qilish va qayta ishlash bo‗yicha bazaviy interaktiv davlat 
xizmatining (keyingi o‗rinlarda interaktiv davlat xizmati deb ataladi) 
tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydi.
Reglamentda interaktiv davlat xizmatining tarkibi, mazmuni, 
xizmat ko‗rsatish turi, shakli va usuli, kutilayotgan natija, xizmat 
ko‗rsatish muddati va boshqa qoidalar ifodalangan. 
Interaktiv davlat xizmatining tarkibi hamda mazmuni.
 
Interaktiv 
davlat xizmatining tarkibi jismoniy shaxslardan asosiy bo‗lmagan ish 
joyidan olgan daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiyani elektron 
ko‗rinishda jo‗natish, qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarini web 
texnologiyalari orqali amalga oshirishdan iboratdir. 
Interaktiv davlat xizmatining mazmuniga qo‗yidagilardan iborat: 
-elektron soliq deklaratsiyalarini shakllantirish, elektron raqamli 
imzo bilan imzolash, shifrlash va elektron hujjat ko‗rinishida soliq 
idoralariga jo‗natish; 
-davlat soliq xizmati organlari tomonidan elektron soliq 
deklaratsiyalarini qabul qilish, ro‗yhatga olish va qayta ishlash;
-elektron hujjat ko‗rinishida soliq deklaratsiyalarini yuborgan soliq 
to‗lovchilarga, ularni qabul qilinganligi yuzasidan tasdiqnoma 
yuborish, shu jumladan, belgilanmagan shaklda taqdim etilgan 
hisobotlar yuzasidan yozma bildirishni jo‗natish; 
-soliq to‗lovchi tomonidan, yozma bildirish olingandan so‗ng, 
belgilanmagan shaklda taqdim etilgan soliq deklaratsiyalarini qayta 
to‗g‗ri shakllantirish va o‗rnatilgan tartibda elektron hujjat ko‗rinishida 
davlat soliq xizmati organlariga jo‗natish; 
-elektron ko‗rinishda taqdim etilgan hisobotlarni qonun hujjatlarida 
belgilangan muddatlar davomida saqlash. 
Interaktiv davlat xizmatini ko‗rsatish shakli va usuli.
 
Interaktiv 
davlat xizmati Davlat soliq qo‗mitasining rasmiy sayti orqali 
ko‗rsatiladi. 
Davlat soliq qo‗mitasining rasmiy saytida soliq to‗lovchilarga 
tasdiqlangan shakllardagi soliq deklaratsiyalarini elektron ko‗rinishda 
shakllantirish imkoniyati yaratilgan. Shu jumladan, ma‘lumotda soliq 
to‗lovchining identifikatsiya raqami, soliq davri, soliq summasi, 
elektron hujjatni jo‗natuvchi soliq to‗lovchining nomi, elektron hujjatni 
jo‗natuvchining pochta va elektron manzili, hujjat yaratilgan sana 
ko‗rsatilishi lozimligi ko‗zda tutilgan. 


163 
Elektron ko‗rinishda shakllantirilgan soliq deklaratsiyalarining 
himoyasini ta‘minlash maqsadida kriptografiya himoya vositalari 
qo‗llaniladi. Soliq deklaratsiyalari soliq to‗lovchining elektron raqamli 
imzosi bilan tasdiqlanib, davlat soliq xizmati organlariga yuboriladi.
Elektron ko‗rinishdagi soliq deklaratsiyalari Davlat soliq 
qo‗mitasining rasmiy sayti orqali jo‗natilib, soliq deklaratsiyani qabul 
qilib oluvchining elektron manzilidan qabul qilib olinganligi to‗g‗risida 
tasdiqnoma kelgan va bekor qilib bo‗lmaydigan vaqt soliq 
deklaratsiyani taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi. 
Elektron ko‗rinishdagi soliq deklaratsiyani qabul qilib olish 
vaqtida, O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining dasturiy 
vositalari mazkur ma‘lumotni qabul qilib olganligi to‗g‗risida, qabul 
qilib olingan sanasi va vaqti ko‗rsatilgan holda, avtomatik tarzda 
tasdiqlanishini ta‘minlaydi. 
Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qiluvchi mas‘ul xodimlar 
soliq to‗lovchilardan qabul qilingan ma‘lumotda quyidagilarning 
mavjudligini tekshiradilar: 
-ma‘lumotlar shakllarining to‗liqligini; 
-ma‘lumotdagi 
deklarantning 
elektron 
raqamli 
imzoning 
mavjudligini (elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli 
imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi); 
-ma‘lumotdagi barcha majburiy rekvizitlarini (soliq to‗lovchining 
identifikatsiya raqamlari, yuridik manzili, sanalar va shu kabilarni) 
to‗ldirilganligini; 
Ma‘lumotdagi shakllarda nazarda tutilgan barcha ko‗rsatkichlarni 
to‗ldirilganligini. 
Ma‘lumotga doir e‘tirozlar bo‗lmagan taqdirda taalluqli kompyuter 
dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq to‗lovlari summalari 
ko‗rsatkichlari hisob varaqlariga yozuvlarni o‗tkazish va byudjet bilan 
o‗zaro hisob-kitoblarga ko‗ra operativ taqqoslanishni amalga oshirish 
uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq 
statistikasini olib boruvchi tuzilmaga topshiriladi, shundan keyin 
byudjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma‘lumotlar ko‗chirilib, soliq 
summalarining shaxsiy kartochkalariga o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi 
ma‘lumot kompyuterdan chiqarilib, belgilangan tartibda hisobotlarni 
qabul qiluvchi bo‗linmaga topshiriladi. 


164 
Elektron shakldagi ma‘lumot qabul qilinganligi haqida davlat soliq 
inspeksiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo 
qo‗yiladi va imzolangan ma‘lumot soliq to‗lovchiga qaytariladi.
Davlat soliq inspeksiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi mas‘ul 
xodimi tomonidan deklarantning elektron soliq deklaratsiyasi 
tushgandan so‗ng, uning olinganligi soliq to‗lovchilarning «Soliq 
deklaratsiyalarini ro‗yhatga olish jurnali»ga bir kun muddatda qayd 
qilinadi. Taqdim etilgan elektron soliq deklaratsiyalaridagi ma‘lumotlar 
belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda davlat soliq 
inspeksiyasi xodimlari tomonidan, Soliq kodeksida belgilangan 
muddatlarda «Ma‘lumotga doir mulohazalar» tayyorlanib, davlat soliq 
inspeksiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo 
qo‗yilib, qayta ishlash uchun deklarantga qaytariladi. Bildirilgan 
mulohazalarni hisobga olgan holda takroran ishlab chiqilgan elektron 
soliq deklaratsiyasi davlat soliq xizmati organiga belgilangan tartibda 
qayta taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan soliq 
deklaratsiyasiga doir ma‘lumotlar maxsus ajratilgan kompyuterlarda 
saqlanadi. Elektron soliq deklaratsiyalarini saqlash chog‗ida ulardan 
foydalanish va ularning qog‗oz nusxalarini chiqarish (chop etish) 
imkoniyati ta‘minlanishi lozim. Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash 
muddati, qog‗oz nusxalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan 
kam bo‗lmasligi kerak. Elektron shakldagi hisobotlarni jo‗natish, qabul 
qilish va qayta ishlash davomida soliq to‗lovchilar va davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan Adliya vazirligida 2007 yil 13 avgustda 
1702-son bilan ro‗yhatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-
kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini 
ta‘minlash bo‗yicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun 
yo‗riqnoma»ga asosan axborot xavfsizligi ta‘minlanishi lozim. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin