Jismoniy shaxslar


tashishga mo„ljallangan hamda



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

tashishga mo„ljallangan hamda 
haydovchi o„rnini hisoblamaganda, 
o„rindiqlari soni 8 tadan ko„p 
bo„lmagan avtotransport vositasi) 
1 ta avtotransport vositasi 
uchun 
480 000 
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk 
avtomobillari 
940 000 
13
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli Qarori. 


156 
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadga O‗zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasiga muvofiq, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining belgilangan eng kam soliq 
stavkasi bo‗yicha soliq solinadi. 2018 yilda jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‗ining eng kam stavkasi 7,5 foiz miqdorida 
belgilangan. Jismoniy shaxsning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan 
daromadiga dastlabki deklaratsiya O‗zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomoni-
dan tasdiqlangan shakli asosida taqdim etiladi. 
Belgilangan ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib 
hisoblangan summa hamda ijara shartnomasida belgilangan ijara haqi 
miqdori o‗rtasidagi ijobiy farq qo‗shimcha hisoblash deb e‘tirof etiladi. 
Jismoniy shaxsning uy-joyni ijaraga berishdan olingan daromadi 
summasi hamda qo‗shimcha hisoblash summasiga jismoniy shaxsning 
yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlariga uy-joy ijaraga 
berilgan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan, taqdim 
etiladigan dastlabki deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‗i solinadi. Uy-joy yuridik shaxsga ijaraga 
berilsa, ijara bo‗yicha daromadlarga soliq solish to‗lov manbaida ijara 
shartnomasida belgilangan ijara haqi miqdoridan kelib chiqib, biroq 
belgilangan eng kam stavkalardan kam bo‗lmagan miqdorda amalga 
oshiriladi. Bir vaqtning o‗zida shuni ma‘lum qilamizki, jismoniy 
shaxslar tomonidan noturar joylarni (yuridik va jis- moniy shaxslarga) 
ijaraga berishda, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadga 
soliq solish shartnomada belgilangan ijara haqi summasidan kelib 
chiqib amalga oshiriladi. Jismoniy shaxs tomonidan noturar joyni 
jismoniy shaxsga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi majburiy tarzda 
notarial tasdiqlanishi shart. Jismoniy shaxs tomonidan noturar joyni 
yuridik shaxsga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi ixtiyoriy asosda 
notarial tasdiqlanadi. Jismoniy shaxs tomonidan noturar joyni yuridik 
shaxsga ijaraga berishdan olingan daromad summasiga jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗lov manbaida, noturar joylar 
jismoniy shaxslarga berilganda esa – noturar joy ijaraga berilgan oydan 
keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan yashash joyidagi davlat 
soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan jami yillik daromad 
to‗g‗risidagi dastlabki deklaratsiya asosida solinadi. O‗zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, to‗lov manbai soliq agenti 
hisoblanmasa, jismoniy shaxs mustaqil ravishda yashash joyidagi 


157 
davlat soliq xizmati organlariga jami yillik daromad to‗g‗risidagi 
dastlabki deklaratsiyani taqdim etishi shart. 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy 
shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‗lgan ko‗chmas 
mulk – turar joy fondini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining eng kam stavkasi 
bo‗yicha soliq solinadi. Jismoniy shaxslarning ketma-ket keladigan o‗n 
ikki oylik davr mobaynida ko‗chmas mulk – turar joy fondini ikki 
martadan ortiq sotishdan olingan daromadlariga soliq solinadi. O‗n ikki 
oylik davr ko‗chmas mulk – turar joy fondi birinchi marta sotilgan 
sanadan boshlab hisoblanadi. Ko‗chmas mulk – turar joy fondi 
uchinchi va undan keyingi marta sotilganda, soliq solinadigan 
daromadlar ko‗chmas mulk – turar joy fondining birinchi ikki obyekti 
sotilishining hisobi bilan aniqlanadi. Ko‗chmas mulk obyektlari – turar 
va noturar joy fondini sotishdan olingan daromad deganda sotib 
olingan narx va sotish narxi o‗rtasidagai farq tushuniladi, sotib olingan 
narxi mavjud bo‗lmasa – inventarizatsiya qiymati va sotish narxi 
o‗rtasidagi farq tushuniladi. Ko‗chmas mulk obyektlari – turar va 
noturar joy fondini sotishdan olingan daromadlarga soliq solish – 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining eng kam stavkasi 
bo‗yicha amalga oshiriladi. Ko‗chmas mulk obyekti – turar joy fondi 
yuridik shaxs tomonidan sotib olingan taqdirda, daromadlarga soliq 
solish to‗lov manbaida, ko‗chmas mulk obyekti – noturar joy fondi 
jismoniy shaxslarga sotilgan taqdirda yashash joyidagi davlat soliq 
xizmati organlariga sotish amalga oshirilgan yildan keyingi yilning 1 
aprelidan kechiktirmasdan taqdim etiladigan jismoniy shaxsning jami 
yillik daromadi to‗g‗risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi. 
Ko‗chmas mulk obyekti–turar joy fondini sotishdan olingan daromadga 
soliq solish faqat jami yillik daromad to‗g‗risidagi deklaratsiya asosida 
amalga oshiriladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin