Case Study 1-savol. A xususiy firmasi 2021- yildan boshlab aksiyadorlik jamiyati bo’lib qayta ro’yxatdan o’tdi. 2021- yilda jamiyatning bajjarilgan ishlari hajmi 25 mln. so’mni yillik ish haqqi fondi 2500000 so’mni va jami byudjetga to’lovlari 4000000 so’mni tashkil etdi.
Topshiriq: 1.2021-yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi shartmi? Javob: Aksiyadorlik jamiyati har yilda bir marotaba auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak. Bu sananing so’ngi muddati 1-may etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar.
1. Birinchi xatboshidan “2021-yil 1-yanvardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. “a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) 2021-yil 1-yanvardan hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:”.
3. “b” kichik fondi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;”.
2-savol. "Islomjon" qo’shma korxonasi 2020-yilning oktabr oyida “ENTER-AUDIT” auditorlik tashkilotiga analitik hisobini tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat ko’rsatilib auditorlik firmasiga xizmat haqqi to’landi. 2021- yil mart oyiga kelib qo’shma korxonasi huddi shu auditorlik firmasiga eski yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojaat qildi.
Topshiriq: 1.Auditorlik firmasi ushbu taklifni qabul qila oladimi? Javob: Bu taklifni auditorlik firmasi qabul qila oladi sababi bu korxona bilan ishlashning ikkinchi yili. Agar bu korxona bilan ketma ket 7 yil mobaynida shartnoma asosida ishlaganida bu taklifni qabul qila olmaydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUNDA
34-modda. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklovlar
Auditorlik tashkilotlariga quyidagilarga nisbatan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi:
mazkur auditorlik tashkilotining kreditorlari, sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar o‘zining muassislari, ishtirokchilari, aksiyadorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
muassisi, ishtirokchisi, aksiyadori yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsi, audit qo‘mitasi a’zosi bir vaqtning o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu Qonun 33-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshlarida nazarda tutilgan turdosh xizmatlarni ko‘rsatganlarga;
xodimlari muassisning, ishtirokchining yaqin qarindoshlari yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt audit qo‘mitasi a’zosining yaqin qarindoshlari bo‘lgan;
auditorlik tashkilotining yoki auditorning manfaatdorligi moliyaviy hisobot va u bilan bog‘liq moliyaviy axborot to‘g‘risida fikr bildirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda.
auditorlik tashkiloti ketma-ket yetti yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas.