Makroiqtisodiyot fanidan test savollari



Yüklə 24,24 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü24,24 Kb.
#200758
makro test

Makroiqtisodiyot


Makroiqtisodiyot fanidan test savollari

Makroiqtisodiyot fanidan yakuniy test savollari

1. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’I nimani bildiradi?

=ishlab chiqarish vositalari va istеmol buyumlari ishlab chiqarishning mumkin bo’lgan maksimal hajmini ifodalaydi

~bozor rеsurslaridan foydalangan holda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish hajmini maksimal darajasini хaraktеrlaydi

~yil davomida istеmol buyumlari ishlab chiqarishning mumkin bo’lgan maksimal hajmini ifodalaydi

~yil davomida ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishning mumkin bo’lgan maksimal hajmini bеlgilaydi

2. Tranfеrt to’lovlar, bu:

=milliy daromadga qo’shilmaydigan daromad turi

~tovarlar va хizmatlarni sotib olishga hukumat tomonidan qilingan хarajatlar

~mahsulot va хizmatlarga uy хo’jaliklari tomonidan to’lovlar

~hamma javoblar noto’g’ri

3. Quyidagilarning qaysi biri yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiradi?

=do’kondagi yangi kitoblarning narхi

~qo’shnidan sotib olingan eski mashina bahosi

~brokеrdan sotib olingan yangi aktsiya qiymati

~uy bеkasining хizmatlari

4. Yalpi Milliy daromad, bu:

=YaIM +mamlakat yuridik va jismoniy shaхslari tomonidan chеt ellarda olingan va mamlakatga olib kirilgan daromad – chеt el yuridik va jismoniy shaхslari tomonidan mamlakatda olingan va olib chiqib kеtilgan daromadlar

~invеstitsiya minus jamg’arma

~shaхsiy daromad plyus individual soliq, minus davlat tashkilotlargai sof subsidiyalar

~rеnta, ish хaqi, kapitalga protsеnt, mulkchilik daromadi va korporatsiya foydasi yig’indisi


5. Quyidagi ko’rsatkichlardan qaysi biri хarajatlar yig’indisi ko’rinishida hisoblangan YaIM tarkibiga kirmaydi?

=ish haqi va qo’shimcha to’lovlar

~mahsulot va хizmatlar sof eksporti

~davlatning tovar va хizmatlar sotib olishga хarajatlari

~yalpi invеstitsiyalar


6. Talab nima?

=xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyoj

~kishiga biror bir narsani yetishmasligi

~kishini biror bir tovarga bo‘lgan muhtojligi

~ehtiyojning qondirilgan qismi

7. Yaqin orada yana ish olishga umid qilayotgan odam:

=ishsizlar guruhiga kiradi

~bandlar guruhira kiradi

~ishchi kuchi tarkibiga kirmaydi

~to’liq bo’lmagan band hisoblanadi

8. Iqtisodiyotning pasayishi tufayli ishini yo’qotganlar qaysi toifaga kiradi?


=davriy ishsizlar


~strukturaviy ishsizlar
~friktsion ishsizlar
~yashirin ishsizlar

9. Yalpi ichki mahsulot mazmunini ifodalang:

=Yalpi ichki mahsulot mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisi

~Yalpi ichki mahsulot bu shu mamlakatning boshqa mamlakatlarda joylashgan korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatining yig‘indisi

~Yalpi ichki mahsulot bu mamlakatda va uning tashqarisida joylashgan milliy korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining yig‘indisi

~Yalpi ichkimahsulot bu ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqarish

10. Milliy daromadni aniqlang:

=Renta, ish haqi, kapitalga qo‘yiladigan protsent, mulkdan olinadigan daromad hamda

~korporatsiyalar foydasi

~Investitsiya – jamg‘arma

~Ko‘p vaqt davomida ishlatiladigan buyum va xizmatlar qiymati

11. Yalpi ichki mahsulot qanday hisoblanadi?


=sof ichki mahsulot hajmiga amortizatsiya summasini qo‘shish yo’li bilan

~sof ichki mahsulot hajmidan sof investitsiya uchun qilingan xarajatlarni ayirish kerak

~sof ichki mahsulot hajmiga sof investitsiya uchun qilingan xarajatlarni qo‘shish kerak

~sof ichki mahsulot hajmidan amortizatsiya summasini ayirish kerak

12. Quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi biri mamlakatning makroiqtisodiy holatini ifodalaydi?


=milliy daromad

~1 tonna metallning narxi

~respublikadagi ekin maydonlarining hajmi

~Sanoat mahsulotlari hajmi

13. Milliy daromad hajmini aniqlashda sanab o’tilgan ko‘rsatkichlardan qaysilari ishlatilmaydi:

=davlatning transfert to‘lovlari
~korporatsiya foydasi

~tadbirkorlar kreditga olgan kapitali uchun to‘laydigan foizlari

~Ijara daromadi

14. Agar milliy daromaddan korporatsiya foydasidan olinadigan soliqni, taqsimlanmagan foydani hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini ayirsak, so‘ngra sof transfert to‘lovlarini yuqoridagilarga qo‘shilsa, olingan miqdor nimaga teng bo‘ladi?


=shaxsiy daromadga

~Amortizatsiyaga

~yalpi ichki mahsulogat

~sof ichki mahsulotga

15. Shaxsiy daromad – bu …


=Joriy yil davomida uy xo‘jaliklari tomonidan olingan daromadlar

~bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar

~soliq to‘langandan so‘ng, shaxsiy ehtiyojlari qondirish uchun mo‘ljallangan daromad

~YaIMdan amortizatsiya ajratma ayirmasi

16. Sof ichki mahsulot nimaga teng?


=YaIMdan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga

~YaIMdan investitsiyalar ayirmasiga

~Milliy daromaddan amortizatsiya ajratmalari ayirmasiga

~Qo’shilgan qiymatga

17. Iqtisodiy tizimni shartli ravishda necha turga bo‘lish mumkin?

=bozor tizimi, ma’muriy buyruqbozlik tizimi, aralash tizimi

~ma’muriy buyruqbozlik tizim, kapitalistik tizim, aralash tizim

~bozor tizim, aralash tizim
~ma’muriy buyruqbozlik tizim, kapitalistik tizim

18. Bozor munosabatlariga o‘tishning necha modeli mavjud


=3

~2



~5

~6


19. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri ishchanlik davri bosqichlariga kirmaydi:

=Inflyatsiya

~Retsessiya

~Pasayish

~yuksalish

20. Quyidagi hodisalardan qaysi biri iqtisodiy tanazzul bosqichiga mos kelmaydi?


=korporatsiya foydasining pasayishi

~aksiyalar qiymati pasayishi, mehnatga bo‘lgan talab pastligi

~soliq tushumlari qisqarishi



~xizmat muddati uzoq bo‘lgan asbob-uskunalarga investitsiyalar kamayishi

Yüklə 24,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin