Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
4.4. Deklaratsiya taqdim etuvchi chet ellik jismoniy shaxslarning 
daromadlariga soliq solishning o„ziga xos xususiyatlari 
O‗zbekiston Respublikasi hududida chet ellik jismoniy shaxslarga 
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan 
holda soliq solinadi. 


149 
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlarni undirish o‗zarolik prinsipi bo‗yicha tugatilishi yoki 
cheklanishi mumkin. 
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‗ida bunday 
bitimlarning shartlariga O‗zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga 
oshiradigan soliq to‗lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik 
jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash 
bo‗yicha xarajatlarini o‗z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq 
haqidagi izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi. 
Chet ellik jismoniy shaxsning - O‗zbekiston Respublikasi 
rezidentining daromadlariga belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‗i solinadi 
Ko‗chmas mulk, yuridik shaxslarning - O‗zbekiston Respublikasi 
rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalari va ulushlari (paylari) bir 
chet ellik jismoniy shaxs tomonidan boshqa jismoniy shaxsga - 
O‗zbekiston Respublikasi rezidentiga yoki norezidentiga, yuridik 
shaxsga - O‗zbekiston Respublikasi norezidentiga realizatsiya qilingan 
taqdirda, ushbu daromadlar bo‗yicha jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‗ini ushlab qolish majburiyati, agar Soliq kodeksining 
194-moddasining oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo‗lsa, soliq agenti deb e‘tirof etiluvchi daromadni to‗lash manbaiga 
(mol-mulkni sotib oluvchi zimmasiga) yuklatiladi.
Aksiyalar qimmatli qog‗ozlarning birja bozori va uyushgan 
birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda O‗zbekiston 
Respublikasining qimmatli qog‗ozlar bozoridagi hisob-kitob-kliring 
palatasi soliq agenti deb e‘tirof etiladi.
Chet ellik jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkni realizatsiya 
qilishdan olinadigan daromadlar bo‗yicha jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‗ini hisoblash, ushlab qolish, o‗tkazib berish, 
soliq agenti tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan 
shakl bo‗yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i hisob-
kitobini va aksiyalar oldi-sotdisi bo‗yicha bitimlar reyestrini taqdim 
etish, soliq to‗langanligi to‗g‗risida ma‘lumotnoma berish va mol-
mulkka bo‗lgan mulk huquqini ro‗yxatdan o‗tkazish (rasmiylashtirish) 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i bo‗yicha amaldagi Soliq 
kodeksning 155
1
-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi.


150 
Agar sotuvchida — chet ellik jismoniy shaxsda mol-mulk 
realizatsiya qilingan yildan keyingi yilning 1 apreliga qadar Soliq 
kodeksning 192-moddasi uchinchi qismiga muvofiq daromadlarni 
deklaratsiya qilish bo‗yicha majburiyat yuzaga kelsa, soliq agenti 
tomonidan ushbu moddaga muvofiq ushlab qolingan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i summasi jami yillik daromad 
to‗g‗risidagi deklaratsiya taqdim etilayotganda davlat soliq xizmati 
organi tomonidan qayta hisoblab chiqarilishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan chet ellik jismoniy 
shaxs o‗tgan soliq davri uchun daromadlar to‗g‗risida joriy yilning 1 
apreligacha deklaratsiya taqdim etadi. 
Chet ellik jismoniy shaxs - O‗zbekiston Respublikasining rezidenti 
belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‗lgan daromad 
keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O‗zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‗lsa, uning 
O‗zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida 
haqiqatda olgan daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiya mazkur 
jismoniy shaxs O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib 
ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy 
shaxs - O‗zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga 
qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo‗lsa, joriy yil 
uchun daromadlar bo‗yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
norezidentlarining 
O‗zbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarini soliq solishdan 
ozod etish tartibi.
 
O‗zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro 
shartnomasini qo‗llash huquqiga ega bo‗lgan O‗zbekiston Respublikasi 
norezidentining O‗zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan 
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i 
byudjetga to‗langan taqdirda, O‗zbekiston Respublikasining bunday 
norezidenti to‗langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‗ini soliq majburiyati bo‗yicha da‘vo muddati mobaynida 
byudjetdan qaytarib olish huquqiga ega. Bunda O‗zbekiston 
Respublikasi norezidenti jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‗ini to‗lashdan ozod qilish to‗g‗risidagi yoki uning summasini 
kamaytirish to‗g‗risidagi iltimos bayon etilgan arizani, shuningdek 
quyidagi hujjatlarni O‗zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati 
organiga taqdim etadi:


151 
- O‗zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning 
oldini olish to‗g‗risida xalqaro shartnomaga ega bo‗lgan davlatning 
rezidenti ekanligini rasmiy jihatdan tasdiqlovchi hujjatni;
- olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatni;
- ushbu O‗zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
hududidan 
tashqarida 
O‗zbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗langanligi to‗g‗risidagi 
tegishli xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan 
hujjatni. 
O‗zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi arizani 
uch oy muddatda ko‗rib chiqadi va hujjatlar ishonchli bo‗lgan taqdirda, 
O‗zbekiston Respublikasining norezidentiga jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‗i summasini byudjetdan qaytaradi. 
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi g‗ayriqonuniy 
qo‗llanilgan bo‗lsa, O‗zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati 
organi O‗zbekiston Respublikasi norezidentiga asoslangan rad javobini 
yuboradi. Rezidentlar tomonidan O‗zbekiston Respublikasidan tashqa-
rida to‗langan soliqni hisobga olish.
 
O‗zbekiston Respublikasidan 
tashqarida to‗langan, jismoniy shaxslardan — O‗zbekiston Respublika-
sining rezidentlaridan olinadigan daromad solig‗i summalari O‗zbekis-
ton Respublikasida soliq to‗lashda O‗zbekiston Respublikasining xal-
qaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. 
O‗zbekiston Respublikasidan tashqarida to‗langan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i summasini hisobga olish uchun 
chet davlat vakolatli organining ma‘lumotnomasi yoki jismoniy shaxs-
lardan olinadigan daromad solig‗i O‗zbekiston Respublikasidan 
tashqarida to‗langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo‗ladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin