Jismoniy shaxslar


 Jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

4.2. Jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida
soliq solinadigan daromadlari tarkibi 
Deklaratsiya – soliq idoralariga soliq to‗lovchi jismoniy shaxslar 
tomonidan topshiriladigan va o‗z ichiga olingan daromadlar va ushbu 
daromadlar bilan bog‗liq xarajatlar haqidagi ma‗lumotlarni aks 
ettiradigan hamda soliq to‗lovchining hisoblangan soliqlarni ixtiyoriy 
ravishda va belgilangan vaqtda davlat byudjetiga to‗lashga majbur 
etadigan hujjat hisoblanadi.
Moliya yilida soliqqa tortiladigan daromadga ega bo‗lgan jismoniy 
shaxslar soliq to‗lashga jalb etiladi. Bundan tashqari, asosiy ish joyidan 
tashqari boshqa daromad manbalariga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar 
olgan daromadlari haqida o‗zlari yashab turgan hududdagi soliq 
idoralariga hisobot davridan keyingi yilning 1 apreliga qadar 
deklaratsiya topshirishlari lozim bo‗ladi. Yillik jami daromad haqida 


144 
deklaratsiya to‗ldirish va uni soliq idoralariga taqdim etish O‗zbekiston 
Respublikasining soliq kodeksi asosida amalga oshiriladi. 
Deklaratsiya jismoniy shaxslarning soliq organlariga hisobot 
davridagi daromadlari va o‗zlariga bevosita daxldor bo‗lgan soliq 
imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishini anglatadi. Soliq 
deklaratsiyasi va soliq stavkalari asosida to‗lanishi lozim bo‗lgan 
soliqni Davlat soliq xizmati organlari nazorat qiladilar. Yillik jami 
daromad haqidagi soliq deklaratsiyasini, odatda, asosiy ish joyidan 
tashqarida daromadga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, 
hisobot yilida asosiy ish joyiga ega bo‗lmagan va qonunchilik doirasida 
boshqa manbalardan daromad olgan barcha toifadagi jismoniy shaxslar 
taqdim etishlari shart hisoblanadi.
Soliq kodeksiga ko‗ra jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi 
haqidagi deklaratsiya quyidagi hollarda soliq organlariga topshiriladi:
a) mulkiy daromad, fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratganlik 
hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqqi tariqasida 
olingan daromad (agar bunday daromadlarga to‗lov manbaida soliq 
solinmagan bo‗lsa); 
b) asosiy bo‗lmagan ish joyidan (O‗zbekiston Respublikasidagi, 
shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad 
olgan jismoniy shaxslar tomonidan (asosiy bo‗lmagan ish joyidagi 
mehnat 
to‗lovi 
bo‗yicha 
daromad 
oluvchi 
jismoniy 
shaxs 
buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‗yicha daromadidan soliq ushlab 
qolinishi haqida ariza topshirganlar bundan mustasno);
v) rezident - chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan; 
g) grant olgan jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar 
to‗g‗risidagi 
deklaratsiyani 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni 
rivojlantirishni 
muvofiqlashtirish 
bo‗yicha 
organning 
tegishli 
xulosasini ko‗rsatgan holda; 
d) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy 
shaxslar deklaratsiyalashning dastlabki va yakuniy deklaratsiya 
bo‗yicha alohida belgilangan tartibda amalga oshiradi; 
y) jismoniy shaxslarning O‗zbekiston Respublikasi oliy o‗quv 
yurtlarida o‗zi yoki 26 yoshgacha bo‗lgan farzandining ta‘lim olish 
uchun yo‗naltiriladigan daromadlari deklaratsiya qilinishi mumkin; 
j) O‗zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy 
jamg‗arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda 


145 
yo‗naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daro-
mad solig‗i bo‗yicha imtiyozni deklaratsiya asosida qo‗llashi mumkin. 
Agar soliq to‗lovchining asosiy bo‗lmagan ish joyidan olgan 
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i uning 
arizasiga ko‗ra belgilangan eng yuqori stavka qo‗llanilgan holda ushlab 
qolingan bo‗lsa, daromadlar to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etilmaydi. 
O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan 
daromadlar va soliq agentlari bo‗lmagan manbalardan olingan 
daromadlar bundan mustasno.
O‗zbekiston Respublikasi rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy 
shaxs, Soliq kodeksining 192-moddasida nazarda tutilgan tartibda va 
muddatlarda daromadlari to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etadi. 
Mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlarga soliq solish.
 
Fan, 
adabiyot va san‘at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik 
uchun mualliflik haqi tariqasida daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar 
bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan 
o‗tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega. 
Daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i 
solinadigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‗ini davlat soliq xizmati organining yozma xabarnomasi 
asosida to‗laydi. 
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‗liq xarajatlarga 
quyidagilar kiradi: 

fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratish va ulardan foydala-
nish uchun zarur materiallar olishga doir xarajatlar; 

faqat fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratish, nashr qilish, 
ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida 
foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risidagi deklaratsiya. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risidagi deklaratsiya 
soliq to‗lovchining olingan yillik daromadi to‗g‗risidagi yozma 
arizasidan iborat bo‗ladi. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risidagi deklarat-
siyasiga asosiy ish joyi bo‗yicha to‗langan daromadlar va jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan summalari 
to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
shakldagi ma‗lumotnoma ilova qilinadi. 


146 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin